Fizika matematika fakulteti fizika kafedrasi fizika o’qitish metodikasi fanidan Kurs ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma


Download 310 Kb.
bet2/10
Sana24.01.2023
Hajmi310 Kb.
#1114940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHI USLUBIY KORSATMA (FO\'M)

MUNDARIJA



KIRISH............................................................................................................

4

1. Mavzuni tanlash..........................................................................................

5

2. Adabiyotlar bilan tanishish.........................................................................

5

3. Kurs ishini yozish tartibi............................................................................

6

4. Kurs ishini rasmiylashtirishning umumiy talablari.................................…

9

5. Kurs ishini himoya qilish...........................................................................

11

Ilovalar............................................................................................................

13



KIRISH
5140200 –Fizika bakalavriat ta’lim yonalishining malaka talablarida “Fizika o’qitish metodikasi” ixtisoslik fani bo’yicha mazkur yo’nalish talabalari kurs ishini tayyorlashi va himoya etishlari lozimligi ko’zda tutilgan. Oliy ta’lim muassasalarda "Fizika" ta’lim yo’nalishi bo’yicha kurs ishini yozish bitiruv malakaviy ish bajarishdan oldingi muhim bir tayyorlanish bosqichlaridan biridir.
"Fizika" baklavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha tahsil oluvchi talabalar kurs ishini yozishdan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:
• talabalarni o’rganish uchun huquqiy-me’yoriy hujjatlar, ilmiy va o’quv adabiyotlarini izlab topish, o’rganib chiqish hamda ularni jamlab xulosa qilish;
• mustaqil ta’lim olish faoliyatini faollashtirish;
• amaliy materiallarni metodik tahlil qilish va ilmiy xulosa berish borasidagi malakasini oshirish;
• faktlar asosida to’g’ri xulosa chiqarishni o’rganish;
• dolzarb mavzuga taaluqli bo’lgan yangiliklar, adabiyotlar va manbalardan foydalanish;
• bitiruv malakaviy ishlarini yozishga tayyorlash.
Kurs ishini yozish va himoya qilish jarayoni quyidagi bosqichlardan iboratdir:



  • mavzu tanlash;

  • foydalanish uchun zarur bo’lgan adabiyotlarni izlab topish va ularni ro’yxatini qilish;

  • kerakli hujjatlar asosida ma’lumotlarni tayyorlash va yig’ish;

  • kurs ishi rejasini tuzish;

  • rejaga mos bo’lgan savollarni batafsil o’rganish ma’lumotlarni tahlil qilish;

  • o’rganish va tahlil natijasida olgan bilim va ko’nikmalarini batafsil, mantiqiy to’g’ri bayon qilish;

  • kurs ishida keltirilgan ma’lumotlarni keng va tushunarli tahlil qilish;

  • ilmiy rahbar tomonidan ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va takliflarni e’tiborga olish;

  • kurs ishini to’g’ri rasmiylashtirish;

  • kurs ishini himoya qilish.


Download 310 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling