Fizika kafedrasi ergasyev Sh.,Saidov Q. S
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Оптика лаборатория
O`lchashlar
Okulyar aylantirilib, shkala va vizir (krest) chizigi fokuslanadi. Prizma 3 ning silliqlangan yog`iga shisha cho`p bilan tekshirilayotgan suyuqlikdan 2-3 tomchi tomiziladi, so`ngra yoritish prizmasi o`z joyiga quyiladi. Bunda tekshirilayotgan suyuqlik yoritish va o`lchash prizmalarining yoqlari oralig`ini butunlay to`ldirishi lozim. Okulyar biriktirilgan richagni burab, ko`rish maydonida yorug` va qorong`i maydonlar chegarasi hosil bo`lishiga erishiladi. Ajralish chegarasidagi rangdorlik kompensator tutgichini burash bilan bartaraf qilinadi. Ajralish chegarasi bilan okulyardagi vizir (krest) chiziqlarni ustma-ust tushirib, shkaladan shu xolatga mos keladigan sindirish ko`rsatkichining 'qiymati to`rtinchi raqamgacha aniqladi. yozib olinadi.Bunday ulchavshar 3-4 marta takrorlanadi. Har safar sindirish ko`rsatkichini aniqlagandan so`ng yopitish prizmasi chetga suriladi va o`lchash prizmasining silliklangan yog’iga bir necha tomchi distillangan suv tomizilib, prizma ehtiyotlik bilan yumshoq lattada artib olinadi. NAZORAT S AVOLL AR. 1. GeometriK optikaning asosiy Qonunlarini ta`riflang. 2. Refraktometrning ishlash printsipi qanday fizik hodisaga asoslangan? 3. Yorug`likning prizmadagi yo`lini tushuntiring va formulasini keltirib chiqaring. 4. Nima uchun prizmadan o`tgan oq yorug`lik turli ranglarga ajraladi? 5. Refraktometr optik sxemasini tushuntiring. Adabiyotlar / 1, 2, 3,1C, 14 /. 8- ISH. POLYAROIDNING O`TKAZISH KOEFFITSIENTINI ANIQLASH VA M ALYUS QONUNINI TEKSHIRISH. Ishning maqsadi: Yorug`likning qutblanishi hodisasini o`rganish. Polyaroiddan yorug`lik o`tishi qay larajada Malyus qonuniga bo`ysunishini tekshirish.. KIRISH Yorug`lik sektori tebranishlarining yo`nalishlari biror tarzda tartibga keltirilgan yorug`lik qutblangan yorug`lik deyiladi. Yorug`lik vektori faqat bitta tekislikda tebransa, yorug`lik yassi qutblangan yoqi chiziqli qutblangan yorug`lik deyiladi, tekislik esa tebranishlar tekisligi deb yuritiladi. Yassi qutblangan yorug`likni polyarizatorlar (qutblagichlar) deb ataladigan asboblar yordamida tabiiy yorug`likdan olish mumkin. Bu asboblar qutblagichning bosh tekisdigi deb ataladigan tekislikka parallel bo`lgan tebranishlarni to`la o`tkazib, unga perpendikulyar bo`lgan tebranishlarni to`la saqab qoladi. Polyarizatorlar sifatida,masalan, turmalin kristalidan maxsus kesib olingan plastinka ishlatilishi mumkin. Agar tabiiy yorug`lik nurlari dastasi ideal polyarizator orqali o`tayotgan bo`lsa, uning intensivligi ikki marta kamayadi va yorug`lik yassi qutblangan yorug`likka aylanib qoladi. Polyarizator boshlang`ich intensivligi I 0 bo`lgan yassi-qutblangan yorug`lik tushayotgan bo`lsa,u holda polyarizatordan o`tgan yorug`likning I intensivligi I 0 bilan quyi dagi ifoda orqali bog`langan bo`ladi: 2 0 cos I I (I) Bu munosabat Malyus qonuni deb ataladi. Bu ifodada yorug`likning tebranishlar tekisligi bilan polyarizator bosh tekisligi orasidagi burchak. Real sharoitlarda polyarizatorga tushuvchi va undan o`tuvch Yassi- qutblangan yorugl`lik intensivliklari I 0 hamda Ilar orasidagi bog`lanish biroz o`zgacharoq bo`ladi. Bunga sabab bo`lib birinchidan qat`iy ravishda yassi qutblangan yorug`likni hosil qilib bo`lmaslik hisoblansa, ikkinchidan polyarizator moddasida yorug`likning qisman yutiliib qolishi hisoblanadi. Ushbu ishda polyarizatordan o`tayotgan yassi-qutblangan yorug`lik intensivligining o`zgarishi tajribada o`rganish talab qilinadi. Yorug`likning tebranishlar tekisligi bilan polyarizator bosh tekisligi orasidagi burchak o`zgartirilib, tajribada Malyus qonuni (1) tekshiriladi. Tekshiriladigan polyarizator sifatida bu ishda anizatrop moddalarning Yupqa plyonkalari polyaroidlardan foydalaniladi. Yassi-qutblangan yorug`lik manbai sifatida esa optik kvant generatori (geliy - neon lazeri) xizmat qiladi. Polyaroiddan o`tayotgan yorug`lik intensivligining o`zgarishini ostsillograf bilan ulangan fotoelement yoritilganligining o`zgarishi orqali o`rganish mumkin. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling