Fizikaviy kimyo Mavzu; Kristallogidratlarning hosil bo`lish issiqligini aniqlash
II.BOB . Moddalarning standart hosil bo`lish issiqligi
Download 122.52 Kb.
|
Fizikaviy kimyo slayd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gess qonuni
- Gess qonunidan kelib chiqadigan xulosalar.
II.BOB . Moddalarning standart hosil bo`lish issiqligi.
2.1. Entalpiya va entropiya Standart hosil bo'lish issiqligi deganda, barqaror standart holatda bo'lgan oddiy moddalardan, uning tarkibiy qismlaridan bir mol moddaning hosil bo'lish reaksiyasining issiqlik effekti tushuniladi. Masalan, uglerod va vodoroddan 1 mol metan hosil boʻlishining standart entalpiyasi reaksiya issiqligiga teng: C (q) + 2H 2 (g) → CH 2 (g) + 76 kJ / mol. Har qanday kimyoviy reaktsiya energiyaning chiqishi yoki yutilishi bilan birga keladi, odatda issiqlik shaklida. Kimyoviy termodinamikaning kimyoviy jarayonlarning issiqlik ta'sirini o'rganadigan bo'limi deyiladi termokimyo. Reaksiyalarning issiqlik effektlarini ham eksperimental, ham termokimyoviy hisob-kitoblar bilan aniqlash mumkin. Gess qonuni — 1840-yilda Gess kashf qilgan. Kimyoviy reaksiya issiqlik effektlari yigʻindisining doimiyligi haqidagi qonun, termokimyoning asosiy qonuni. Bu qonunga koʻra, reaksiyaning issiqlik effekti reaksiya uchun olingan dastlabki moddalar va reaksiya mahsulotlarining holatiga bogʻliq boʻlib, reaksiyaning oraliq bosqichlarida hosil boʻladigan moddalar holatiga bogʻliq emas.Gess qonuni kimyoviy reaksiyaning issiqlik effektini tajriba oʻtkazmasdan nazariy yoʻl bilan hisoblab chiqarishga imkon beradi. Reaksiya mahsulotlarining hosil boʻlishi issiqlik effektlari yigʻindisidan dastlabki moddalarning hosil boʻlish issiqdik effektlari yigʻindisi ayiriladi. Gess qonunidan kelib chiqadigan xulosalar. Termokimyoviy hisoblashlarda muhim amaliy ahamiyatga ega bo’lgan xulosalarni Gess qonunidan keltirib chiqarish mumkin. 1-Xulosa. Qandaydir kimyoviy moddaning parchalanish issiqlik effekti uning teskari ishora bilan olingan hosil bo’lish issiqlik effektiga teng bo’-ladi (Lavuaze–Laplas qonuni). Bu tasdiq bevosita shundan kelib chiqadiki, aylanma jarayonning issiqlik effekti nolga teng bo’lishi kerak. 2-Xulosa. Agar dastlabki turli holatdan oxirgi bitta holatga oib keladigan ikki reaksiya amalga oshirilsa, bu reaksiyalar issiqlik effektlari orasidagi farq dastlabki bir holatdan ikkinchi holatga o’tish issiqlik effekti bo’lib hisoblanadi. Download 122.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling