Fizikadan laboratoriya ishlari va namoyish tajribalari uzviyligini o’rganish”


Download 172 Kb.
bet5/12
Sana23.12.2022
Hajmi172 Kb.
#1045740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Низомиддинова Gulnoza kurs ishi fao\'m.

Tushunchaning qat’iy ta’rifi. Umumiy fizika kursida o’rganiladigan barcha fizik kattaliklar aniq va bir qiymatli ta’riflangan bo’lishi kerak. Fizik kattaliklarning ta’riflarida ularning xarakterini (skalar yoki vector) ko’rsatish, bu kattalik nimani anglatishini va u qanday o’lchanishini qisqacha ta’riflab o’tish zarur bo’ladi.
O’quvchilar fizik kattaliklarga ta’rif berish – bu kattalikning avval o’rganilgan boshqa kattaliklar bilan o’zaro munosabatini belgilash va uni miqdoriy aniqlash imkoniyatlarinin ko’rsatishdan iborat ekanini tushunib olishlari lozim.
Hodisalarni ilgari kiritilgan tushunchalar yordamida miqdoriy jihatdan o’rganish. Hozirgi zamon fanining va ayniqsa fizika fanining xarakterli xususiyati shundan iboratki, hodisalarni o’rganishda uning miqdoriy jihatlarini bilish albatta shu hodisani xarakterlovchi miqdoriy munosabatlarni aniqlash bilan birga olib boriladi.
Shuning uchun fizik tushunchalar va nazariyalarni shakllantirishda fizik kattaliklar orasidagi miqdoriy bog’lanishlarni matematik tenglama, funksiya va shu kabilar shaklida belgilashga imkon beradigan tajribalar alohida ahamiyatga egadir. Bunda topilgan bog’lanish (munosabat) tajriba bilan nazariyani, fizika bilan matematikani bog’lovchi muhim bo’g’im bo’lib qoladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, tajriba o’tkazilayotganda, odatda, aniq formula topilmaydi, balki faqat kattaliklar orasidagi bog’lanish xarakteri aniqlanadi. Shu sababli o’quv jarayonida u yoki bu kattalikni belgilangan birliklarda o’lchash shart emas, ularni shartli birliklarda o’lchash bilan cheklanish mumkin. Masalan, Kulon qonunini o’rganishda zaryadlarni kulon hisobida, o’zaro ta’sir kuchini nyuton hisobida o’lchab topish shart emas. Bunda faqat o’zaro ta’sirlashayotgan zaryadlardan birining miqdori n marta o’zgarganda o’zaro ta’sir kuchi ham n marta o’zgarishini ko’rsatish kifoya.
Fizik nazariya. Hodisani o’rganish ilgari o’rganilgan va o’quvhcilarga ma’lum bo’lgan nazariya nutai nazaridan turib tushuntirish bilan nihoyasiga yetkaziladi.agar hodisani o’rganish jarayonida olingan natijalarni mavjud nazariyalar yordamida tushuntirib bo’lmasa va unga zid kelsa u holda yangi nazariyani yaratishga zarurat tug’iladi.
Yangi nazariya bir yoki bir necha tajriba natijalarining oddiygina umumlashmasi emas. U olimning o’ylab topgan g’oyasi, tafakkur o’yini mahsuloti bo’lib hisoblanadi. Nazariyaning yaratilishiga o’zidan oldingi ko’p olimlarning ilmiy ijodi asos bo’ladi. Har qanday fiziik nazariya – turli tajribalar dalillarining ilmiy umumlashmasi natijasidir.
O’quv tajribalaridan foydalanib quyidagilarni amalga oshirish mumkin:

  1. O’rganilayotgan hodisani pedagogic o’zgartirilgan tarzda ko’rsatish va shu bilan uni o’rganish uchun kerakli eksperimental baza yaratish;

  2. Fanda aniqlangan qonunlar va qonuniyatlarning namoyon bo’lishini o’quvchilarggga tushunarli ko’rinishda tasvirlash va ular mazmunining o’quvchilarga tushunarli bo’lishiga erishish;

  3. O’quvchilarni fizik hodisalarni o’rganishning eksperimental metodi bilan tanishtirish;

  4. Texnikada o’rganilgan fizik hodisalarning qo’llanishini ko’rsatish;

  5. O’qitishning ko’rgazmaliligini oshirish va shu bilan o’rganilayotgan hodisaning o’quvchilar uchun tushunarli bo’lishiga erishish;

  6. O’rganilayotgan hodisaga o’quvchilarning qiziqishini oshirish.


    1. Download 172 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling