Fizika kafedrasi ergasyev Sh.,Saidov Q. S


Eksperimental qurilmaning tavsifi


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/37
Sana17.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1527703
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
Bog'liq
Оптика лаборатория

Eksperimental qurilmaning tavsifi. 
Kerakli asboblar: CSV- 3 markali fotoelement, I mk A ga mo`ljallangan 
mikroampermetr, 30 V ga mo`ljallangan to`grilagich vipryamitel), cho`g`lanma 
lampa, UM- 2 monoxromatori, reostat. 
Bu ishda surma seziyli katodga ega bo`lgan vakuumli fotoelementdan 
foydalaniladi. Fotoelement havosi surib olingan sferik shisha ballondan iborat 
bo`lib, uning markazida anod joylashgan. Shisha ballon ichki, sirtining yarmi 
yupqa qatlamli surma, uning ustidan esa yupqa qatlamdagi seziy bilan qoplangan
bo`ladi. Surma va seziy birikmasi CS
3
SB fotoelement fotokatodi vazifasini 
bajaradi va bu katod uchun fotoeffektning qizil chegarasi spektrning ko`zga 
ko`rinadigan sohasida yotadi.
Fotoelement quyidagicha ishlaydi. Fotokatodga tekshirilayotgan yorug`lik 
oqimi yuboriladi. Fotokatodning yoritilayotgan sirtidan yorug`lik ta`sirida "uchib" 
chiqayotgan elektronlar fotoelementga tashqi e.yu.k. manbaidan berilayotgan 
elektr maydoni vositasida tezlanish olib, anodga yetib boradi. Fotoelementni turli 
xil sochilgan yorug`liklardan ximoya qilish uchun u tekshirilayotgan yorug`lik 
oqimi tushadigan, teshigi bor g`ilofga joylashtiriladi. Fotoelementga tushayotgan 
yorug`likning 
to`lqin 
uzunligini 
o`zgartirish 
maqadida 
UM-2 
markali 
monoxromator xizmat qiladi. 1-rasmda tajriba qurilmasining sxemasi keltirilgan 
bo`lib, u o`z ichiga monoxramatorning optik sxemasi va fotoelement elektr 
zanjirini oladi. Cho`g`lanma lampadan tarqalayotgan oq, yorug`lik kondensor 
orqali monoxromatorning kirish tirqishiga tushadi. Monoxromator prizmasi oq 
yorug`likni, spektrga ajratadi. Natijada, "monoxromatorning chiqish tirqishidan 
spektrning tor intervalida yotuvchi yorug`lik chiqadi. Pribor markazida joylashgan 
stolchaga o`rnatilgan prizmani burash yo`li bilan monoxromatorning chiqish 
tirqishiga 
spektrning 
kerakli 
soxasi 
yo`naltiriladi. 
Shunday 
qilib, 
monoxromatorning chiqish tirqishidan keyin joylashtirilgan fotoelement 
monoxromatik yorug`likka yaqin bo`lgan yorug`lik bilan yoritiladi. 


Rasm 1. UM-2 markali monoxromator 
Monoxromatorning kirish tirqishini yorituvchi oddiy cho`g`lanma 
lampaning (220 VICO Vt ) yassi yoysimon spirali vertikal holda maxsus g`ilofga 
maxkamlanadi. 
Asbobning yorug`likni spektrga ajratuvchi prizmasi joylashtirilgan 
stolchasini aylantiruvchi baraban graduslarda kalibrlangan bo`lib, gradus 
bo`linmalaridan to`lqin uzunlikka maxsus grafik orqali o`tiladi. 
Fotoelementga R reostat yordamida 20 V atrofida kuchlanish beriladi, bu 
holda u tuyinish fototoki rejimida ishlaydi. Fototok kattaligi mikroampermetr 
yordamida o`lchaniladi. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling