Fizika guruh talabasi raximboyeva malohatning optika fanidan izotrop va anizatrop kristallar va ularning


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana13.05.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1456296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Optika kurs ishi 2-G fizika Raximboyeva M

I. KIRISH 
O'zbekiston Respublikasida oliy ta’lim sohasida bo'layotgan tub o'zgarishlar 
davlatimizning istiqbolini ta’minlovchi asosiy omillardan biri sifatida jahon ommasi 
tomonidan e'tirof etilmoqda. O‘z navbatida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning 
qimmati unda har bir shaxsni jamiyat ehtiyojiga javob beruvchi kasb egasi qilib 
tarbiyalashga asosiy yuksak e’tibor qaratilganligi bilan belgilanadi. Ushbu asosda 
o'quvchilarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash ishlarining samarali yo'lga qo'yilishi 
ta’lim islohotlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi eng muhim omil vazifasini o'taydi. 
Ta’lim islohotlarining hozirgi bosqichida erkin hamda mustaqil fikrlovchi shaxsni 
tarbiyalash muammosi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu boradagi milliy ta’lim 
modelining asosiy g'oyasi va mazmuni “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi”da o'z ifodasini topgan. Respublikada umumiy o'rta ta’lim 
muassasalari oldiga qo'yilgan o'quvchilarni xalq xo'jaligining turli sohalarida 
samarali mehnat qilishga, kasb-hunarlarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash 
bo'yicha ijtimoiy buyurtmasini bajarishda mehnat ta’limi o'qituvchisining roli 
beqiyosdir. Davlat ahamiyatiga molik ushbu vazifani bajarish uchun mehnat ta’limi 
o'qituvchilaridan umumiy mehnat bilim, ko'nikma hamda malakalarini, kasbiy 
kompetensiyalarni takomillashtirishni hamda dinamik tarizda rivojlanib borayotgan 
pedagogik jarayon talablari darajasida pedagogika, psixologiya, metodika fanlari 
yutuqlari, zamonaviy texnika va ilg'or texnologiyalar, ishlab chiqarish va bozor 
iqtisodiyoti munosabatlari bo'yicha mukammal bilim va ko'nikmalarni egallashni 
taqazo etadi. Shu munosabat bilan, mehnat ta’limi o'qituvchisining bilim, ko'nikma 
hamda malakalari ko'lami va sifati, uning ta’lim-tarbiya jarayonini umumiy o'rta 
ta'lim DTS talablari asosida tashkil etish va o'tkazish bo'yicha erishgan yutuqlari va 
yo'l qo'ygan kamchiliklari, kasbiy mahorati va shu kabi mehnat faoliyatiga oid 
murakkab va ko'p qirrali faoliyatini takom illashtirish jarayonining didaktik shart-
sharoitlarini aniqlash, nazorat maqsadiga muvofiq ravishda uning shakl, tur, usul va 
vositalarini optimal tanlash asosida nazorat o'tkazish metodikasini ishlab chiqish, 
uning mazmunini boyitish, hamda shu sohada mamlakatimiz miqyosida amalga 



oshirilayotgan tashkiliy ishlarning tahlili bu borada amalga oshirilavotgan barcha 
tadbirlarni ilmiy-uslubiy asosda tashkil etilishini talab qilmoqda [1]. 
Ma'lumki insoniyat tarixining ko’p asrlik tajribasi ezgu g‘oyalardan va 
sog‘lom mafkuradan mahrum biron-bir jamiyatning uzoqqa bora olmasligini 
ko'rsatdi. Shu bois, mustaqillik tufayli mamlakatimiz o'z oldiga ozod va obod Vatan, 
erkin va farovon hayot barpo etish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olish, 
demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlarni qo'ydi. Bu esa o’z kelajagimizni 
yaqqol tasavvur etish hamda, jamiyatimizning ijtimoiy-ma’naviy poydevorlarini 
mustahkamlash ehtiyojini tug'diradi. Demak, navbatdagi eng asosiy vazifa: yosh 
avlodni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi olijanob tuyg'ular ruhida 
tarbiyalash, yuksak fazilatlarga ega, ezgu g'oyalar, amallar bilan qurollangan komil 
insonlarni voyaga etkazish, jahon andozalariga mos, kuchli bilimli, raqobatbardosh 
kadrlar tayyorlashdir. O'zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy sohalarda yuqori 
natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to'laqonli sheriklik o'rnini egallay 
borishi, inson faoliatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan 
yuqori darajada foydalanishning ko‘lamlari qanday bo‘lishiga va bu texnologiyalar 
ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday rol o‘ynashiga bog‘liq. Keyingi 
yillarda mamlakatimiz ilm-fani ham axborotlashtirishning nazariy asoslariga katta 
hissa qo'shib kelmoqda, shu bilan birgalikda, hodisalar, jarayonlarni yagona axborot 
asosida tadqiq etishning ilmiy yo'nalishlarini tahlil va sintez qilish natijasi bo'lgan 
fan-informatikaning vujudga kelishiga boshlang’ich poydevor qo'yildi. Axborot, 
energiya, vazn, bo'shliq va vaqtni bir butun holda batafsil o'rganish hozirgi vaqtda 
inson hayotining barcha jabhalarida muhim ahamiyatga ega bo'lib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida chuqur keng ko‘lamli isloxotlar amalga oshirilar 
ekan, uzluksiz iqtisodiy ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirishga birinchi darajali 
axamiyat berilmoqda. Umuman, yoshlarning ta’lim-tarbiya, bilim olishi, kasb-hunar 
egallashi, yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lida zamonaviy, ilg‘or-innovatsion 
shart-sharoitlarni yaratib berish uchun O‘zbekiston bor kuch hamda imkoniyatlarini 
ishga solmoqda. Chunki yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy 
yetuk, jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, huquq hamda 



manfaatlarini himoya qilishga e’tibor qancha kuchaytirilsa, unung samarasi ham 
shuncha yuqori bo‘ladi. Shu bois O‘zbekiston jamiyatning faol qatlami sifatida 
e’tirof etiluvchi yoshlar qatlamlariga «muammo» deb emas, balki yurt ravnaqini 
ta’minlovchi katta kuch, davlatning strategik resursi sifatida qaramoqda. Natijada 
bugun yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, qat’iy pozitsiyaga ega yoshlar 
mamlakatning ertangi taraqqiyotida tobora hal qiluvchi kuchga aylanib boryapti [1]. 
Optika grekcha "opticos"- ko`raman, degan so`zdan olingan bo`lib, fizikaning 
bu bo`limida yorug`likning tabiati, yorug`lik hodisalaridagi qonuniyatlar va 
yorug`lik bilan moddalarning o`zaro ta’siriga doir jarayonlar o`rganiladi. Yorug`lik 
manbalari deb atom va malekulalari ko`rinadigan nurlanish hosil qiladigan barcha 
jismlarga aytiladi. Yorug`likni quyidagi manbalari mavjud: Тabiiy yorug`lik 
manbalari: quyosh, yulduzlar, nurlanuvchi tirik organizmlar (masalan baliqlar
hashoratlar, ayrim mikroblar) va hakozolar. Sun’iy yorug`lik manbalari: 
qizdirilganda nur chiqaruvchi jismlar, gaz razryadi, lyuminessensiyalanuvchi qattiq 
va suyuq jismlar. Jismga tushayotgan yorug`lik nuri unda turli xil o`zgarishlarni 
vujudga keltiradi. Masalan: jismni isishi, bo`yalgan jismlar ranglarini o`zgarishi, 
kimyoviy reaksiyalarni vujudga kelishi va hakazo. Bularni hammasi yorug`likni 
energiya tashishini ko`rsatadi. Fazoda energiyani yo harakatlanayotgan jismlar, yo 
muxitda tarqalayotgan to`lqinlar ko`chirishi mumkin bo`lgani tufayli yorug`lik 
nurlanishi yo mayda zarralar oqimi, yo biror muxitdagi to`lqin jarayonidan iborat 
bo`lishi mumkin.
Optika fizikaning muhim kesimlaridan biri bo`lib, u yorug’lik hodisalarini, 
ularning xusiyatlarini, yorug’likning muhit bilan o`zaro tasirini hamda yorug’lik 
boshqa tabiatiga bog’liq bo`lgan qonuniyatlarini o`rgatadi. Predmetlardan yorug’lik 
qaytib ko’zimizga tushgandagina biz ularni ko`ramiz. Bazi jismlar o`zidan yorug’lik 
sochganligi uchun yorug’lik manbalaridan iborat bo`lib, ular to`g’ridan-to`g’ri 
ko`rinadi. Yorug’lik manbalari deb, molekulalari va atomlari ko`rinadigan nurlanish 
hosil qiladigan barcha jismlarga aytiladi. Yorug’lik manbalari ikki guruhga: tabiiy 
va sun’iy manbalarga bo`linadi. Tabiiy yorug’lik manbalariga quyoshni, yulduzlarni 
va ba`zi nurlanuvchi tirik organizmlar (baliqlar, hasharotlar, ayrim mikroblar)ni 



misol qilib ko`rsatish mumkin. Tabiiy yorug’lik manbalaridan quyosh nuri o`simlik, 
hayvon va insonlarning hayot manbaidir.
Yorug’likning sun’iy manbalari jumlasiga qizdirilgan nur chiqaruvchi jismlar, 
gaz razyardi, lyuminessiyalanuvchi (energiya yutish hisobiga nurlanuvchi) qattiq va 
suyuq jismlar kiradi. Aniq bir turlik uzunlikka ega bo`lgan yoruglikni, masalan, 
qizil, sariq, yashil, ko`k, binafsha hamda shu kabi aniq rangli yorug’liklarni 
monohromatik yorug’liklar deyiladi.
Turli to`lqin uzunlikdagi nurlardan tashkil topgan yorug’likka murakkab 
yorug’lik deyiladi. Masalan, quyoshdan kelayotgan yorug’lik asosan yetti hil rangli 
monohromatik yorug’liklardan tarkib topgan.
Ma’lumki, yorug‘lik hodisalari yorug‘likning modda bilan ta‘sirlashishida 
namoyon bo‘ladi. Bunday o’zaro ta’sirlar ham moddada, ham modda bilan o‘zaro 
ta‘sirda bo‘lgan yorug‘likda kechuvchi ma‘lum o‘zgarishlar bilan bir qatorda 
kuzatiladi. Yorug‘lik qaytadi, sinadi va modda tomonidan yutiladi. Modda bilan
yorug‘likning o‘zaro ta‘sirlashishida kimyoviy va biologik reaksiyalar yuz beradi. 
Yorug‘likning modda bilan o‘zaro ta‘siri tufayli yuz beradigan hodisalarni, ular 
bo‘ysunadigan qonunlarni o‘rganish yorug‘lik tabiatini, uning strukturasini va ichki 
mohiyatini keng chuqurroq bilish imkonini beradi. Yorug‘likning tabiati haqidagi 
tasavvurlarni tub o‘zgarishlarga olib kelgan yangi kashf etilgan va o’rganilgan 
hodisalar qatoriga quyidagilar issiqlik nurlanishi, fotoeffekt, Kompton effekti
majburiy nurlanish va shu kabilar kiradi. Yorug‘lik energiyasining elektronlarning 
mexanik energiyasiga (fotoeffekt va Kompton effekti) yoki yorug‘likni yutayotgan 
butun sistemalarning mexanik energiyasiga aylanish jarayonlari, shuningdek, 
yorug‘likning turli kimyoviy ta‘sirlari (fotokimyo, fotografiya, fiziologik optika) 
kabi hodisalar yorug‘likning ana shu yangi tabiatidan kelib chiqadigan hodisalar 
sirasiga kiradi. Fizika sohasidagi g‘oyat buyuk revolyutsiya XX asrning boshiga 
to‘gri keldi. Issiqlikdan nurlanish (qizdirilgan jismning elektromagnit nurlanishi) 
spektrlarida energiyaning taqsimlanishi sohasida o‘tkazilgan chuqur tajribalarda 
kuzatiladigan qonuniyatlar to‘g‘ri bo‘lmay chiqdi. Maksvell elektromagnitizmining 



ko‘p marta ko‘rilgan qonunlarini moddalarning qisqa elektromagnit to‘lqinlar 
chiqarishi muammosiga tatbiq etishga urinilganda to‘satdan to‘polon qilib qoldi. 
Maskvell elektrodinamikasi ma‘nosiz shunday xulosaga olib kelgan ediki, 
bu xulosaga ko‘ra, qizdirilgan jism elektromagnit to‘lqinlar nurlayotganda enetgiya 
yo‘qotib, absolyut nolgacha sovishi kerak. Klassik nazariyaga binoan modda bilan 
nurlanish orasida issiqlik muvozanati bo‘lishi mumkin emas, ammo kundalik tajriba 
haqiqatda bunday emasligini ko‘rsatadi. Qizdirilgan jism elektromagnit to‘lqinlar 
chiqarishga o‘z energiyasining bir qisminigina sarf qiladi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling