Fizika kafedrasi ergasyev Sh.,Saidov Q. S
Tajriba qurilmasining tavsifi
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Оптика лаборатория
Tajriba qurilmasining tavsifi. Tajriba qurilmasi optik taglikda yig`ilgan.Yorug`lik manbai vazifasini maxsus g`ilofli cho`g`lanma lampa,buyum vazifasini esa to`r chizilgan shisha plastinka yoqi plyonia bajaradi. Optik taglik bo`yicha sirpanuvchi tirgaklarga buyum,tekshiriluvchi linza va ekran o`rnatiladi.Kerakli masofalar santimetrli shkala yordamila o`lchan ad i. O`lchashlar va natijalar ust ida ishlash. Mashq - I. Yig`uvchi linzaning bosh fokus oralig`ini aniqlash. I-usul. Fokus oralig`ini linza bilan buyum va linza bilan tasvir orasidagi masofalarga qarab aniqlash. Ekranni buyumdan o`zoqroq masofada o`rganib, ular orasiga linza qo`yiladi va ekranda to`rning tasviri aniq ko`ringunga qalar linza u yoq- bu yoqqa suriladi. Linzadan tasvirgacha va buyumgacha bo`lgan masofalar o`lchanadi. Ekranni ozgina siljitib yana aniq tasvir ko`ringuncha linza suriladi va masofalar qaytadan o`lchanadi. Bunday o`lchashlar bir necha marta takrorlanadi. O`lchashlarning bir qismini.buyumning kattalashgan tasvirini hosil qilib, ikkinchi qismini esa kichiklashgan tasvirni hosil qilib bajarish foydalidir. Har bir o`lchashda aniqlangan d va f masofalarning qiymatlarini (2) formulaga qo`yib linzaning bosh fokus masofasi F ning qiymati topiladi. Turli o`lchashlardan topilgan F ning o`rtacha qiymatini olib absolyut va nisbiy xatoliklarni topish kerak. Hamma o`lchangan va hisoblangan natijalar jadvalga yoziladi. № d f F F` ΔF ΔF (ΔF/F) ∙100% II - usul. Fokus oralig`ini buyum bilan uning tasviri kattaligiga va linza bilan tasvir orasidagi masofaga qarab aniqlash. Buyum kattaligini h va tasvir kattaligini H bilan belgilaylik. Bu kattaliklar bilan linzadan buyumgacha va tasvirgacha bo`lgan masofalar orasida quyidagicha bog`lanish mavjud: yoki -d=f∙ (3) Bu ifodani (2) formulaga qo`yib linzaning bosh fokus oralig`ini topamiz: Linza yordamida ekranda to`rning aniq tasviri hosil qilinadi. Lineyka bilan to`rning va uning ekrandagi tasvirining kattaliklari h va H o`lchanadi. Tasvir bilan linza orasidagi masofani o`lchab (3) formuladan linzaning fokus oralig`i topiladi. Ekran holatini o`zgartirib bu tajriba bir necha marta takrorlanadi va F ning o`rtacha qiymati olinadi. O`lchangan va hisoblangan qiymatlar jadvalga yoziladi. №= h H f F ΔF III-usul. Linzani siljitish yo`li bilan uning fokus oralig`ini aniqlash (Bessel usuli). Agar buyum bilan Ekran orasidagi masofa L linzaning to`rtlangan fokus oralig`i 4F dan katta bo`lsa, linzaning ikki xil hodatida buyumning aniq tasviri hosil bo`ladi, ammo (I) holatda tasvir kattalashgan bo`lsa, (II ) holatda kichraygan bo`ladi. Linzaning bu ikki xil xolati L masofaning o`rtasiga nisbatan simmetrik ravishda bo`ladi. Linzaning ikki xolati orasidagi masofani bilan belgilab, L masofani buyumdan linzaning (I) holatigacha bo`lgan d masofa orqali quyidagicha ifodalash mumkin: Bundan ; Linza bilan tasvir orasidagi masofa f= ga teng. – d va f ning ifodalarini (2) formulaga qo`yib quyidagini topamiz: F= Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling