Fizika kafedrasi ergasyev Sh.,Saidov Q. S
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Оптика лаборатория
Asbobning tavsifi.
Uchlama ko`rish maydoniga ega bo`lgan polyarimetrning optik sxemasi 1 - rasmda ko`rsatilgan. Yorug`lik S manbadan yorug`lik filtri Ф orqali polyarizator (polyaroid) Р ga yuboriladi. Uchlama ko`rish maydonini hosil qilish uchun polyaroiddan so`ng uning o`rta qismini vertikal yo`nalishda qoplovchi kvars plastinka K joylashtirilgan. Rasm 1. Polyarimetrning optik sxemasi Bu plastinka yorug`likning tebranish tekisligini aniq bir burchakka buradi. Analizator sifatida polyaroid A ishlatiladi.Ko`rish trubasi Tр orqali 3 qismdan iborat bo`lgan maydon kuzatiladi. Agar polyarizator va analizatorning bosh tekisliklari bir-biriga perpendikulyar bo`lsa maydonning kvars plastin- ka bilan qoplanmagan chetki qismlari qora bo`ladi. Maydonning o`rta qismi esa ravshan bo`ladi,chunki kvarsdan o`tish natijasida yorug`likning tebranishlar tekisligi aniq bir k burchakka burilib,analizatordan qisman o`tadi (2-rasm). P A A PP-polyarizatorning bosh tekisligi. AA - analizatorning bosh tekisligi. KK - kvarsdan o`tgan yorug`likning tebranishlar tekisligi. 2 a - Rasm: maydonning chetki qismlarida AA PP- yorug`lik o`tmaydi; 2b - Rasm: maydonning o`rta qismida KK tekislik AA ga perpendikulyar emas, yorug`lik qisman utadi, 2v - Rasm: butun maydonning ko`rinishi. Agar analizator burilib,uning bosh tekisligi k burchakning bissektrisasiga perpendikulyar qilinsa,analizatordan ikkita chetki va o`rta qismlardan keluvchi dastalarning teng qismlari o`tadi.(3a-rasm), Natijada butun ko`rish maydoni bir xil xiralikda bo`ladi (3b-rasm). Analizatorning bu vaziyati (nol vaziyati) nonius yordamida 0, 05° aniqlik bilan yozib olinadi (analizator b'urilganda noniuslar gradusli shkala bo`yicha siljib boradi). Rasm 3. Polyarimetr o’qlari. Bundan keyin polyarizator va analizator orasiga qand eritmasi bilan to`ldirilgan trubka joylashtirilsa, yorug`likning tebranishlar tekisligi buriladi va xiralik muvovanati cho`ziladi. Analizatorni burish bilan qaytadan teng xiraliknin hosil qilish mumkin. Bu yangi vaziyat bilan nol vaziyatnin G nonius va shkaladan olingan qiymatlari ayirmasi tebranishlar tekisligining burilish burchagi ni beradi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling