Fizika kafedrasi ergasyev Sh.,Saidov Q. S
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Оптика лаборатория
4-ISH. DIFRAKSION P AN J AR A YORDAMIDA YORUG`LIK- NING TO`LQIN UZUNLIGINI ANIQLASH. IshnIng maqsad i: Fraungofer difraksiyasini o`rganish va difraksion panjara yordamida yorug`likning to`lqin uzunligini aniqlash. KIRISH. Bir-biridan qat`iy bir xil masofada joylashgan juda ko`p parallel bir xil kenglikdagi tirqishlar to`plamiga difraksion panjara deb ataladi. Odatda difraksion panjaralar yassi shisha plastinkalarga maxsus bo`lish mashinialari yordamida parallel shtrixlar chizish yo`li bilan yasaladi.Yaxshi difraksion panjaralarning bir millimetrida 1000 dan to 1500 gacha shtrixlar chizilgan bo`lishi mumkin. Shtrixlar xira bo`lganligi tufayli tushayotgan yorug`likni qariyb o`zidan o`tkazmaydi. Shtrixlar oralig`i esa yorug`likni bemalol o`tkazadi va tirqishlar deb yuritiladi. Difraksion panjaraning,as osiy parametrlari bo`lib shtrixlar soni N va panjara doimiysi (ba`zida panjara davri deb ham yuritiladi) lar hisoblanadi. Agar shtrixlar enini α bilan bilan,tirqishlar enini esa β bilan belgilasak,difraksion panjara doimiysi d ularning yigindisiga teng bo`ladi, ya`ni d=α+β Difraksion panjara odatda Fraungofer difraksiyasi o`rinli bo`ladigan sharoitlarda yorug`likning to`lqin uzunligini aniqlash maqsadida qo`llaniladi. Ma`lumki, Fraungofer difraksiyasi panjaraga yassi to`lqin sirtiga ega bo`lgan parallel yorug`lik nurlari dastasi tushib, kuzatish nuqtasi amalda cheksizlikda joylashgan holda o`rinli bo`ladi. Bu holda kuzatish yo`nalishi difraksion panjaraga o`tkazilgan normal va difraksiyalangan nurlar yo`nalishi orasidagi burchak orqali aniqlanadi. Nurlarning boshlang`ich yo`nalishidan og`ishi tirqishning eni va yorug`likning to`lqin uzunligiga bog`liq bo`ladi. Difraksion panjaraga yorug`lik nurlari perpendikulyar yo`nalishda tushganda yorug`likning to`lqin uzunligi, panjaraning doimiysi va nurlarning og`ish burchagi (difraksiya burchagi) orasidagi bog`lanish difraksion maksimumlarning vaziyatlarini aniqlovchi quyidagi tenglama orqali ifodalanadi: m d sin Bu yerda: d - difraksion panjara doimiysi, - difraksiya burchagi, - yorug`lik to`lqin uzunligi, m - spektr tartibi. Panjarani yoritish uchun to`lqin uzunliklarining diskret qatoridan iborat bo`lgan yorug`lik quldadilsa m ning 0 teng bo’lmagan bir xil qiymatida difraksiya burchaklarai to`r li to`lqin uzunliklari uchun turlicha bo`ladi, yaniy yorug`likning chiziqli spektrga ajralishi kuzatkladi har bir chiziqning to`lqin uzunligi bosh maksimumlar tenglamasidan hisoblanishi numkin. (2) Kerakli asboblar: difraksion panjara, Gonometr chiziqli spektr beradigan manba. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling