Fizika guruh talabasi raximboyeva malohatning optika fanidan izotrop va anizatrop kristallar va ularning


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana13.05.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1456296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Optika kurs ishi 2-G fizika Raximboyeva M

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I. BOB. QATTIQ JISMLAR XARAKTERISTIKASI 
1.1. Qattiq jismlar haqida ma’luumot 
Qattiq jismlar ma’lum bir shaklga hamda hajmga ega bo’lishlari bilan 
xarakterlanadi. Qattiq jismlar bir-biridan ichki tuzilishi jihatidan farq qiluvchi 
kristall va amorf jismlar ko’rinishida uchraydi. Lekin hozirgi zamon fizikasida qattiq 
jism deganda kristall jismlar nazarda tutiladi, amorf jismlar o’ta qovushoq suyuqlik 
sifatida qaraladi. Gazlar qanday idishga solinishidan qat’iy nazar idishning butun 
hajmi bo’yicha taqsimlanib idish hajmini butunlay egallaydi. Suyuqliklar esa gazlar 
kabi idishning hajmi bo’yicha taqsimlanmasdan solingan idishning shaklini egallab 
ma’lum hajmigina egallaydi. Qattiq kristall jismlar esa gaz hamda suyuqliklardan 
aniq geometrik shaklga ega bo’lishi bilan tamomila farq qiladi. Moddalarning qattiq 
holadi faqat molekulalarining bir-birlari bilan juda kuchli bog’langanligi bilangina 
emas, balki doimiy hajmi va shaklini (kristallar) saqlanishi bilan ham xarakterlanadi. 
Qattiq jismlar turli xususiyatlariga asoslanib ikki turga, kristall va amorf 
jismlarga ajraladi. Kristall jismlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, uning 
ba’zi fizik xossalari unda tanlab olingan yo’nalishga bog’liq, ya’ni kristallning 
xossalarini xarakterlovchi mexanik mustahkamlik va elektr o’tkazuvchanlik, nur 
sindirish ko’rsatkichlari, yorug’lik, issiqlik tarqalish tezligi kabi kattaliklar kristall 
ichida olingan turli yo’nalishlarda turlicha qiymatga ega bo’ladi. Moddalarning fizik 
xossalarining (mexanik, optik, elektrik va boshqalar) turli yo’nalishlarda turlicha 
bo’lishi anizotropiya deb ataladi. Barcha yo’nalishlarning teng kuchliligi izotroplik, 
teng kuchli emasligi anizotroplik deb ataladi. Amorf jismlar esa izotropdir. 
Shuningdek, gazlar hamda ko’plab suyuqliklar ham izotrop moddalarga kiradi. 
Kristallarning anizotropligiga sabab zarralarning (atomlarning, molekulalar, ionlar) 
fazoviy panjara hosil qilib batartib joylashganligidir. Kristall jismlarning hammasi 
anizotrop jismlardir. Ular aniq bo’lgan erish temperaturasiga ega bo’ladi. Har uchala 
yo’nalish bo’yicha ham zarralar joylashuvining davriy ravishda takrorlanishi bilan 
xarakterlanuvchi tuzilish kristall panjara deb ataladi. Zarralar joylashgan nuqta
aniqrog’i atrofida zarralar tebranma harakat qiladigan nuqta kristall panjaraning 
tuguni deyiladi [3]. 



a-rasm b-rasm 
Panjara tugunida yakka atomlar (a-rasm) atomlar yoki ionlar guruhi (b-rasm ) 
ham bo’lishi mumkin. Masalan, osh tuzi kristall panjaralarining tugunlarida musbat 
natriy (Na) va manfiy xlor (Cl) ionlari, metal kristallar (Cu, Fe, Al va hokazo)ning 
panjara tugunlarida metal atomlarining musbat ionlari joylashgan bo’ladi. Kristall 
panjaralarning shakllari turli-tuman bo’lishi mumkin, lekin ixtiyoriy bo’lmaydi. 
1890-yilda rus olimi E.C. Fyo’dorov tabiatda faqat 230 xil kristall panjaralar bo’lishi 
mumkinligini nazariy hisoblab chiqdi. Kristallar ustida olib borilgan ilmiy-tadqiqot 
ishlarining natijalari Fyo’dorovning barcha nazariy hisoblariga to’la mos keladi. 
Anizotroplikni tushunish uchun grafit kristalining tuzilishini ko’raylik. Bu kristallda 
uglerod atomlari bir-biridan ma’lum masofada bo’lgan tekisliklarda joylashgan 
bo’ladi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling