Fizika matematika fakulteti fizika kafedrasi fizika o’qitish metodikasi fanidan Kurs ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma


Download 310 Kb.
bet3/10
Sana24.01.2023
Hajmi310 Kb.
#1114940
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHI USLUBIY KORSATMA (FO\'M)

MAVZUNI TANLASH

Kurs ishini yozishda asosiy masalalardan biri bu, talabalar tomonidan kurs ishi mavzusini to’g’ri tanlash hisoblanadi. “Fizika o’qtish metodikasi” fani bo’yicha kurs ishi mavzusi talabalar tomonidan mavzular ro’yxatidan tanlanadi (1-ilovaga qarang).


Talabalar tanlagan mavzular bir xil bo’lib qolmasligi lozim. Ular uchun mavzu tanlash imkoniyati keng bo’lishi uchun, tayyorlangan mavzular ro’yxati kurs ishi yozishi ko’zda tutilgan talabalar soniga nisbatan ikki barobar ko’p bo’lishi tavsiya etiladi.
Kurs ishi mavzular ro’yxati har yili kafedra tomonidan yangi va dolzarb muammolarni yoritishga asos bo’ladigan mavzular bilan yangilanib turishi va o’quv yilining 1 oktyabrga qadar talabalarga tanishish uchun berilishi kerak.
Dolzarb mavzuni tanlashda o’qituvchilar bilan maslahatlashishi mumkin. Talaba kurs ishi mavzular ro’yxatidan mavzu tanlayotganida o’zi xohlagan mavzuni tanlash huquqiga ega. Mavzu tanlangandan so’ng, albatta ilmiy rahbar bilan maslahatlashib olish kerak. Har bir talaba bitta mavzu tanlash huquqiga ega.


ADABIYOTLAR BILAN TANISHISH

Kurs ishini bajarishda talaba darslik, o’quv qo’llanma, ilmiy-amaliy jurnallar, ommaviy ro’znomalar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar va internet saytlari bilan tanishish tavsiya qilinadi. Ular bilan tanishish uchun avvalambor Prezidentimizning shu mavzuga oid asarlarini, O’zbekiston Respublikasi qonunlarini, Hukumat qarorlarini va boshqa me’yoriy hujjatlarini alohida o’rganib chiqish maqsadga muvofiqdir. Ushbu ma’lumotlarni "Norma" va "lex.uz" kabi maxsus saytlardan foydalangan holda tanishish mumkin.


Shuningdek, boshqa ko’pgina ilmiy, nazariy va amaliy adabiyotlar bilan Farg’ona davlat universiteti, Farg’ona viloyat kutubxonasi va boshqa kutubxonalarda hamda internet saytlarida tanishish mumkin.
Talaba tanlagan mavzuga mos adabiyotlar bilan tanishib bo’lgandan so’ng, o’rganishni boshlash kerak va ushbu mavzudagi adabiyotlarni yig’ib bo’lib, ulardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Kurs ishini yozishda adabiyotlardan foydalanish ikki bosqichga bo’linadi. Birinchisi - kurs ishi mavzusi tanlashda va rejasini tuzishda adabiyotlarni foydalanish bo’lsa, ikkinchisi-kurs ishini yozish davomida adabiyotlardan foydalanishdir. Umuman olganda, adabiyotlardan foydalanishning ikkala bosqichda ham bir-biri bilan o’zaro bog’lanib ketadi. Chunki, mavzuni tanlashda va rejani tuzishda foydalanilgan adabiyotlardan kurs ishini yozishda ham foydalaniladi.
Kurs ishi mavzusini tanlashda va rejasini tuzishda adabiyotlardan foydalanish juda katta ahamiyat kasb etadi. Ushbu tanlangan mavzuni qanchalik dolzarbligi, muammoligini talaba albatta kerakli kitob, jurnal, inernet saytlari va boshqa manbalar orqali bilishi kerak bo’ladi. Shuningdek, ushbu mavzu bo’yicha reja tuzishda, uning ahamiyatliligi, huquqiy asoslari yetarliligi, dolzarbligi, muammoligi va ularni bartaraf etish mumkinligini ilmiy, nazariy va amaliy adabiyotlardan foydalangan holda o’rganib chiqadi.
Kurs ishini yozishda esa ushbu mavzuga oid mavjud adabiyotlarni chuqurroq o’rganishga va ularni tahlil qilish hamda ulardagi mavzuga oid fikrlarni solishtirish jarayonida, ma’lum fikrlarni qo’llashni va ba’zilarini inkor qilishni hamda mavzuga oid muammolarni bartaraf etishda qaysi adabiyotda keltirilgan fikrlar maqsadga muvofiq ekanligini aniq ta’kidlab o’tish kerak bo’ladi. Adabiyotlarda keltirilgan fikrlarni kurs ishida aniq va ravon keltirish kerak bo’ladi. Shuningdek, talaba kurs ishida materiallarni tahlil qilishda e’lon qilingan statistik ma’lumotlardan keng foydalanish lozim. Talaba O’zbekiston Respublikasi bo’yicha ma’lumotlarni statistik to’plam va internetning tegishli saytlaridan olib foydalanishi mumkin. Kurs ishi materiallarini keng tahlil qilishda va kurs ishini mahzmunli bo’lishida statistik ma’lumotlar katta ahamiyatga egadir. “Fizika o’qitish metodikasi” fanidan foydalanish mumkin bo’lgan adabiyotlar ro’yxatini 2-ilovada ko’rishingiz mumkin.



Download 310 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling