1. Sutning zichligi 1,03 g/sm3 yoki marmar toshning zichligi 2,7 g/sm3
deganda nimani tushunasiz?
2. Jadvalda keltirilgan moddalardan qaysi birining zichligi eng katta
(kichik)?
3. Po‘lat sharning massasi 78 g, hajmi 10 sm3 bo‘lsa, zichligi nimaga
teng?
Darsning keyingi qismi to‘g‘ri geometrik shaklga ega bo‘lmagan jismlar
zichligini aniqlash bo‘yicha boradi. Dastlab o‘quvchilar menzurka bilan tanishtiriladi. Undagi shkalani o‘qish o‘rgatiladi (o‘quvchilarga darslikdagi oldingi mavzularda berilgan menzurka rasmini ochish aytiladi). Menzurkadagi suv orqali ixtiyoriy shakldagi jism hajmi aniqlab ko‘rsatiladi.
Bobokalonimiz Abu-Rayhon Beruniy jahonda birinchi bo‘lib 50 dan ortiq moddalarning zichligini hozirgi zamon aniqligi darajasida o‘lchashga muyassar bo‘ldi. Jismlar hajmini aniq o‘lchash uchun Beruniy maxsus asbob yasadi. U ana shu asbobni suyuqlik bilan to‘ldirib, unga teng og‘irlikda jismlarni navbatma-navbat tushirish orqali shu jismlar siqib chiqargan suyuqlikka taqqoslab har bir jismning hajmi aniqlanadi. Beruniy suvning 4 xil holatdagi zichligini tajriba asosida o‘lchaydi:Uning hisobi:
-buloq suvi -1g/sm3
-qaynoq suv -0,959g/sm3
-erib turgan muz suv -0,965g/sm3
-dengiz suvi -1,14g/sm3
Beruniyning bu tekshirishlari undan 600 yil keyin Italiya olimi G. Galileyning tajribalarida qayta isbotlandi.
Mana shu tamoyilni qo‘llab Beruniy va Hozinlar o‘lchagan moddalar zichligining naqadar aniq ekanligi o‘quvchilar ongiga singdiriladi. Bu bilan milliy g‘urur hissi uyg‘otiladi.
IV.Mustahkamlash uchun masalalar yechib ko‘rsatiladi.
Dars oxirida hisoblashga doir 2-3 ta masala yechiladi. Masala yechish
namunasi darslikda keltirilgan.
Modda zichligi mavzusi bo‘yicha o‘rganganlaringizni quyidagicha yozing.
Bilib oldim:________________________________
V. O‘quvchilarni rag‘batlantirish.
O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning javoblari tinglangach rag‘batlantiriladi.
VI.Uyga vazifa: Mavzuni o‘qish va test tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |