Fizika guruh talabasi raximboyeva malohatning optika fanidan izotrop va anizatrop kristallar va ularning


-rasm. Anizotrop kristallning kristall tuzilishi (grafit kristali)


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana13.05.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1456296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Optika kurs ishi 2-G fizika Raximboyeva M

1-rasm. Anizotrop kristallning kristall tuzilishi (grafit kristali). 
Bir tekislikda joylashgan atomlar orasidagi masofa tekisliklar orasidagi 
masofadan kichik va demak, bir tekislikda yotgan atomlar orasidagi tortishish 
kuchlari turli tekisliklarda yotgan atomlar orasidagi tortishish kuchlaridan ko’ra 
katta bo’ladi. Shuning uchun ham grafit kristalini atom tekisliklariga parallel 


10 
yo’nalishda sindirish oson bo’ladi. Kristall panjara tugunlari o’rni takrorlanishining 
doimiy xarakterga ega ekanligi, ya’ni uzoq tartibning o’rinliligi kristall jismlarga 
xos bo’lgan xususiyatdir. Kristall jismlar ikki guruhga bo’linadi: monokristallar va 
polikristallar. 
Zarralari bir xil kristall panjara hosil qiladigan qattiq jismlar monokristallar 
deyiladi. Bu turdagi monokristallar anizotropdir. Ko’pchilik minerallar monokristall 
hisoblanadi. Monokristallarning kristall bo’lgan tuzilishi ularning tashqi shaklida 
ham namoyon bo’ladi. Katta kristallar tabiatda juda kam uchraydi. Lekin sanoatda, 
fan va texnikada bunday kristallarga ehtiyoj juda ham katta. Ular radioelekrtonikada, 
optikada va ayniqsa, zamonaviy elektron hisoblash vositalarini ishlab chiqarishda 
muhim ahamiyatga ega. Misol uchun yoqut kristali lazer nurlarni hosil qilishda, 
segneta tuzi kristallari ultratovush tebranishlarini hosil qilishda foydalaniladi. Aynan 
shuning uchun ham kristall sun’iy ravishda, hatto kosmik kemalarda ham hosil 
qilinadi. Hozir shu yo’l bilan kvars, olmos uchun maxsus shart-sharoitlar zarur. 
Masalan, olmos kristalini hosil qilish uchun 
10
4
MPa bosim va 200℃ temperatura 
zarur. Qattiq jismlarning aksariyati polikristallardir. Ular betartib joylashgan kichik 
kristalchalar-kristallitlar-kichik monokristallardan tashkil topgan bo’ladi. Har bir 
monokristallcha anizotrop, lekin kristallchalar betartib joylashgan bo’lganligi uchun 
polikristall jism izotrop bo’ladi. Metallar polikristall jismga misol bo’la oladi. Biroq 
erigan metallni sekin sovitish bilan metal monokristalini hosil qilish mumkin. Bir 
xil kimyoviy elementning atomlari turli xil kristall tuzilish hosil qilishi ham 
mumkin. Masalan, uglerodning o’zi xususiyatlari bir-biridan keskin farq qiladigan 
qatlamli grafit tuzilishiga va fazoviy olmos tuzilishga ega bo’lishi mumkin. Suvning 
o’zi besh xil kristall tuzilishga ega bo’lgan muz hosil qiladi. Tarkibi bir xil 
moddaning turli fizik xossalarga ega bo’lgan har xil kristall tuzilishni hosil qilishi
polimorfizm deyiladi [5]. 
Panjarasining tugunlarida joylashgan zarralarning tabiati va ular orasidagi 
o’zaro ta’sir kuchlarining xarakteriga qarab kristallar to’rt turga bo’linadi. 
Ionli kristallar. Panjarasining tugunlariga qarama-qarshi zaryadli ionlar 
navbat bilan joylashgan kristallar ionli kristallar deyiladi. Ionlar orasidagi o’zaro 


11 
ta’sir kuchi, asosan, elektrostatik xarakterga ega. Ionli kristallarga osh tuzi NaCl, 
seziy xlor CsCl misol bo’ladi. 
Atomli kristallar. Panjarasining tugunida kvant-mexanik tabiatdagi kuchlar 
tutib turadigan neytral atomlar joylashgan bo’ladi. Ular o’rtasida elektr xarakteriga 
ega bog’lanish ham mavjud. Bu bog’lanish har bir atomdan bittadan elektron juftligi 
orqali ham amalga oshiriladi. Bunday kristallarga olmos, grafit, germaniy va 
kremniy misol bo’ladi. 
Metalli kristallar. Panjarasining tugunida metalning musbat ionlari joylashgan 
bo’ladi. Kuchsiz bog’langan valentli elektronlar atomlardan ajraladi va elektron 
gazini hosil qiladi. Metalli kristallardagi bog’lanish panjara tugunlaridagi musbat 
zaryadli ionlar va manfiy elektronlar gazi orasidagi tortishish kuchlari yordamida 
ta’minlanadi. Metalli kristallarga ko’pchilik metallar misol bo’ladi. 
Molekulali kristallar. Panjarasining tugunida ma’lum bir xil bo’lgan tartibda 
yo’naltirilgan molekulalar joylashgan bo’ladi. Ular orasidagi molekulalar o’zaro 
ta’siriga xos bo’lgan tortishish kuchlari mavjud bo’ladi. Molekulali kristallarga 
naftalin, paraffin, quruq muz (
𝐶𝑂
2
), muz va hokazolar misol bo’ladi. 
 
Suyuq kristallar va ularning qo’llanilishi. Ba’zi bir organik moddalarning
shunday holati mavjudki, garchi ular suyuqliklarga xos bo’lgan oquvchanlik 
xususiyatiga ega bo’lsalar-da, kristallarga xos bo’lgan molekulalarning ma’lum 
tartibda joylashuviga hamda fizik xossalariga ega bo’ladi. Moddalarning bunday 
holatiga suyuq kristall holati deyiladi. Odatda suyuq kristallar qattiq kristallarni 
eritish orqali hosil qilinib, hozirgi paytda ularning bir necha mingdan ortiq turlari 
ma’lum. Suyuq kristallar elektron hisoblash mashinalari hamda elektron soatlar, 
mikro kalkulyatorlar, reklama shitlari hamda boshqalarda keng qo’llaniladi. Yupqa 
ekranli televizorlar va monitorlarda ham ulardan foydalaniladi.
Amorf jismlar. Qattiq jismlarning ikkinchi ko’rinishi amorf jismlardir. Garchi 
ular qattiq jismlar sifatida qaralsa ham aslida sovitilgan suyuqliklardir. Amorf 
jismlar kristall strukturaga ega bo’lmaydi, ular o’zlarining ichki tuzilishlari bo’yicha 
suyuqlikka yaqin bo’lib, suyuqliklardan faqatgina molekulalar o’rtacha oralig’ining 
kichikligi bilan va shu tufayli molekulalar tortishish kuchlarining katta bo’lishi bilan 


12 
farq qiladi. Amorf jismlar ularning aniq erish temperaturaga ega bo’lmasligi, 
isitilganda qovushoqlikning kamayishi natijasida suyuq holatga asta-sekin 
yumshash orqali o’tishi bilan ham kristall jismdan farq qiladi. Agar amorf jismning 
biror atomini markaziy atom sifatida qaralsa, unga yaqin bo’lgan atomlar ma’lum 
tartib bo’ylab joylashadi. Lekin markaziy atomdan uzoqlashgan sari tartib buzilib, 
atomlarning joylashuvi turli xil, ya’ni tasodifiyga aylanib qoladi. Kristall jismlardan 
farqli o’laroq, amorf jismlarda qo’shni atomlarning o’zaro joylashuvida yaqin 
tartibgina mavjud bo’ladi. Amorf jismlarga shisha, plastmassa, beton, mum, smola, 
polimerlar va boshqalar misol bo’ladi. Oltingugurt, glitserin, shakar hamda boshqa 
moddalar ham kristall, ham amorf ko’rinishda mavjud bo’lishi mumkin. Bunga 
ba’zan shishasimon shakl ham deyiladi. Amorf jismlar har doim izotrop xossaga ega 
bo’ladi. Past bo’lgan temperaturalarda amorf jismlarning xossalari qattiq 
jismlarnikiga ham o’xshab ketadi. Bu holda ular deyarli oqmaydi. Lekin temperatura 
ortgan sari amorf jismlar asta-sekin yumshab, ularning xossalari suyuqliklarning 
xossalariga yaqinlasha boradi. Amorf jismlar tabiatda kristall jismlarga nisbatan 
kam tarqalgan. Kristall va amorf qattiq jismlarning asosiy xususiyatlari, 
kristallarning tuzilishi, qattiq jismlarning xossalarini ularning tuzilishiga asoslanib 
tushuntirish, kristallarning tartibli tuzilishining sabablarini aytish lozim. Bunday 
variantda o‘quvchilar eng avval qattiq jismlarning tuzilishi nazariyasini tushuntirib 
berishi lozim bo‘lgan eksperimental ma’lumotlarni bilib oladilar. So‘ngra ular 
kristallarning ichki tuzilishi tartibli ekanligining eksperimental isbotlari bilan 
tanishadilarki, bu kristallarning xossalarini tushuntirib berish imkonini beradi. 
Nihoyat, o‘quvchilarga kristallar tuzilishining tartibli ekanligining sababi 
tushuntiriladi. qattiq jismlarning xossalarini o‘rganish shu bilan tugamaydi. qattiq 
jismlarning tuzilishi haqida egallangan bilimlardan kelgusi darslarda kristallar 
xossalarining turlichaligi- sabablarini tushuntirish uchun, shuningdek, qattiq 
jismlardagi deformatsiyalar mexanizmini hamda mexanik xossalarni boshqarishning 
fizik asoslarini aniqlab olishda foydalaniladi. 
Kristallar simmetriyasi, ya’ni ularning alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Bu 
kristallarning nafaqat shaklida, balki tuzilishida ham, shuningdek, deyarli barcha 


13 
xossalarida namoyon bo‘luvchi eng xarakterli xususiyatlaridan biri ekanligini 
ta’kidlash lozim. O‘quvchilar geometriya darslarida kristallar simmetriyasining turli 
ko‘rinishlari bilan tanishishlari tufayli buni oson tushunadilar. Ularning onglarida 
kristallning simmetrikligi, tashqi ko‘rinishining muntazam ekanligi bilan bir xil 
taassurot tug‘dirishi lozim. O‘quvchilar o‘z uylaridan topishlari mumkin bo‘lgan 
moddalar kristallarning tashqi ko‘rinishini chizish foydalidir. 
Amorf jismlarga qarshi o‘laroq, kristallar anizatropdir. Turli moddalarda 
xossalarga nisbatan anizatropiya kuzatiladi. Darsda anizotropiya holatlaridan hech 
bo‘lmaganda bittasini ko‘rsatish lozim. Buning uchun eng yaxshisi mustahkamlik 
anizotropiyasini tanlagan ma’qul, chunki u deyarli barcha kristallarda namoyon 
bo‘ladi. Maktab sharoitida mustahkamlik anizotropiyasini yetarlicha yirik osh tuzi 
kristallarini o‘shatib yoki slyuda kristallarini yaproq-yaproq qilib ajratib ko‘rsatish 
mumkin. Agar bu tajribalarni har bir o‘quvchi o‘z stolida amalga oshirish imkoniga 
ega bo‘lsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. Tajribalardan quyidagi xulosa chiqariladi: 
turli yo‘nalishlarda kristallarning mustahkamligi bir xil emas. Xuddi mana shu 
kristall xossalari anizotropiyasining namoyon bo‘lishidir [7]. 
O‘quvchilarni kristallarning xossalarini bayon qilishda parallel ravishda 
amorf jismlarning xususiyatlari bilan ham tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Amorf 
qattiq jismlar kristall qattiq jismlardan farqli o‘laroq, muntazam tashqi ko‘rinishga 
ma’lum erish temperaturasiga hamda anizotropiyaga ega emasliklari tushuntiriladi. 
Mum, shisha, plastmassa va h.k. lar ham kristallardan tuzilgan bo‘lmasalar-da, qattiq 
jismlar ekanligini ta’kidlash muhim.
Amorf jismlarning kristall jismlardan asosiy farqlaridan biri shundaki, ular 
termodinamik beqarordir. O‘quvchilarni kristall holat-qattiq jismlarning tabiiy va 
barqaror holati ekanligi bilan tanishtirish uchun ularga vaqt o‘tishi bilan amorf 
jismlar o‘z-o‘zidan kristall holatga o‘tishlari mumkin ekanligi haqida so‘zlab berih 
lozim. Misol tariqasida obakidandonning durda bog‘lab qolishi hamda eski 
shishaning xiralashib qolishi hollari bayon qilinadi. O‘quvchilarning kristall va 
amorf jismlarning xususiyatlari haqidagi bilimlarini kristall va amorf jismlar 
o‘rtasidagi, monokristallar va polikristall jismlar va amorf jismlar orasidagi 


14 
o‘xshashlik tomonlari hamda farqlarning xususiyatlari oydinlashtiriladigan 
suhbatlar chog‘ida mustahkamlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Qattiq jismlar 
deformatsiyasi hamda ularning mexanik xossalarining xarakteristikalariga bog‘liq 
masalalar kristall va amorf qattiq jismlarning tuzilishi va xossalarini o‘rganishdan 
oldin ham qarab chiqilishi mumkin. O‘quvchilarni mexanik xossalar bilan 
tanishtirayotganda elastik va plastik xossalar haqidagi birlamchi ma’lumotlarni 
o‘quvchilar o‘rta umumiy ta’lim fizika kursi darslarida olishlarini, maktab 
ustaxonasida ishlash esa ularning eng ko‘p qo‘llanuvchi qattiq materiallarning 
mexanik xossalarining turlichaligi bilan amalda tanishtirishini yodda tutmoq lozim. 
Kasb-hunar kollej hamda litseylarida esa, mexanik xossalarning miqdoriy 
xarakteristikalari: elastiklik moduli, o’quvchanlik chegarasi, mustahkamlik, 
plastiklik qarab chiqiladi. 
Mexanik xossalar bilan o‘quvchilarni materiallar sinovi haqida hikoya qilib 
berish asosida tanishtirgan ma’qul. Bunday yondashuv birinchidan, o‘quvchilarni 
texnikada mexanik xossalar qanday aniqlanishi bilan tanishtirish, ikkinchidan, qattiq 
jismlarning barcha mexanik xossalarini yagona nuqtai nazardan qarab chiqish 
imkonini beradi. Tajribada materialni cho‘zilishni tekshirish metodi eng keng 
tarqalgan. Bunday tekshirish natijasida odatda, tahlili mexanik xossalarning asosiy 
xarakteristikasini aniqlash imkonini beruvchi-cho‘zilish diagrammasi chiziladi. 
Shuning uchun cho‘zilish diagrammasi tevaragida o‘quvchilarning qattiq 
jismlarning mexanik xossalarining miqdoriy baholanishi bilan tanishtirish mumkin. 
Cho‘zilishni tekshirishga imkon beruvchi asbob yor-damida mazkur qismga 
tekshirilayotgan material nusxasiga qo‘yilayotgan kuchlanish yo‘qolgani hamono 
butkul yo‘qoluvchi elastik deformatsiya mos kelishini ko‘rsatish mumkin. 
O‘quvchilarga material tabiatidagi qanday o‘zgarishlar oquvchanlik 
chegarasini o‘zida aks ettirishini tushintirib berish, ularni ba’zi qattiq materiallar 
(metallar, qotishmalar, plastmassalar) ning oquvchanlik chegarasi kattaliklari 
orasidagi farqlar bilan tanishtirish hamda texnikada turli materiallarning 
oquvchanlik chegarasini bilish qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida so‘zlab 
berish foydalidir. Kuchlanishning o‘zgarishini kuzatib va cho‘zilish diagrammasini 


15 
tahlil qila borib, plastik deformatsiyalanish orta borgan sari namunaga borgan sari 
kattaroq kuchlanishlar qo‘yishga to‘g‘ri kelishi, ya’ni materialning plastik 
deformatsiyalarga qarshiligi orta borishi haqida xulosa chiqarish mumkin. Ko‘pgina 
metallarning bu xossasi-plastik deformatsiyalanishi natijasida mustahkamlanish 
xususiyati ortishi (parchalanish) qaychi bilan qirqilgan tunukaning chetlari 
plastikligini yo‘qotib, mo‘rt bo‘lib qolishi; bir necha marta buklangan mis simning 
plastik xususiyati kamayishi kabi tanish misollar bilan tushuntirib berilishi lozim. 
Darsda metallni qirqib yoki bosim bilan ishlov berishda uning mustahkamlanishi va 
metallardan detallar tayyorlashda mustahkamlanishning ham musbat, ham manfiy 
roli haqida so‘zlab berish maqsadga muvofiqdir [9]. 
Qattiq materiallar mexanik xossalarning asosiy xarakteristikalarini bilish 
o‘quvchilarni mustahkamlikning eng sodda hisoblari asoslari bilan tanishtirish 
imkonini beradi. Buning eng yaxshisi cho‘zilish deformatsiyasi misolda ko‘rsatgan 
ma’qul. Chunki cho‘zilishga mustahkamlikni hisoblash texnikada keng tarqalgan. 
Shu asosida hisoblanadigan formulalar esa yetarlicha sodda va o‘quvchilar uchun 
tushunarlidir. Darsda mustahkamlikni hisoblashlarning texnikadagi ahamiyati 
haqida so‘zlab beriladi va mustahkamlik har qanday qattiq materialning asosiy 
xossasi ekanligi ta’kidlanadi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling