Fizikadan laboratoriya ishlari va namoyish tajribalari uzviyligini o’rganish”
Download 172 Kb.
|
Низомиддинова Gulnoza kurs ishi fao\'m.
O’quv tajribalari sistemasi.
Fizik tushunchalar va nazariyalarni muvaffaqiyatli shakllantirish shartlaridan biri ratsional tanlangan va yaxshilab qo’yilgan o’quv eksperimenti sistemasidir. Bu sistemani umumiy ko’rinishda tavsiflab berishga harakat qilamiz. Avvalo, o’quv fizik tajribalari sistemasiga hozirgi zamon fizikasining eksperimental asosini tashkil etuvchi fundamental tajribalarini kiritish lozim. Ko’p hollarda bu tajribalarni qo’yish noyob eksperimental mahoratni talab qiladi va u yetarlicha murakkab asbob uskunalardan foydalanish bilan bog’liq bo’ladi. Fizika o’qitishda o’rganilayotgan hodisani xarakterlovchi miqdoriy qonuniyatlarni aniqlashga imkon beradigan tajribalar eng qimmatli tajribalar bo’lib xizmat qiladi. Chunki namoyish tajribalari davomida miqdoriy munosabatlarni aniqlash hamma vaqt ham mumkin bo’lavermaydi, shu sababli fundamental tajribalarning bir qismini mahsus laboratoriya praktikumiga ko’chirish kerak bo’ladi. O’quvchilar zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan tanishadigan fundamental tajribalar ham shu praktikumga kiritilishi kerak. Laboratoriyada namoyish qilinayotganda va mustaqil ishlanayotganda fundamental fizik eksperimentlarni o’rganish, shunday eksperimentlarning bir qismini kinofilm bo’yicha tanishtirish fizikani o’rganish uchun zarur eksperimental baza yaratadi. Shu tajribalarga tayanib, hozirgi zamon fizika kursini aniq va hech qanday ziddiyatsiz bayon etish mumkin. Bu tajribalarning qo’yilishi va tushuntirilishi asta sekinlik bilan va nihoyatda aniq bajarilishi kerak. O’quvchilar bu tajribalarning hozirgi zamon fizikasidagi o’rnini yaqqol tasavvur qila olishlari kerak. Biroq o’quv materiallarining o’quvchilar tomonidan qabul qilinishi xususiyati va fizika kursi oldida turgan pedagogik masalalar o’quv fizika eksperimentini hozirgi zamon fizikasini tushuntirish uchun aslida yetarli bo’lgan faqat fundamental tajribalarni o’rganish bilan cheklanishga imkon bermaydi. Pedagogik nuqtai nazardan qaraganda o’qitishda kata ahamiyatga ega bo’lgan quyidagi tajribalar to’plamini ham qo’yish zarur. Download 172 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling