томирларда кон ивишини ва
тромбин таркалиб кетишини
чегаралайди .
126.Qon aylanish tizimining umumiy fiziologiyasi
Qon harakatini yurak ta’minlaydi. Ingliz vrachi, anatomi va
fiziologi Vilyam Garvey 1628 yilda o'zining «Hayvonlarda yurak
va qon harakatini anatomik tekshirish» nomli asarida qon
aylanishni katta va kichik doiralari haqida, yurakning qonni
xarakatga keltiruvchi a’zo ekanligi
va qonni yopiq sistemada
uzluksiz harakati haqida to'g 'ri tasavvur berdi. Qon organizmda
harakatlanar ekan, qon aylanishining katta va kichik doirasini
bosib o'tadi. Katta doirasi yurakning chap qorinchasidan
boshlanib, aorta, yirik arteriyalar, kapillyarlar, venula va venalami
o'z ichiga olib, yurakning o'ng bo'lmasida tugallanadi. O 'ng
bo'lmadagi qon o'ng qorinchaga o'tadi
va u yerdan qon
aylanishning kichik doirasi boshlanib, o'pka arteriyalari va uning
barcha tarmoqlari, o'pka
arteriyalari, kapillyarlari, venulalar va
venalami o'z ichiga oladi va yurakning chap bo'lmachasiga
quyiladi. Chap bo'lmachadan qon chap qorinchaga quyilib, o'z
faoliyatini davom ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: