Fizika kafedrasi ergasyev Sh.,Saidov Q. S


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/37
Sana17.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1527703
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Оптика лаборатория

O` l ch a sh l a r . 
Optik taglikda bir-xil balandlikda yoritgich, vertical tirqish, yorug`lik filtri, 
biprizma va okulyarli mikrometr o`rnatiladi. 
Biprizma tirqishdan 30-70 sm masofada sindiruvchi qirrasi vertikal 
vaziyatda o`rnatiladi. Balandlik bo`yicha sistemani markazlashtirish uchun tirqish 
keng ochiladi va yorug`lik dog`ining vaziyati okulyarli mikrometr oldiga qo`yilgan 
oq qog`oz yordamida kuzatiladi. Yoritgich va okulyarli mikrometrini yuqori -
pastga va chap - o`ng tomonga siljitish bilan yorug`lik dog`ining markazi 
okulyarlar shkalasining markaziga keltiriladi. 
Tirqish toraytiriladi va tirqish bilan biprizma optik o`q atrofida ozgina 
buralib, tirqish va biprizmaning qirrasi bir- biriga parallel qilib o`rnatiladi. Bu 
holda okulyar orqali kuzatiluvchi interferension manzara juda aniq bo`ladi. 
Okulyarli mikrometrning shkalasi yordomida qo`shni qora po losalarning 
markazlari orasidagi Δx masofa (interferension polosaning kengligi) aniqlanadi.
o`lchashlar aniqroq bo`lishi uchun bir-biridan o`zoqroq to`ruvchi qora orasidagi 
masofani o`lchab, bu masofani shu polosalar orasidagi yorug` polosalar soniga 
bo`lish kerak. O`lchashlar bir necha marta o`tkazilib natijalar yoziladi. 
So`ngra mavhum S
1
va S
2
kogerent manbalar orasidagi 
𝙙 masofa 
aniqlanadi.Bu maqsadda optik taglikka biprizma bilan okulyarli mikrometr orasiga 
fokus oralig`i tax minan 15 - 25 sm bo`lgan yig`uvchi linza o`rnatiladi. Bu linza S
1
 
va S
2
mavhum manbalarning haqiqiy tasvirlarini hosil qiladi. 
Linzani siljitib,tirqishning ikkala tasviri okulyarli mikrometrda aniq 
ko`rinadigan vaziyatga keltiriladi.Okulyar mikrometrning shkalasidan tirqishning 
tasvirlari orasidag
𝙙1 masofa o`lchanadi. 𝙙 masofani aniqlash uchun linzaning 
kattalashtirishi formulasidan foydalaniladi : 
(2 ) 


Rasmda 0-M. - okulyarli mikrometr 
α - tirqishdan linzagacha bo`lgan masofa. 
β - linzadan O. M. gacha bo`lgan masofa. 
α va β- masofalar lineyka bilan o`lchanadi. 
(2) - formuladan
𝙙 ni hisoblab, 𝙙 , Δ𝗑 va l= α+β ning qiymatlarini (I) - 
formulaga qo`yib, yorug`likning to`lqin uzunligi
𝛌- hisoblanadi. 
Biprizmani 5-10 sm siljiitib hamma o`lchashlar takrorlanadi va
𝛌 ning o`rtacha 
qiymati hisoblanadi

NAZORAT SAVOLLAR . 
1. Interferensiya hodisasini ta`riflang va tushuntiring. 
2. Optik yo`llar farqi nima? Maksimum va minimum shartlarini 
tushuntiring.. 
3. Kogerent manbalar hosil qilish usullarini tushuntiring. 
4. Interferension polosa kengligini ifodalovchi formulani keltirib chiqaring. 
Adabiyotlar / I,2,3,6,10, I4/. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling