Fizika kafedrasi ergasyev Sh.,Saidov Q. S
-ISH. FOTOEFFEKTNING QIZIL CHEGARASINI
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Оптика лаборатория
12-ISH. FOTOEFFEKTNING QIZIL CHEGARASINI
ANIQLASH. Ishning maqsadi: Fotoeffekt hodisasi va vakuumli fotoelementlar bilan tanishish; fotoeffektning qizil chegarasi va metalldan elektronlarning chiqish ishini aniqlash. K I RISH. Yorug`lik ta`sirida qattiq va suyuq jismlardan elektronlarning "uzib" chiqarilishi hodisasiga tashqi fotoeffekt deyiladi. Bunday hodisa natijasida zanjirda vujudga keladigan elektr toki fototok deb yuritiladi. Tajriba yo`li bilan tashqi fotoeffektning quyidagi uchta qonuni aniqlangan: I. Tuyinish fototeki yorug`lik intensivligiga to`g`ri proporsionaldir. 2. Tushayotgan yorug`likning chastotasi berilgan fotokatod moddasi uchun xarakterli bo`lgan minimal Ѵo qiymatdan katta yoki teng bo`lgandagina fotoeffekt hodisasi yuz beradi. Chastotaning bu minimal Ѵo qiymati yoki unga mos keladigan to`lqin uzunligining maksimal qiymati 0 =C/ Ѵo fotoeffektning "qizil chegarasi" deb yuritiladi. Fotoelektronlarning maksimal kinetik energiyasi yorug`lik chastotasiga to`g`ri proporsional bo`lib,uning intensivligiga mutlaqo bog`liq bo`lmaydi. Fotoeffektning ikkinchi va uchinchi qonunlarini yorug`likning elektromagnit to`lqin nazariyasi yordamida tushuntirish ga urinishlar bir-biriga zid bo`lgan xulosalarga olib keladi. Fotoeffekt qonunlarini tushuntirishda to`lqin nazariyasi oldida turgan bu ziddiyatlar I905 yilda Eynshteyn tomonidan yaratilgan yorug`likning kvant nazariyasi yordamida bartaraf qilindi. Plank g`oyalarini rivojlantirib, Enshteyn yorug`lik nafaqat nurlanishda va yutilishda,balki fazoda tarqalishda ham energiyaning alohida portsiyalari elektromagnit maydon kvantlari sifatida namoyon bo`ladi degan xulosaga keldi. Yorug`lik kvantlari fotonlar deb yuritiladi. Demak, nurlanish har birining eznergiyasi h Ѵ ga teng bo`lgan alohida-alohida zarrachalar fotonlardan iboratdir. Metallarda sodir bo`ladigan tashqi fotoeffekt hodisasi yorug`likning kvant nazariyasi yordamida quyidagicha tushuntiriladi. Ma`lumki, elektron metalldan chiqishi uchun metall-vakuum chegarasidagi potentsial to`siqni yengib o`tish kerak. Buning uchun elektron A chiqish ishini bajarishi lozim. Metallda elektron tomonidan yutilgan fotonning energiyasi h Ѵ to`laligicha shu elektronga beriladi. Agar h Ѵ>A bo`lsa elektron metaldan chiqa oladi. Elektron tomonidan yutilgan fotonning energiya si elektronning metalldan chiqish ishini bajarishiga va maksimal kinetik energiyaga ega bo`lishiga sarflanadi. Bu protsessning tenglamasi h Ѵ=A+ 2 2 max mv (1) tashqi fotoeffekt uchun Enshteyn tenglamasi deyiladi. Eynshteynning foton nazariyasi tashqi fotoeffektning barcha qonunlarini tushuntirib beradi. Xaqiqatan, (1) tenglamadan fotoelektronlarning maksimal kinetik energiyasi va demak, ularning boshlang`ich maksimal tezligi yorug`likning chastotasi Ѵ va chizqish ishi A ga bog`liq bo`lib, yorug`lik intensivligiga bog`liq emasligi kelib chiqadi. Bu fotoeffektning uchinchi qonunini tasdiqlaydi.Enshteyn tenglamasidan yana shu ko`rinadiki, tashqi fotoeffekt xodisas i faqat h Ѵ > A shart bajarilgandagina o`rinli bo`ladi.' Fotoeffekt qizil chegarasini,ya`ni fotoeffekt boshlanadigan eng kichik chastotani Ѵ 0 bilan belgilab quyidagini yozamiz: h Ѵ 0 = yoki Ѵ 0 = (2) Demak, fotoeffektning qizil chegarasi faqat elektronning chiqish ishiga.ya'ni metallning ximiyaviy tabiati va metall sirtining xolatigagina bog`liq bo`ladi. Bu esa fotoeffektning ikkinchi qonunini tasdiqlaydi. Nixoyat, metall sirtidan birlik vaqt ichida chiqayotgan va fototok kattaligini harakterlaydigan fotoelektronlarning umumiy soni- n shu vaqt ichida metall sirtiga tushayotgan fotonlar soni n` ga proporsional (n~n` ) bo`lishi kerak. Fotonlar soni n` bilan esa o`z navbatida yorug`lik intensivligi aniqlanadi . Shunday qilib, fotoeffektning birinchi qonuni isbotlanadi, ya`ni har sekundda metall sirtidan “uchib” chiqayotgan fotoelektronlarning soni yorug`lik intensivligiga proporsionaldir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling