Fiziologiya 2-semestr oraliq nazorat javoblari javob tahlaganlar: zaydullaev bayrambay davolash 204-guruh
Кон окишининг асосий принциплари, артериал
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
fiziologiya javoblar
147. Кон окишининг асосий принциплари, артериал
босим(базал тонус, вазомотор тонус, юракнинг кискариш кучи, систолик хажм, коннинг ковушкоклиги); Tomirlar innervateiyasi. Tomirlar ulamingdiametrini nisbatan doimo bir holdaushlab turuvchi kengaytiruvchi va pasaytiruvchi nervlar bilan ta’minlangan. Arteriya va arteriolalarning torayishi tomirlarni toraytiruvchi nervlar venaqonstruktorlar simpatik nervlar bilan innervatsiya qilinsa kelib chiqadi va ulaming mavjudligini birinchi bo‘lib, 1842 yilda A. P. Valter baqaning suzgich pardalarida ko‘rsatib bergan. Keyinchalik K.. Bemar (1851) quyon qulog'ida o‘tkazgan tajribalarida isbot etdi. Quyon bo‘ynidagi simpatik nerv qirqib qo‘yilsa, 1-2 minutdan so‘ng quloq suprasi tomirlari kengayishi natijasida quloq terisi qizarganligi va harorati ortganligi kuzatildi. Kesilgan nervni periferik qismi ta’sirlansa quloq terisi oqarib, ushlab ko‘rganda sovub qolganligi kuzatilgan. Bu qon-tomirlami torayishi hisobiga kuzatilgan. Huddi shunday effekt qorin bo‘shlig‘i organlari, buyrak, teri, miya pardalari tomirlarida ham kuzatish mumkin. . Bunday nervlar mavjudligini M. Shif, sal keyinroq K. Bemarlar aniqlashgan. Jag‘ osti so‘lak beziga boruvchi til nervining tarmog‘i- Chorda thympani ta’sirlanganda bez tomirlari kengayganligi aniqlangan. Huddi shunday holatni n. pelvicus ta’sirlanganda til tomirlari vajinsiy a’zolar tomirlari kengayishi kuzatiladi. Tanadagi barcha tomirlar parasimpatik nervlardan innervatsiya olmaydi. Adashgan nerv ta’sirlansa yurak tom irlari torayadi. Simpatik nerv tolalari ta’sirlanganda ba’zi a’zolardagi, masalan, skelet muskullari tomirlari kengayadi. Chunki simpatik nerv tarkibida vazoqonstruktorlardan tashqari vazodilyatatorlar ham bor. Bu nerv innervatsiya qiluvchi tom irlarda ikki turdagi a va ß adrenoretseptorlar mavjud. a-retseptorlami qo‘zg‘alishi tomir muskullarining qisqarishiga va tomimi torayishiga olib keladi. ß - retseptorlaming qo‘zg‘galishi tomir muskullarini kengayishi natijasida tomimi kengaytiradi. Noradrenalin ko‘proq ä- adrenoretseptorlarga ta’sir etadi. Ko‘pgina qon-tomirlarda retseptorlaming ¡kkala turi ham bor. Ulaming nisbati bir xil emas. Agar qon-tomirda a-adrenoretseptor ko‘p bo‘lsa, adrenalin uni toraytiradi, ß-adrenoretseptor ko‘p boMsa-kengaytiradi. Agar a- va ß-adrenoretseptorlar bir vaqtda qo‘zg‘alsa, ß-retseptorning qo‘zg‘alish samarasi ustun chiqadi-tomir kengayadi. Orqa miya orqa shoxlarining periferik qismi ta’sirlansa, (asosan teri) tomirlarni kengaytiruvchi effekt kelib chiqadi. Teri tomirlarini kengayishiga yana boshqa sabab, retseptor nerv oxirlarida atsetilxolin va gistamin ishlab chiqarilib, to‘qimaga o‘tib yaqin joylashgan tomirga ta’sir etadi. Tomirlar tonusi MNS tomonidan keladigan impulslar hisobiga kengayib torayib turadi. Tomirlar tonusini boshqaruvchi markaz-tomirlar harakatini boshqaruvchi markaz-mavjudligini V. F. Ovsyannikov (1871) miyatuzilmalarini qirqib qo yish yo‘li bilan aniqlagan. Agar miya o ‘zagi to‘rt tepalikning yuqorisidan qirqib qo‘yilsa arterial bosim o‘zgarmaydi. Uzunchoq miya bilan orqa miya oralig‘idan kesib qo'yilsa arterial bosim 60-70 mm sim ust gacha tushib ketadi. Uzunchoq miyaning turli qismlarini mexanik ta’sirlash yo‘li bilan bu markazningjoylashgan joyi aniq topilgan. U IV qorincha tubida joylashgan bo‘lib, pressor va depressor qismlaridan iborat.Muskullar qisqarishi uning ichki bosimini oshiradi va distal qism klapani yopilib proksimal qism klapani ochiladi. Natijada limfa navbatdagi limfangionga siljiydi(65-rasm).Limfa tomirlari adrenergik va xolinergik nerv tolalari: bilan ta’minlangan. Ulaming innervatsiyasi arteriyalar innervatsiyasidan 2-2,5 baravar kuchsizroq. Adrenergik va xolinergik tolalar kichik diametrik limfa tomirlami katta diametrlik tomiriarga o ‘tayotgan joylarda va klapanlar bor joylarda ko‘proq to‘plangan. Simpatik nervlaming qo‘zg‘a!ishi limfa tomirlarini qisqartiradi - parasimpatik nervlaming qo‘zg‘alishi esa ham qisqarishini, ham kengayishini ta’minlaydi. Ko‘krak y o ii ikki tomonlama innervatsiya oladi, ham simpatik, ham parasimpatik. Qo‘l va oyoqlaming limfa tomirlari faqat simpatik tolalardan innervatsiya oladi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling