Plazmaning xossalari. Plazma – neytral gaz xossalaridan farq qiladigan bir qator maxsus xossalarga egadir. Bu xossalar uni moddaning to`rtinchi agregat holati deb qarashga asos bo`ladi. Neytral gaz molekulalari orasidagi ta’sirdan farqli ravishda, plazmadagi zarralarning o`zaro ta’siri kulon tortishish va itarish kuchlari bilan xarakterlanadi. Plazma zarralari, ayniqsa elektronlar elektr maydoni ta’sirida yengil ko`chadi. Elektr va magnit maydonlari plazmaga juda kuchli ta’sir qilib, hajmiy zaryadlar va toklarni vujudga keltiradi. Plazma zarralari, ayniqsa elektronlar elektr maydoni ta’sirida yengil ko`chadi. Elektr va magnit maydonlari plazmaga juda kuchli ta’sir qilib, hajmiy zaryadlar va toklarni vujudga keltiradi. Elektr o`tkazuvchanlik hususiyatiga ko`ra, plazma metallarga o`xshab ketadi, ya’ni yaxshi elektr o`tkazuvchidir. Metallardan farqli ravishda esa temperatura ortishi bilan plazmaning elektr o`tkazuvchanligi yaxshilashadi. Plazma yaxshi issiqlik o`tkazuvchanlikka ham ega. Buning natijasida plazma issiqlik miqdorini oson yo`qotadi: elektronlar va ionlar idish devorlariga issiqlikni tez uzatadi. Natijada plazmaning temperaturai pasayadi va rekombinatsiya jarayoni boshlanadi. Demak plazmani muntazam saqlab turish uchun yoki unga tashqaridan doimo issiqlik miqdori berib turish kerak, yoki qurilma devorlaridan ajratish kerak. Plazmaning qo`llanilishi. Plazma keng qo`llanilishi mumkin bo`lgan sohalardan biri insoniyatni ulkan miqdordagi energiya bilan ta’minlashi mumkin bo`lgan termoyadro sintezini boshqarishdir. 1969 yilda I.Kurchatov nomidagi atom energiyasi institutida “Tokamak” nomli qurilma yaratildi. Unda plazmadan foydalanilib, termoyadro reaktsiyasining dastlabki belgilari olindi. Lekin hali bu soxada ko`plab izlanishlar olib borilishi taqozo qilinadi. Plazmadan foydalanishning yana bir istiqbolli soxasi magnitogidrodinamik o`zgartirgich yasash (qisqacha MGD o`zgartirgich). Uning vazifasi gazning issiqlik energiyasini bevosita elektr energiyaga aylantirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |