Fizika kafedrasi ergasyev Sh.,Saidov Q. S
Eksperimental qurilmaning tavsifi
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Оптика лаборатория
Eksperimental qurilmaning tavsifi. Ushbu ishda issiqlik nurlanishi bilan o`tkaziladigan tajribalarda o`lchamlari 5x9 mm 2 bo`lgan to`g`riburchak shaklidagi vol'fram tolali cho`g`lanma lampa qo`llanilada. Nurlanadigan sirt yuzasi S=210mm 2 . Lampaga avto transformatordan o`zgaruvchan kuchlanish b'eriladi. Zanjirdagi tok reostat yordamida o`zgartiriladi. Vol'fram tolani qizdirish uchun zarur bo`lgan elektr quvvati vol'tmetr va ampermetr yordamida aniqlanadi Cho`g`lanma lampa tolasining temperaturasi optik pirometr yordamida o`lchanadi. Optik pirometr fokusida yoysimon tolali etalon cho`g`lanma lampa L joylashgan ko`rish trubasidan tashqil topgan (2 - Rasm). Ko`rish trubasi nurlanish manbaiga to`g`rilanadi. (Ushbu ishda nurlanish manbai bo`lib lampaning to`g`ri- burchakli vol'fram tolasi xizmat qiladi). Pirometrning ob`ektivi OB ni siljitib, tekshirilayotgan vol'fram tolaning (spiralning) etalon lampa L tolasi tekisligida yotuvchi tasvirini hosil qilish mumkin. Etalon lampa tolasining va tekshirilayotgan vol'fram tolasining (spiral) aniq tasvirlarini olish uchun OK okulyar siljitiladi. Etalon lampa K kalit orqali B batareyaga ulanadi.Tolaning qizdirilishi pirometrning old qismida joylashgan r xalka vositasida R - reosta orqali ta`minlanadi. Rasm 2. Optik pirometr Tolaning temperaturasi sel'siy shkalasi bo`yicha darajalangan vol'tmetr yordamida o`lchanadi. Qizdirilgan jism temperaturasini o`lchashda pirometr etalon lampasiga berilayotgan tok bu lampa tolasi ravshanligi qizdirilayotgan jism ravshanligi bilan bir xilda bo`lgunga qadar o`zgartiriladi (etalon lampa tolasi yoyining yuqori qismi vol'fram spiral tasviri fonida ko`rinmay qolishi kerak). Pirometr shkalasidan jismning ravshanlik temperaturasi deb ataladigan T ya temperaturasi yozib olinadi. Qismning ravshanlik temperaturasi T ya bilan haqiqiy temperaturasi T orasida bog`lanish 3 - rasmda ko`rsatilgan bo`lib, bu bog`lanish yordamida T ya ning o`lchab olingan qiymatlariga qarab vol'framning T temperaturasi aniqlanadi. Rasm - 3. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling