Fitosenologiya
Asosiy sintaksonlar haqida tushuncha
Download 329.85 Kb.
|
Fitosenologiya (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Fitosenotik kontinuum
2. Asosiy sintaksonlar haqida tushuncha
Sintaksonomiya – muayyan bir aniq xududdagi barcha xilma-xil o’simliklar jamoalarini bir-biriga bo’ysinuvhi ierarxik klassifikatsion mezonlarga asosan taqsimlanish jarayonidir. Unga ko’ra muayyan xududdagi barcha o’simliklar jamoalari tur tarkibi, morfologik va floristik jihatdan tartibga solinadi. Bunda jamoalarni tartibga solishda jamoalarni ifodalovchi sintaksonlardan foydalaniladi. Geobotanikada jamoalarni belgilovchi eng kichik strukturaviy birlik sifatida – assosiatsiyalar qabul qilingan Assosiatsiya – bir xil yashash joyida o’xshash sharoitga, dominant o’simliklarning oxhshash tashqi qiyofasiga (hayotiy shakl) ega, muayyan floristik tarkibga ega bo’lgan o’simliklar jamoasi hisoblanadi. Avval ta’kidlanganidek, assosiatsiya eng asosiy strukturaviy birlik hisoblanib, katta sintaksonlar aynan uning xususiyatlari, tuzilishi va tarkibiga qarab aniqlanadi. O’simliklar jamoalarini klassifikatsiyalash muxim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Assosiatsiyalar tarkibida barcha yaruslarda o’xshash dominantlar uchraydi, oxshash tarkibga ega bo’ladi. O’xshash assosiatsiyalar assosiatsiyalar guruxini tashkil qiladi. Ular esa o’z navbatida formatsiyalarni, formatsiyalar guruxini, formatsiyalar sinfini hamda eng yirik sintakson o’simliklar tipini shakllantiradi. Demak, o’simliklar qoplamini klassifikatsiyalash ma’lum sintaksonlarni qo’llash orqali amalga oshiriladi. O’simliklar qoplamini turli metodlar yordamida taniflash amalga oshiriladi. Ular orasida eng ko’p qo’llaniladigan metodlarda sintaksonlar ham farqlanadi. Masalan, bir xil metodda asosiy sintakson sifatida assosiatsiya qabul qilingan bo’lsa, boshqasida asosiy sintakson deb formatsiya e’tirof etiladi. 3. Fitosenotik kontinuum O’simlik qoplamining bir butunligi va ajralmasligi kabi o’ziga xosligi doimiylik (kontinuum) konseptsiyasida aksini topdi. O’simlik qoplamining doimiligi (kontinuum) to’g’risidagi tushunchani birinchi martda 1910-yil L.G. Ramenskiy shakllantirgan. SHu asosida keyinchalik geobotanikaga doimiylik sinonimi bo’lib kantinium termini kirib keldi. SHu vaqtning o’zida o’simlik qoplamining diskretigi haqidagi qarashlar asoslar berildi. O’simlikning kontinum va diskretigi nisbatlari xaqidagi diskussiyalar (tortishuv) xanuzgacha davom etib kelmoqda. Kontinumning umum qabul qilingan qoidasi (tarifi) mavjud emas. Kontinumni tushunishdagi farqlanishlarini, doimiylik diskretik nisbatlariga turlicha nuqtai nazarlarni solishtirish haqida o’simliklar guruhlarining ajratish shartliligiga yoki mavjudligi ob’ektivligi asosida aniqlash mumkun. Bunday qarashlar analizini 1969-yilda V.D. Aleksandrova amalga oshirdi. Bunday qarashlar analizini 4 ta nuqtai nazarini ko’rib chiqish mumkin. 1. O’simlik guruxlari obektiv ravishda mavjudir, ular orasida aniq va keskin o’tishlar bor, diskretik o’simlik qoplamining tabiiy xususiyatlaridir (Dyu-Rie 1921-yil). Bunga qarama-qarshi qarashlar tarafdorlari esa o’simlik qoplamasini huddi fazoda doimiy o’zgarib turadigan kontseptsiyalar uyg’unlashuvi, bunda har-xil turlar turli kombinatsiyalarda birga o’sib ma’lum joyda bir-birlaridan uncha aniq bo’lmagan holatda ajralib turadigan hamjamiyatini shakllantiradi, balki bir-biriga bir sharoitda ko’p marotaba o’tadigan va qaytarib bo’lmaydigan ravishda o’zgarib turadigan uyg’unlashuvi deb qarashadi. (Aleksandrova 1969-yil) Kantinumistlarning nuqtai nazari V.D. Aleksandrova tomonidan shunday tarzda bayon etildi. Bunday amalda bunday yondoshuv o’simlik qoplamida u yoki bu fazoviy birliklar ob’ektiv mavjudligini inkor etadi. Buni xususan B.M. Mirlin va G.S. Rozenberklar xam ko’rsatishgan (1978-yil). “Kontinumni tan olish fitosenozlar o’rtasidagi chegarani shartli qilib qo’yadi, huddi butun fitosenoz tushunchasiday. Kontinumni bunday tushunish va u yoki bunday diskretni tan olmaslikdan amalda tushunmovchiliklar kelib chiqadi : O’simliklarga ta’rif berilganda chegaralarni qo’llash kerak emas, balki tajriba maydonchalaridan foydalanish lozim L.G. Rameniskiy doimiy ravishda tajriba maydonlari yerlari bilan o’simliklarni tariflashni maslahat berar edi ammo u o’simlik qoplamining differentsiyalashganligini inkor etish maqsadida kelib chiqqan emas balki kelgusida ular o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganish uchun o’simlik va muhit haqida mustaqil (xolis) xarakteristikalar olish ilinjidan kelib chiqar edi. L. G. Ramenskiy o’ta jiddiy kontinumist deb hisoblanadi. Uning ishlarining analizi shuni ko’rsatadiki o’simlik qoplamining uzviyligi (doimiy) kontseptsiyasi Ramenskiyning asosiy fikrlaridan birini yani o’simlik qoplami qonuniyatlarini aniqlash imkonini beradigan tajriba maydonlarining uzviy qatorlarida o’simlik va muhitning paralel analizi asosida shakllangan. Bunda u senozlar, o’simlik guruhlari amaliy ravishda mavjud deb xisoblar edi.Ular o’rtasida keskin (muhitdagi”irg’ish”, “ sakrash”lar) va asta-asta o’tishlar bo’lishi mumkin. O’simliklardagi fazoviy o’zgarishlardagi chegaralar nafaqat muhit tomonidan balki yana edifikatorlar ta’sirida ham keltirib chiqarilishi xam mumkin. Uchinchi nuqtai nazarga muvofiq o’simlik qoplami nisabatan birnchisi bir tipdagi, bir-biriga asta-asta o’tish bilan bog’liq bo’lib ob’ektiv mavjud bo’lib guruhlarning (guruh) tashkil topib, bunda asta-astalik (silliq o’tish) darajasi turlicha bo’ladi. Turli yondashishlarga murosa yo’li bo’lib 4-nuqtai nazar paydo bo’ladi, unga ko’ra o’simliklarning bir joyida yoki tiplarida faqat shartli ravishda, sun’iy, ajratilishi mumkin boshqalarida esa ob’ektiv mavjud brikmalar ajratib chiqadilar. Boshqacha qilib aytilgan hollarda kontinum sodir bo’lsa, boshqasida diskretlilik, ular orasidagi barcha o’tishlar sodir bo’lishi ko’zda tutiladi. O’simlik qoplamining bu xususiyatlari quyidagi ma’noda kamplimentardir, kontinum qancha ko’p namoyon bo’lsa, diskretlilik shunchalik sust bo’ladi va buning teskarisi, eng yomon hollarda ular bir birini inkor etishi mumkin. Ko’pincha kontinum namoyon bo’ladi. (Aleksandrova, 1969, Vasileevich, 1960, 1975, Mirkin, 1977 va boshqalar). Kontinuumga olib keluvchi sabablar sifatida adabiyotlarda quyidagilar keltirilgan: 1) Turlarning ekologik spetsifikligi, 2) turlarning ekologik sfetsifikligi, 3) muhitning asa sekin o’zgarishi va fazoda turlar tarqalishining unga muayyan bog’liqligi, 4) turlarning muhitga ta’siri posnesifligi, 5) turlarning fazo (atrof olamda) tarqalishi Turlarni ekologik spetsifikligi (o’ziga xosligi) tushunchasi A.G.Ramenskiy va G.A.Glizon tomonidan ilgari surilgan. Ekologik o’ziga xoslikni isbotlarini faqat tajribalardagini olish mumkin. Ammo turlar soni va faktorlarning ko’pligi tajribalarni juda qiyinlashtiradi va iqtisodiy tomonlar ham qimmatga tushadi, shuning uchun ham ularni amalga oshirishning imkoni deyarli yo’qdir. Ammo bunday tajribalarga zarurat ham yo’q, chunki ekologik o’ziga xoslikning (spetsifiklik) inkor etish haqida asoslangan savollar ham vujudga kelmaydi, chunki buni tasdiqlovchi qiyosiy tasdiqlashlarning o’zi ham yetarli bo’ladi. Ular muhit faktorlari gradientlari bo’yicha turlarni bo’linishi bo’yicha olish ko’p sonli egri chiziqlardir. Muhit o’zgarishi asta sekin berishi kontinuumning majburiy shartlarining keyingisidir. Ekologik o’ziga xosliklar farqli ravishda muhit asta sekin o’zgarishi avvaldanoq bazi savollar bilan qabul qilingan edi. A.G.Ramenskiy (1924, 1938) muhit o’zgarishida keskin o’zgarishlar ko’plab uchrab turadi, uning doimiyligi esa faqat hayoliydir deb ta’kidlar edi. Keyinchalik esa muhit o’zgarishi asta sekin borishi umuman mavjudligi savol ostida qoldi. Odatda asta sekinlik bilan o’zgarishga qo’shni nuqtalar orasidagi muhitdagi keskin, sezilarli o’zgarishlarni qarama-qarshi qo’yiladi, bu nuqtalar bir biriga juda yaqin masofada joylashgan bo’ladi, bundan kelib chiqib asta sekinlik – bu kichik o’zgarishlardir. Muhitning fazodagi o’zgarishi xarakterini kontinuum kontseptsiyasi ramkalarida ko’rib chiqish uchun faqatgina o’simlik qoplamining muhit sharoitlariga kuchli bog’liqlik mavjud bo’lgandagina ma’noga ega bo’ladi. Bu savol ham yetarli darajada aniqlanmagan. A.G.Raminskiy o’z qarashlarida kuchli bog’liqlikdan kelib chiqqan, u o’simlik yashash sharoitlaridagi har qanday o’zgarishlarga ta’sir bera oladi deb hisoblar edi. Turlar kombinatsiyalarining, o’simlik gruppirovkalarining muhitiga bog’liqligiga bag’ishlangan ishlar juda kam. Kompleks faktorlari bilan bog’liqligi bir muncha yuqori (tuproq namligi, xosildorligi). O’simlik bilan muhit o’rtasidagi yaqin bog’liqlik ayrim faktorlar ularning kompleksiga o’tishda oshib borishi dalili muhit faktorlarining ba’zi to’plamini (yig’masi) hisobga olganda juda yuqori bo’lishi aniqlik kiritishi mumkin (nazariy tomondan). Ammo bunda ular funktsional bo’lmasligi mumkin, chunki doimo ularni inkor (buzuvchi) etuvchi sabablar topilishi mumkin: konkurentsiya, inson, hayvonlar ta’siri va nihoyat vaqt faktori, chunki o’simlik va muhit orasida moslik paydo bo’lishi uchun ma’lum bir davomiy o’zaro ta’sir zarur bo’ladi. V.I.Vasilevich (1966) kontinuumning sabablari biri sifatida turlarning muhitga ta’sirining nisbatan nospetsifiklik ilgari surdi. B.M.Mirkin va G.S.Rozenberg (1978) shunday nuqtai nazarga egalar. Bundan nisbiy nospetsifiklik o’zi nima? V.I.Vasilevich o’zining “Statisticheskie metodы v geobotanike” (1969) nomli ishida bu tushunchani quyidagicha yoritadi: turli turlar deyarli bir xil effekt ishlab chiqarishi mumkin, shuning uchun ham boshqa tur o’sadigan joylarga absolyut ravishda moslashgan turlar juda kam. Ammo bu sharoitlarda o’simliklarning jamoalari diskret tiplari yashashi mumkin edi, buning uchun ba’zi turlarning muhitga ta’siri shunday kuchli bo’lishi kerakki, shu yo’l bilan ma’lum edifikatorga mos keluvchi yashash joylarining diskret tiplari xosil etilishi lozim. Bunda edifaktorlar yana antogonistlar ham bo’lishi kerak, ya’ni aralash bo’lmagan, asosan toza ekinzor (daraxtzor) xosil qla oladigan. Ammo bunday holat ko’p hollarda bo’lmaydi. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki bir turning boshqa turlar o’sadigan joylardagi absolyut ravishda mos kelishi kuzatilmasligi haqidagi ta’kidlashlar haqiqat bo’lishiga qaramasdan turlarning ancha keng amplitudalari orqali tushunish mumkin bo’lgan bu fakt diskretlilik xosil bo’lishiga qarshilik ko’rsata olmaydi. To’g’ri, shunday turlar borki, ular unga ham kam jmas, deyarli bir xil tarzda muhitga ta’sir ko’rsata oladilar. SHu bilan birga shunday turlar mavjudki sezilarli darajada turlicha uni transformatsiya qiladilar. Turlarning muhitga ta’sirining o’ziga xosligi turlarning ekologik individualligining aksi bo’lsa kerak. Turli tur o’simliklarining bir xil bo’lmagan ta’sir qila olish imkoniyati ularning tabiatiga joylangan bo’lsa kerak: har qanday ikki tur o’simliklari kimyoviy tarkibi, yer ustki va yer ostki qismlari marfologiyasi va boshqalari bilan farq qiladi. Farqlanishlar miqdoriy va sifatli bo’lishi mumkin, ularning darajasi ham turlicha bo’lishi mumkin. Fito muhitning umumiy ko’rinishida turlarning o’ziga xosligini (spetsifligi) namoyon etishi oxir oqibatda o’simlikning razmerlari va massasiga bog’liq, hamda hayotligida ajratib chiqaradigan moddalarning faolligiga va organika tomonidan qabul etilmaydigan, ya’ni o’simliklarning fito muhitga qo’shgan xissasiga ham bog’liq. Download 329.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling