Fizikadan laboratoriya ishlari va namoyish tajribalari uzviyligini o’rganish”


Fizika o’qitishda namoyish tajribalarining ahamiyati


Download 172 Kb.
bet9/12
Sana23.12.2022
Hajmi172 Kb.
#1045740
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Низомиддинова Gulnoza kurs ishi fao\'m.

2.2 Fizika o’qitishda namoyish tajribalarining ahamiyati.
Namoyish tajribalarini auditoriyadagi barcha ta’limoluvchilar uchun o’qituvchi ko’rsatadi. Fizikani o’qitishda namoyish tajribalar o’z mazmuniga va vazifasiga ko’ra turli xil vazifalarni bajarishi mumkin. Ular nazariyaning boshlang’ich dalili rolini bajarishi, gipotezalarning oddiy modellarini ifodalashi, nazariy xulosalarni eksperimental tekshirish uchun xizmat qilishi yoki fizikaning xalq xo’jaligining turli sohalarida amalda qo’llanilishini namoyish etishi mumkin. Masalan, elektromagni induksiya hodisasining ochilishida Faradey tajribalari boshlang’ich dalil vazifasini bajaradi. Shuningdek bu tajribalarni tushuntirish jarayonida, Maksvell uyurmali elektr maydoni haqidagi gipotezani berdi.
Umuman fizikadan demonstratsiya deganda darsxonadagi barcha tinglovchilar kuzatadigan, o’qituvchi tomonidan kuzatiladigan fizik hodisalar tushuniladi. Demonstratsiyalarni bir-biridan farq qiladigan ikkita guruhga bo’lish mumkin: demonstratsoion tajribalar va demonstratsion ko’rgazmali qo’llanmalar (modellar, diapozitivlar, kinofilmlar, grafiklar va hokazo).
Namoyish tajribaning kamchiligi shundan iboratki, ta’lim oluvchilar ko’pincha (patok ma’ruzalarida) tajribani uzoqdan turib kuzatadilar, asboblar bilan o’zlari mustaqil ishlamaydilar. Shunung uchun ular eksperimentga oid amaliy malakalarni olmaydilar. Lekin shunga qaramasdan namoyish tajribalar o’quvchilarning bilim va bilish qobiliyatining shakllanishida hal qiluvchi rol o’ynaydi. Metodik nuqtai nazardan qaralganda, tinglovchilarga ma’ruzadan fizika hodisalarining mazmuni namoyish tajribalar bilan tushuntirilganda, tajribasiz tushuntirilgandagiga nisbatan ma’ruzaning mazmuni tushunarli bo’ladi.
Namoyish tajriba iloji boricha soda bo’lishi kerak. Biroq shuni nazarda tutish kerakki, u yoki bu tajribaning murakkabligi yoki soddaligi nisbiy tushunchalardir. Xususan, yaqin vaqtlargacha o’zgaruvchan tok zanjiridagi fazalar nisbatlarini, elektromagnit to’lqinlar interferensiyasini, fotoeffekt qonunlarini va shunga o’xshashlarni namoyish qilish juda murakkab hisoblanar va o’rta maktabda ular namoyish qilinmas edi. Maktab elektron ossillografi, elektromagnit to’lqinlarning xossalarini o’rganish uchun mo’ljallangan asboblar majmui, o’zgarmas tok kuchaytirgichlari va boshqalarning paydo bo’lishi yuqorida aytib o’tilgan, “murakkab” tajribalarni maktab sharoitlarida bemalol namoyish qilishga imkon beradi.
Metodist-olimlarning va ilg’or o’qituvchilarning tajribalarni ilmiy laboratoriyalarda birinchi bo’lib qo’yib o’quv maqsadlariga birinchi moslashtirish uchun sabot-matonat, sinchkovlik va aniq maqsad sari intilib ishlashlari natijasida namoyish tajribani soddalashtirishga erishiladi.
Bu moslash tirish jarayonida eksperimental quriolmalar o’qitish jarayonida muhim bo’lmagan hamma illatlardan “tozalanadi”. O’z-o’zidan ravshankki, faqat shunday “tozalanish” pedagogik jihatdan oqlanadiki, qurilmaning o’zi prinsipial sxemaga yaqinlashgan va uning ishlash sifati avvalgisidan pasaymagan bo’lishi kerak.
Yuqorida ta’kidlanganidek, namoyish tajribalar ko’proq sifat xarakterida bo’lishi kerak. Agar namoyish tajribalarida miqdoriy hisoblashlar bo’lsa, bunday tajribalar ko’p vaqtni oladi va bilim oluvchilarning diqqatini bo’ladi. Shu sababli ular yo frontal laboratoriya ishlariga yoki praktikumga ko’chirilishi maqsadga muvofiqdir. Demonstratsiya miqdoriy xarakterda bo’lishi talab qilinadigan kamchilik holarda esa namoyish qurilma elementlarining parametrlari shunday tanlanishi kerakki, o’lchashlar natijasida butun sonlar hosil bo’lsin.
Namoyish tajribalarida ishlatiladigan asbob-uskunalar va qurilmalar mumkin qadar soda va talabalarning ko’rishlari uchun qulay bo’lishi, o’quvchilarning e’tiborini tortadigan ikkinchi darajali asboblar ko’rinmaydigan holatda joylashtirilishi kerak. Masalan, parallel toklarning o’zaro ta’sirini namiyish qiladigan qurilmada,

agar o’zgarmas tok manbai sifatida transformator va yarim o’tkazgichli diod (ko’prik sxemada ulangan) to’g’rilagichdan foydalanilsa, transformatorni o’quvchilarga ko’rinmaydigan joyga (masalan, namoyish stolining ostiga) joylashtirish zarur bo’ladi agar qurilma murakkab bo’lsa, unung tuzilish sxemasini doskaga (yoki vaqtni tejash uchun vatman qog’ozga), qurilmaning joylashuviga mos keladigan qilib chizilgan bo’lishi kerak.


Namoyish tajribalarning sifati va samaradorligi, namoyish qilinayotgan fizik hodisalarni o’quvchilar qanday ko’rayotganligi bilan aniqlanadi. Namoyish qurilmasi, uning tashkiliy qismlari o’quvchilarga yaxshi ko’rinadigan qilib joylashtirilishi zarur. Agar qurilma vertikal tekislikda (taxtada) yig’ilsa, uning ko’rgazmaliligi qurilma gorizontal tekislikda yig’ilganiga nisbatan ancha oshadi. Qurilma qismlarining vertikal tekislikdagi joylashuvi, vatman qog’ozida (yoki doskada) chizilgan, uning prinsipial sxemasi bilan mos tushishi zarur. Ma’ruza o’tilayotgan darsxonani yaxshi yoritilganligi ham qurilmaning ko’rgazmalilik darajasini oshiradi.
Har bir namoyish tajribasi maksimal darajada ishonarli bo’lishi kerak. Buning uchun tajribani shunday o’tkazish keraki, toki uni o’quvchilar no’to’g’ri talqin qilishiga imkoniyat qolmasin. Kata tajriba obektlari kuzatuvchilarga bevosita, har tomonlama ko’rinadigan qilib namoyish qilinishi, kichik obektlar esa ekranga proeksiyalash orqali namoyish qilinishi kerak. Masalan, elektr yoki magnit maydoni kuchlanganlik chiziqlarini spektrini ekranga proeksiyalab namiyish qilinsa maqsadga muvofiq bo’ladi.


Namoyish tajribalar ilojoi boricha qisqa muddatli bo’lishi lozim. Tajriba nisbatan uzoqroq vaqt davom etadigan hollarda o’quvchilarning tajribaga bo’lgan qiziqishi tez kamayadi va ma’ruza vaqtidan yutqaziladi.
Tajriba shunday qo’yilishi kerakki, uning natijalari ishonarli bo’lib, o’quvchilar ikkilanishiga o’rin qolmasin. Ishonchlilikni oshirish uchun tajribada yuqori sezgirlikli o’lchov asboblaridan va indikatorlardan foydalanish, shuningdek namoyish qilishning maxsus usullaridan foydalanish kerak.


Download 172 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling