Fizika kafedrasi ergasyev Sh.,Saidov Q. S
Eksperimental qurilma tavsifi
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Оптика лаборатория
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`lchashlar va natijalar ustida ishlash.
Eksperimental qurilma tavsifi. Ke rakli asboblar: Shisha prizma, goniometr, simob lampas i. Prizmaning sindiruvchi, burchagi va eng kichik og`ish burchagi δ min lari o`lchash uchun sxemasi 2 - rasmda ko`rsatilgan goniometrdan foydalaniladi. Goniometr ko`rish trubasi - T, kollimator - K, stolcha- C, limb - E va nonius - N lardan tashqil, topgan. Kollimator yorug`likning parallel nurlari dastasini hosil qilish uchun xizmat qiladi. U ob`ektivli tashqi tubusdan va ob`ektiv fokal tekisligida joylashgan kirish tirqishi - Щ ga ega bo`lgan ichki tubusdan iborat. Tirqish kengligini B - vint orqali o`zgartirish mumkin. Kollimatordan chiquvchi parallel nurlar dastasi ko`rish trubasi ob`ektivining fokal tekisligida to`planib,tirqish tasvirini hosil qiladi va bu tasvir okulyar orqali kuzatiladi. Agar kollimator va ko`rish trubasi orasiga (stolchaga) prizma qo`yilsa,tirqish tasvirini kuzatish uchun ko`rish trubasini boshlang`ich xolatiga nisbatan ma`lum burchakka burish kerak bo`ladi. Bu burchak limb shkalasidan nonius yordamida o`lchaniladi, Eksperimental qurilmada yorug`lik manbai sifatida PRK - 4 tipidagi simob lampasi ishlatiladi. Bu lampa- nurlanishi- qisman ko`zga ko`rinadigan sohada yotadi va chiziqli spektrga ega bo`ladi.Bu esa bir qancha aniq chastotali nurlanishlar bilan ishlashga imkon beradi.Bu chastotalarning qiymatini simob nurla- nishining vakuumdagi to`lqin uzunliklarini (2 - jadvalga qarang) va yorug`likning vakuumdagi 'tezgigini bilgan holda aniqlash mumkin ( Ѵ= c/ 0 ). O`lchashlar va natijalar ustida ishlash. I. Prizmaning sindirish burchagini aniqlash. Prizmaning sindirish burchagi ni aniqlash uchun prizma goniometr stolchasiga izlanayotgan burchak bissektrissasi kollimator o`qi bilan bir to`g`ri chiziqda yotadiygan qilib joylashtiriladi (3-rasm). 3- rasmdan ko`rinadiki, prizmaning ikki sindiruvchi qirralaridan qaytgan nurlar β burchakni tashqil qiladi.U holda geometrik muloxazalardan osongina β=2 ekanligini ko`rsatish mumkin. β burchak ko`rish trubasining ikki holatini, ya`ni tirqish tasviri BA yo`nalishda va CD yo`nalishda kuzatiladiganp holatlarini xarakterlaydigan α1 va α2 lar ayirmasiga tengdir: β= α1- α2 α 1 va α 2 lar nonius yordamida limb shkalasida o`lchaniladi. Bunday o`lchashlar 3-4 marta takrorlanadi va natijalari 1-jadvalga yoziladi. jadval - 1 α 1 α 2 1 2 3 Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling