Fizika kafedrasi ergasyev Sh.,Saidov Q. S
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Оптика лаборатория
Ishni bajarish tartibi.
1. Manbani kollimator oldida siljitib tirqishning eng yaxshi yoritilshii ta'minlanadi. 2. Difraksion panjaraning shtrixlari kollimator tirqishiga parallel bo`lib, uning tekisligi kollimator o`qiga perpendikulyar bo`lishi kerak. 3. Kollimator va ko`rish trubalarini bir to`g`ri chiziq bo`ylab yo`naltirib, kollimator tirqishining keskin tasviri kuzatiladi.Bu difraksion manzaraning O-nchi maksimumi hisoblanadi. Okulyarning fokal tekisligidagi vertikal qora chiziqni tirqish tasvirining o`rtasiga sozlanadi. Nonius yordamida limbning 0 ko`rsatishi yozib olinadi. 4. Ko`rish trubasini chapga (yoqi o`ngga) burish yo`li bilan vertikal chiziqni to`lqin uzunligi aniqlanishi kerak bo`lgan tanlangan rangdagi birinchi difraksion maksimum tasvirining o`rtasiga to`g`rilash kerak.Nonius yordamida limbning ko`rsatishi ' ni yozib olinadi va difraksiya burchagi 0 ' topiladi. Panjaraning kollimator o`qiga noperpendikulyarligidan kelib chiquvchi xatolikni bartaraf qilish uchun okulyar chizig`ini chap va o`ng tomondagi maksimumlarga to`g`rilab,vaziyatlar ayirmasining yarmi olinadi. 2 ' '' Bu y erda ' - chap tomon maksimumining vaziyati; '' - o`ngtomon maksimumining vaziyati. O`lchashlar birinchi, ikkinchi va uchinchi tartibdagi spektrlarning hamma ravshan chiziqlari uchun o`tkaziladi. 5. (2) formuladan har bir tartib uchun hisoblanib,uning o`rtacha qiymati topiladi.Berilgan cho`g`lanmada ishlatiladigan panjara uchun N 0 ,ya`ni bir mm ga to`g`ri keluvchi shtrixlar soni 100 ga teng, Panjara doimiysi 0 1 N d aniqlanadi. ( 0 N ning qiymati panjaraning o`zida yozilgan). 6. O`lchanilgan va hisoblangan kattaliklarning qiymatlari quyidagi jadvalga yoziladi. rang m '' ' Sin λ λ o’r NAZORAT SAVOLLAR. 1. Yorug`lik difraksiyasining moxiyati nimada? Frenel va Fraungofer difraksiyalarining farqini tushuntiring. 2. Bir tirqishdan difraksiya hodisasini tushuntiring.Ekranda yorug`lik intensivligining taqsimlanish manzarasini chizing. 3. Difraksion panjara ishlash prinsipini tushuntiring. 4. Bitta yorug`lik manbaining difraksion va prizmatik spektrlari orasida qanday farq bor? 5. Difraksion panjaranying spektral xarakteristikalarini ta`riflang, 6. Goniometr qanday to`zilgan?. Adabiyotlar / 1,2,3,10,11 /. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling