Fizika kafedrasi ergasyev Sh.,Saidov Q. S
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Оптика лаборатория
11-ISH. OPTIKAVIY PIROMETR YORDAMYDA STEFAN- BOL`SMAN DOIMIYLIGINI ANIQLASH. Ishning maqsadi: optikaviy pirometr yordamida yuqori temperaturlarni o`lchash va Stefan-Bol'sman doimiyligini aniqlash. KIRISH Moddalar qizdirilganda o`zlaridan nur chiqarish hodisasiga issiqlik nurlanishi deyiladi. Bu hodisa modda zarrachalarining issiqlik harakati tufayli sodir bo`lib modda temperaturasi T ga bog`liqdir. Temperaturaning o`zgarishi bilan nurlanish intensivligi va spektral tarkibi o`zgarib boradi. Issiqlik nurlanishining asosiy xarakteri shkalaridan biri energetik yorituvchilik R t bo`lib, bu kattalik qizdirilgan jism birlik yuzasidan birlik vaqt ichida barcha yo`nalishlar bo`ylab nurlanayotgan elektromagnit energiyasi miqdori bilan o`lchanadi: R t = = (1) bu yerda W- nurlanish energiyasi, S - nurlanuvchi sirt yuzasi, N - nurlanish quvvati. Stefan-Bol’sman qonuniga asosan absolyut qora jism energetik yorituvchanligi RT shu jism absolyut temperaturasining to`rtinchi darajasiga to`g`ri proporsionaldir: R T =δT 4 (2) bu ifodada δ- Stefan-Bol’sman doimiyligi, T - absolyut temperatura. Qora bo`lmagan jismlar uchun esa qonun quyidagicha yoziladi: R T =a T δT 4 (3) Bunda a T - bir xil temperaturada real jism energetik yorituvchanligining absolyut qora jism energetik yorituvchanligiga nisbati hisoblanadi. Bu nisbat birdan kichik bog`liqlik grafigi keltirilgan va temperaturaga bog`liq. 1-rasmda volfram uchun a T ning temperaturaga odatda tajribalarda qizdiriladigan jism sifatida cho`g`lanma lampaning volframdan yasalgan tolasidan foydadanish qulaylik tug`diradi. Bu holda S sirtli tolani qizdirishga sarf bo`ladigan quvvatning (tok quvvati - IU. ) qariyb barchasi o`rab turgan fazoga issiqlik nurlanishi sifatida uzatiladi.Boshqacha aytganda bu Rasm 1. quvvat nurlanish quvvatiga teng bo`ladi shuning uchun (1) va (3) formulalarni e`tiborga olib quyidagi ifodani yozish mumkin: Bu tenglama Stefan-Bol’sman doimiyligini tajribalarda aniqlashga imkon beradi; δ= (5) (5) ga kiruvchi barcha kattaliklarni tajribada o`lchash mumkin. Kerakli asboblar: Optikaviy pirometr, cho`g`lanma lampa, 5 A ga mo`ljallangan vol'tmetr, reostat, avtotransformator, kalit. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling