Fizikadan laboratoriya ishlari va namoyish tajribalari uzviyligini o’rganish”
Download 172 Kb.
|
Низомиддинова Gulnoza kurs ishi fao\'m.
- Bu sahifa navigatsiya:
- I bob. FIZIKA O’QITISHDA O’QUV EKSPERIMENTLARINING AHAMIYATI. Fizika o’qitishda o’quv eksperimentlarining roli va tutgan o’rni.
- Fizikadan o’quv ekperimenti
Kurs ishining ob’ekti: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizika o’qitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Fizikani o’qitish metodlari va hususiyatlari. Kurs ishining vazifalari: - Fizika ta’limi jarayonida namoyish tajribalarni ko’rsatish va laboratoriya ishlarini bajarishning samaradorlik darajasini aniqlash; - Namoyish tajribalarni ko’rsatish va laboratoriya ishlarini bajarishning xususiyatlarini o’rganish va tahlil qilish. - Mavzuga oid ilmiy-metodik, pedagogik-psixologik adabiyotlar, me’yoriy hujjatlarni o‘rganish, darslik, dasturlarni tahlil qilish va xulosalarni umumlashtirish; Yuqoridagilardan shuni xulosa qilishim mumkinki, fizika o’qituvchisining o’quvchilar o’quv – biluv faoliyatini faollashtirish borasida namoyish tajribalarni ko’rsatish va laboratoriya ishlarini bajarish ham hozirgi kunda dolzarb ahamiyatga ega ekan. I bob. FIZIKA O’QITISHDA O’QUV EKSPERIMENTLARINING AHAMIYATI. Fizika o’qitishda o’quv eksperimentlarining roli va tutgan o’rni. Fizikadan o’quv eksperimenti o’qitish metodlari sistemasiga kiradi. “Ekperiment” so’zi lotincha “eksperimentum” so’zidan olingan bo’lib, “sinash” degan ma’noni anglatadi. Eksperiment – hodisaning borishini kuzatishga imkon beradigan, tekshiriladigan hodisani kuzatish va tahlil qilish hamda uni istalgan paytda qaytadan takrorlash demakdir. Fizikadan o’quv ekperimenti – bu fizik hodisalarni darsda mahsus asboblar yordamida, uni o’rganish uchun qulay sharoitda ko’rsatishdir. Shuning uchun ham u bir vaqtning o’zida bilimlar manbai, o’qitish metodi va ko’rgazmalilik turi bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda ta’lim muassasalarida fizikadan o’quv eksperimentining sistemasi tashkil topgan bo’lib, bu sistema fizikani o’qitish jarayonida bilim oluvchilar egallaydigan bilimlarni ko’rgazmalilik metodi bilan mustahkamlashga yo’naltirilgan. Fizika fanining eksperimental harakteridan kelib chiqqan holda fundamental fizik nazariyalar, qonunlar, hodisalar, jarayonlar va dalillardan tashkil topgan bilimlarning mohiyatini bilim oluvchilarga o’rgatishda quyidagi turdagi o’quv eksperimentlaridan foydalanib kelinmoqda: Demonstratsion (namoyish) tajribalar; O’quv kinofilm va diafilmlaridagi tajribalar; Frontal laboratoriya ishlari; Fizikadan praktikum ishlari; Sinfdan tashqari va uyda bajariladigan ishlar. Bugungi kunda bu natural o’quv eksperimenti turlarida o’tkazilgan tajribalarni virtual ko’rinishda kompyuter yordamida ham namoyish qilish keng avj olmoqda. Bunday vitual tajribalarni: 1) natural tajribalar o’tkazish uchun asbob-uskunalar yetishmaydigan ta’lim muassasalarida; 2) tajriba o’tkazish imkoniyati bo’lmagan darsxonada o’tkazish maqsadga muvofiq. Maktab fizika tajribasi ikkita asosiy ko’rinishga bo’linadi: namoyish tajriba va laboratoriya tajribasi. O’rta maktabda fizika o’qitish tajribalarga tayanish lozim ekani pedagog olimlar tomonidan tan olingan. Biroq fizika o’qitish xarakteri haqidagi bu umumiy qoidaning o’zi tajribaning mazmuni bo’yicha ko’satmalar bermaydi, uning o’rnini belgilamaydi va uning fizikani o’rganish jarayonidagi rolini aniqlab bermaydi. O’quv jarayonida tajriba bilan nazariyaning mazmunini, o’rnini belgilash va rolini aniqlash uchun maktabda fizik hodisalarni o’rganishning asosiy bosqichlarini bilish muhimdir. Bu bosqichlar taxlili qaysi boqichda qaysi tajribani qo’yishni aniqlab olishga imkon beradi. O’quv jarayoni o’quvchilar uchun, eng avvalo, bilish jarayoni bo’lib hisoblanadi. Fizikani o’rgatishda o’quv tajribaga quyidagi muhim vazifalar qo’yiladi: O’quvchilarning tushuncha, qonunlar va nazariyalarni yaxshi o’zlashtirishlarini ta’minlash Bilimlarni amalda qo’llash malakasini oshirish Asboblarni tadqiq qilishning muhim metodlari bilan tanishish, axborotni bir tizimga tushirish, ishlov berish va uzatish. O’quvchilarning fanga qiziqishini oshirish ularni moddiy ishlab chiqarishningyangi texnika va texnologiyalarini o’zlashtirishga tayyorlash. O’quvchilarda mustaqil ishlash va ishga ijodiy yondashish malaksini shakllantirish. Amaliy malaka va ko’nikmalarni shakllantirish, moddiy ishlab chiqarish sohasida mehnatga tayyorgarlik. Texnika va mexnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, o’quv tajribasini o’tkazishga nisbatan majburiy talab hisoblanadi. O’quv tajribalariga qo’yiladigan umumiy didaktik talablarga quyidagilar kiradi: Ko’rgazmalilik va insonning sezgi organlari imkoniyatlariga mos kelishi; Soddalik, va ilg’or tajriba bazasida asbob va qurilmaning tuzilishi va ishlash prinsiplarini tushunishni ta’minlash; Havfsizlik, ya’ni mehnat muhofazasi normalariga muvofiq kelishi; Ishonchlilik, ya’ni eksperimentni bir necha marotaba takrorlashda kutilayotgan natijani olishga amin bo’lish; Takrorlash va tushuntirishning zarurligi; Vaqtning cheklanganligi va o’z vaqtida namoyish etilishi. Fizikada o’quv tajribasiga qo’yiladigan asosiy metodik talablar quyidagilardan iborat: Ilmiy aniqliligi; Sodda bayon qilinishi; Ko’rgazmalilik; Mehnatni ilmiy tashkil qilish. Shuning uchun ham tajriba va asboblarni tayyorlash uchun ketadigan vaqt minimumgacha qisqartiriladigan, ular bilan ishlashda ishonchli hamda buzilmaydigan variantlaridan foydalanish juda muhim. Fizik hodisalarni o’rganish jarayonida bilimning asosiy bosqichlari bir necha pog’onaga bo’linadi. Ular bilan tanishaylik: Download 172 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling