Fizika kafedrasi ergasyev Sh.,Saidov Q. S
Eng kichik og`ish burchagi va simob lampasi spektrining xarakterli
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Оптика лаборатория
2. Eng kichik og`ish burchagi va simob lampasi spektrining xarakterli
chastotalarida prizma moddasining sindirih ko`rsatkichini aniqlash. U yoki bu chastotaga ega bo`lgan yorug`likning eng kichik og`ish burchagi δ min ni topish uchun, prizma goniometr stolchaga kollimatordan chiquvchi nurlar, prizmaning sindiruvchi yorig`iga 45 0 ga yaqin burchak ostida tushadigan qilib joylashtiriladi. Bunda, albatta, prizmaning sindiruvchi burchagi sifatida 1-Mashqda aniqlangan burchak olinishi kerak, chunki uch yoqli prizma burchaklari bir-biriga teng bo`lmasligi mumkin. Ko`rish trubasini burib simob nurlanish spektrining turli chastotalariga mos keluvchi tirqishning birqator rangli tasvirlari kuzatiladi (4-rasm). Prizmaning o`rni goniometr stolchasida belgilanadi va prizma stolchadan olib qo`yiladi. Kollimator va ko`rish trubasini bir yo`nalishda joylashtirib,ya`ni ko`rish trubasidagi vizir chizig`i (krest) tirqish tasviri o`rtasiga to`g`rilanib, limb shkalasining nonius – n yordamida α 0 kursatishi aniqlanadi (4 – rasmga qarang). Keyin prizma stolchaga belgilangan o`rniga qo`yiladi. Ko`rish trubasini chap tomonga aylantirib tirqishning tanlangan rangdagi (to`lqin uzunlikdagi) tasviri kuzatiladi. So`ng prizma shunday yo`nalishda aylantira boshlanadiki, tirqishning monoxromatik tasviri nurlar dastasi og`magan (kollimator o`qi) tomoniga siljisin.Tirqishning tanlab olingan tasviri ketidan ko`rish trubasi buralib,prizmani aylantirish davom ettiriladi. Rasm 4. Kollimator va unda ko`rish Prizmani aylantirish tirqish tasvirining siljishi tuxtagunga qadar davom ettiriladi. Prizmani bundan keyingi aylantirsh tirqish taSvirini teskari tomonga siljiy boshlashiga olib keladi. Tasvir siljishining to`xtash momenti berilgan prizmada tanlangan rang dagi yorug`lik minimal og`ish burchagiga erishganligini ko`rsatadi. Ko`rish trubasi vizir chizig`ini kuzatilayotgan ma`lum rangdagi tasvirning chegaraviy vaziyatga to`g`rilab limb shkalasining shu vaziyatni Harakterlovchi kursatishi yozib olinadi. U holda 4 - rasmga asosan prizmada tanlangan to`lqin uzunlikdagi (rangdagi) yorug`lik nurining eng kichik og`ish burchagi δ min = 1 - 0 dan topiladi.Tajriba uch marta takrorlanadi. Xuddi shunday o`lchashlar 2 - jadvalda keltirilgan 5 xil rangdagi (to`lqin uzunlikdagi) yorug`liklar uchun bajariladi va har safar δ min burchakning o`rtacha qiymatlari topiladi. So`ng (2) formuladan foydalanib prizmaning sindirish ko`rsatkichi n hisoblanadi. O`lchash va hisoblash natijalari 2 -jadvalga yoziladi: Jadval – 2 3. Dispersiya egriligini chizish va o`rtacha dispersiyani hisoblash. Prizma moddasi sindirish ko`rsatkichi n ning 2-mashqda aniqlangan qiymatlaridan (2 - jadvalga qarang) foydalanib, uning chastotaga bog`liqlik grafigi № P/P Simob nurkanishi spectral chiziqlari To’lqin uzunligi , Ѵ,Г ц 0 1 n 1 Sariq 2 Yashil 3 Havo rang 4 Ko’k 5 Binafsha (dispersiya egri chizig`i n=f( Ѵ) chiziladi va formuladan o`rtacha dispersiya topiladi. Bu yerda n δ , n c lar simob nurlanish spektrining binafsha va sariq chiziqlari uchun prizma moddasi sindirish ko`rsatkichlaridir, δ va c esa mos ravishda shu chiziqar to`lqin uzunliklari hisoblanadi. NAZORAT SAVOLLAR. 1. Prizmada yorug`lik nurlari yo`lini ko`rsating va (2)-formula-, ni keltirib chiqaring. 2. Nima uchun prizma oq yorug`likni turli ranglarga ajratadi? 3. Normal va anomal dispersiya nima? 4. Dispersiyaning klassik elektron nazariyasini gapirib bering. 5. 3 - rasmdan foydalanib ekanligini ko`rsating. Adabiyotlar / 1, 2,3,15 /. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling