Fizika kafedrasi ergasyev Sh.,Saidov Q. S
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Оптика лаборатория
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikroskopning
6-ISH. MIKROSKOP KATTALASHTIRISHNI ANIQLASH VA MUHIT SINDIRISH O`RSATKICHINI O`LCHASH. Ishning maqsadi: Mikroskopning to`zilishi,optik sxemasi bilan tanishish va uning kattalashtirishini aniqlash; mikroskop yordamida moddalarning sindirish ko`rsatkichini o`lchash. Mikroskopning chiziqli kattalashtirishi tasvir chiziqli o`lchami y II ning (1- rasm) buyum chiziqli o`lchami y ga nisbati bilan o`lchanadi. - Г= (1) 1- rasmga asoslangan holda (1) ifodani yana quyidagicha yozish mumkin: Г= (2) Bu yerda =Г oб mikroskop obektining kattalashtirishi, esa okulyarning kattalashtirilishidir. Demak mikroskopning kattalashtirishi uning ob`ektivi va okulyarlarining kattalashtirishlari ko`paytmasidan iborat ekan: Г=Г об ∙Г ок (3) Boshqa tomondan mikroskopning kattalashtirishi (3) ni uning obektivi va okulyari fokus oraliqlari orqali yana quyidagicha ifodalash mumkin: Г= (4) bu yerda mikroskop tobusining optik uzunligi, - inson ko`zining eng yaxshi ko`rish masofasi - ob`ektiv va okulyar fokus oraliqlari. Mikroskoplar yordamida moddalarning juda ko`p xossalarini o`rganish mumkin. Jumladan, xatto eng sodda mikroskoplar yordamida ham muxitlarning sindirish ko`rsatkichlarini aniqlash mumkin. Ma'lumki, son qiymati jihatidan muhitning sindirish ko`rsatkichlari XVII asr boshlarida ta`riflangan yorug`lik nurlarining ikki muxit chegarasida sinishi qonunidan aniqlanadi: (5) bunda n 21 - doimiy kattalik bo`lib, ikkinchi muhitning birinchi muxhitga nisbatan singdirish ko`rsatkichi deyiladi.Yorug`lik nurlarining tushish va sinish burchaklari I va r larni o`lchash murakkab bo`lganligidan bevosita (5) ifoda yordamida sindirish ko`rsatkichini katta aniqlik bilan topishning imkoni bo`lmaydi. SHu sababli amalda muxitning sindirish ko`rsatkichini aniqlash uchun boshqa metodlardan foydalaniladi. Ushbu ishda sindirish ko`rsatkichi mikroskop yordamida kuzatilayotgan yassi-parallel plastinkaning go`yo kamayayotgan qalinligini aniqlash metodi bilan topiladi. Ikkita yassi sirt bilan chegaralangan shaffof muxit qatlamini qaraylik (2- rasm). Qatlam qalinligi d bo`lsin.Agar shu qatlam yuqoridan mikroskop orqali kuzatilsa, uning ostki sirti NN go`yo ko`tarilgandek bo`lib, N 1 N 1 xolatda ko`rinadi. Shunday ekanligini NN sirt har bir nuqtasining tasvirini yasash yo`li bilan ko`rsatish mumkin. Qatlamning NN sirtidan olingan A nuqtadan chiqib kuzatuvchi ko`ziga tushadigan ikkita nurini qaraymiz. Soddalik uchun bu nurlardan biri sifatida sirtga normal bo`yicha yo`nalgan va sinmaydigan nur ABK ni tanlab olamiz. Ikkinchi nur sifatida esa birinchi nur bilan uncha katta bo`lmagan burchak tashqil qiluvchi ACL no`rni tanlab olishimiz kerak, chunki burchak katta bo`lsa, nurlar kuzatuvchi ko`ziga yoqi mikroskop ob`ektiviga tushmay qoladi. 2- rasmda L va r burchaklar mos ravishda ACL no`rning C nuqtadagi tushish va sinish burchaklari hisoblanadi. AV nur va ssingan CL no`rning davomi kesishgach A 1 nuqta A nuqtaning mavhum tasviri bo`ladi. A 1 nuqtaga o`xshagan barcha nuqtalar to`plami NN tekislikning N 1 N 1 mavhum tasvirni hosil qiladi.Rasmdan ko`rinadiki, qatlamning (plastinkaning) haqiqiy qalinligi d=AV go`yo kichik bo`lib (d=AB ) ko`rinadi (d< d. ). Plastinkaning sindirish ko`rsatkichi P va d , hamda d qalinliklari orasidagi bog`lanishni aniqlaymiz. Chizmadagi ABC va A 1 BC lar to`g`ri burchakli uchburchaklar bo`lib, bitta umumiy BC katetga ega bo`lganligidan quyidagilarni yozish mumkin: BC=A1B tgr=d1 tgr (6) Boshqa tomondan BC=AB tgi=d tgi (7) (6) va (7) ni solishtiramiz, d 1 tg r=dtgi (8) ni hosil qilamiz. Biroq burchaklar kichik bo`lganligidan tgi , tgr sinr deb yoza olamiz. U holda (8) (9) ko’rinish oladi. Sinish qonuniga asosan C nuqta sinuvchi LCA nur uchun quyidagi ifodani yoza olamiz: (10) Bu yerda n- plastinkaning havoga nisbatan sindirish ko’rsatkichi/ (9) va (10) formulalarni solishtirib, plastinka sindirish ko’rsatkichi uchun quyidagi ifodani olamiz: n= (11) Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling