Fizika fanidan qo’llanma!
Suyuqlik va Gazlar mehanikasi
Download 227.5 Kb.
|
Fizika
Suyuqlik va Gazlar mehanikasi
Arhimed Qonuni: suyuqlikka butunlay botirilkan jismni itarib chiqaruvchi kuch bu jism hajmiga teng hajmli suyuqlik og’irligiga teng Arhimed kuchi suyuqlik zichligining jism hajmi va erkin tushish tezlanishining ko’paytmasiga teng Turli chuqurliklarda arximed kuchi bir xil bo’ladi Arximed kuchi pastdan yuqoriga yo’nalgan Suvli idishda muz bo’lagi suzmoqda agar suv ustidan kerosin quyilsa muz bo’lagining suvga botish chuqurligi kamayadi Idishdagi suvda suzayotgan qutichaga teshiklar orqali suv kirdi va quticha suvga chuqurroq botdi lekin suzishda davom etadi Bunda idishdagi suv sathi o’zgarmaydi Suyuqlik sirtida suzib yurgan jismga ta’sir qilayotgan arximed kuchi suzib yurgan jismning og’irligiga teng Radiuslari teng bo’lgan sharlarga bir xil arximed kuchi ta’sir qiladi Chelak suvga t’la cho’kib turganda uni ushlab turish yengilroq Simobli shisha idish simobda cho’kmaydi , suvli shisha idish suvda cho’kadi Suvli idishda tubiga ip yordamida po’lat shar osilgan temir quticha suzganda ip uzilganda suv sathi pasayadi Silindrik idishda idish tubiga bosim kuchi yon sirtiga bosim kuchiga teng h=r bo’ladi Mayda toshlar yuklangan qayiqcha vannada suzib yurganda undan bir nechta tosh olib vannaga tashlasak undagi suv sathi pasayadi Noto’g’ri: agar tutash idish tirsaklariga zichliklari teng bo’lmagan suyuqliklar quyilsa turli tirsaklardagi suyuqlik ustunlari hosil qilgan bosim ham teng bo’lmaydi Suyuqlik zichligini o’lchochi asbob ariometr deyiladi Kosmik kemada aneroid borometr yordamida bosimni o’lchash mumkin Suyuqlikda suzib yurgan jism o’zining og’irligicha suvni siqib chiqaradi Suvda suzib yurgan muzning ichida suvda cho’kadigan jism bo’lsa muz eriganda suv sathi kamayadi . Suvda suzib yurgan muzning ichida suvda cho’kmaydigan jism bo’lsa muz eriganda suv sathi o’zgarmaydi Vaznsizlik holatida itarib chiqaruvchi kuch nolga teng bo’ladi Erigan qalay vaznsizlikda shar shaklida bo’ladi Erkin tushayotgan idishdan suv oqib tushmaydi Idish tubiga beradigan gidrostatik bosim idishdagi suyuqlik zichligiga va suyuqlik ustunining balandligiga bog’liq Suyuqlikda jismning hajmi bir xil bo’lsa arximed kuchi ham bir xil bo’ladi Liftda tezlanish bilan yuqoriga ko’tarilganda suyuqlikning bosimi ortadi Plastrlin bo’lagiga qanday shalk berilishidan qatiy qat’iy nazar suvda ko’tarilish ( siqib chiqarish) kuchlari bir hil bo’ladi Paskal qonuni : Yopiq idishdagi suyuqlik yoki gazga tashqi kuchlar ostida berilayotgan bosim(shu kuchlar yordamida) barcha yo’nalish bo’yicha bir xil bo’ladi (uzatiladi) Bernuli qonuni: Trubaning suyuqlik oqimining tezligi kichik bo’lgan kesimlarida suyuqlikning devorlarga bosimi katta bo’ladi va aksincha tezligi katta bo’lgan kesimlarida suyuqlikning devorlariga bosimi kichik bo’ladi Samolyot shamolga qarshi harakatlanganda ko’tarilish osonroq Samolyot qanotining ko’tarilish kuchi Bernuli qonuni asosida tushuntiriladi Download 227.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling