II. BOB IZOTROP KRISTALLAR QO’LLANILISHINING OPTIK
XOSSALARI
2.1 Izotrop va anizotrop kristallar
Qattiq jismlarning bir turi kristall jismlar hisoblanadi. Kristall jismlarning eng
xarakterli tomoni shundaki, ularni tashkil etuvchi zarralar aniq geometrik shaklda
joylashishidir. Masalan, osh tuzi NaCl kristallari kub shaklida, kvars kristallari
prizma ko’rinishiga ega. Kristall jismlarning asosiy xarakterli alomati unda
anizotropiyaning mavjud bo’lishidir. Anizotropiya deb bir jinsli jismni fizik
xossalarini turli yo’nalishlarda har xil bo’lishiga aytiladi. Kristall jismlarda issiqlik
o’tkazuvchanlik koeffitsienti, yorug’likning tarqalish tezligi, elastiklik moduli,
issiqlikdan kengayish koeffitsienti va boshqa fizik xossalari turli yo’nalishlarda har
xil bo’ladi. Kristall jismlarning asosiy alomati, unda zarralarning (atom, molekula
yoki ion), ma’lum bir tartibda joylashishidir. Kristallarning muvozanat holati uchun
uch o’lchami bo’yicha zarralarning davriy takrorlanib joylashishiga kristall panjara
deyiladi. Zarralar o’rtasidagi o’rtacha masofani o’lchashda va kristall jismlarni
ma’lum panjara tuzilishiga ega ekanligini aniqlashda rentgenogrammalardan
foydalaniladi. Kristall jismlarda zarralarning muayyan tartibli joylashishi jismning
butun hajmiga tegishli bo’lib, buni uzoq tartib deb yuritiladi. Amorf jismlarda
zarralarning bunday tartibli joylashishi faqat qo’shni atomlarigagina xos bo’ladi,
buni yaqin tartib deb yuritiladi. Amorf jismlar o’zining issiqlik xossalariga ko’ra
kristall jismlardan keskin farq qiladi. Amorf jismlarga kristall qattiq jismlarga
berilgani kabi issiqlik berilsa, u issiqlik ta’sir etgan qismi suyuq holatga aylanib,
qolgan qismi qattiq holatda turaveradi. Uning harorati ikkala holatda tamomila farqli
bo’ladi.
18
Do'stlaringiz bilan baham: |