Fizika kafedrasi ergasyev Sh.,Saidov Q. S
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Оптика лаборатория
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA KAFEDRASI Ergasyev Sh.,Saidov Q.S. OPTIKA (Laboratoriya ishlari) BUXORO-2016 YIL F 3 F 1 O 2 P O 1 S F 2 So’z boshi Tabiyat fanlari, jumladan fizikani o’rta maktablarda va oliy o’quv yurtlarda o’qitish saviyasini oshirish uchun bir qator yangi metodik problemalar hal qilinishi zarur. Bunday problemalardan, bizning fikrimizcha, eng murakkabi kerakli darslik va o’quv qo’llanmalari yaratish hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda u yoqi bu oliy o’quv yurtlarining o’ziga xos talablariga javob beruvchi praktik va laboratoriya mashg’ulotlari uchun metodik qo’llanmalar yaratish ham muhim ahamiyatga egadir. Oliy o’quv yurtlarida praktik, ayniqsa laboratoriyaviy mashg’ulotlar studentlar tomonidan fizikaviy tushuncha va qonunlarni o’zlashtirishini osonlashtirish, studentlarni fizikaviy asboblar bilan ishlashga o’rgatish hamda turli xil fizikaviy tajribalar o’tkazishga o’rgatish va ularda ko’nikmalar hosil qilish kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Undan tashqari laboratoriya mashg’ulotlarida tajribada olingan natijalarni baholay olish, grafiklar chizish, laboratoriya jurnallarini to’g’ri olib borish kabilar ham maqsaddan xoli emasdir. Ushu qo’llanma pedagogika insitutlarining “Fizika” mutaxassisligi programmasiga moslab yozilgan bo’lib, unga optika va kvant fizikasidan laboratoriya ishlarining tavsiflari kiritilgan. Qo`llama “Fizika” ixtisosligidagi studentlar uchun mo’ljallanganligiga qaramay, undan “Matematika va fizika”,“ Matematika” va “Umumtexnika fanlari” ixtisosligidagi studentlar ham foydalanishlari mumkin. Qo’llanmaga kiritilgan har bir laboratoriya ishining tavsifi qat`iy ketma- ketlikka rioya qilingan holda yozilgan. Dastlab ishning maqsadi, so`ngra kirish qismida ish to`g`risida qisqacha nazariy ma`lumot beriladi. Keyin esa ishni bajarish uchun kerakli asbob, materiallar ro`yxati va eksperimental qurilma tavsifi berilib, har bir mashqning bajarilish tartibi bayon etiladi. Albatta, laboratoriya ishlarining tavsiflari studentlarda o`rganilayotgan fizikaviy hodisalar to`g`risida to`la-to`kis ta’surot qoldiradi deyish xato bo`lgan bo`lur edi. Bunday ta’surotni student o`zida har bir laboratoriya ishi tavsifining oxirida keltirilgan adabiyotlar va leksiyalardan foydalangan holda, ishlarning nazorat savollariga tayyorlanishi protsyassida hosil qilishi mumkin. Bu esa o`z navbatida studentlarda mustaqil ishlashga ko`nikmalar hosil qiladi. Mualliflarning ko`p yillik ish tajribalari ko`rsatadiki, laboratoriya mashg`ulotlariga optika va kvant fizikasi bo`yicha ajratilgan soatlarda studentlar 8-10 dan ortiq ish bajara olmaydilar. Shuning uchun ham mualliflar qo`llanmaga kiritlgan laboratoriya ishlari sonini orttirib yuborishni ma`qul topmadilar. Qo`llanmaga kiritilgan ba`zi laboratoriya ishlarining tavsiflarini to`zishda qisman 10,11,13,15 lardan foydalanildi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling