Fiziologiya 2-semestr oraliq nazorat javoblari javob tahlaganlar: zaydullaev bayrambay davolash 204-guruh


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/78
Sana15.03.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1272327
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   78
Bog'liq
fiziologiya javoblar

187.LIPIDLAR ALMASHINUVI.
Lipidlar glitserin va yog' kislotalaridan iborat.
Yog' kislotalarining to'yingan va to'yinmagan turlari mavjud. 
Lipidlar
organizmda energetik va plastik vazifalarni bajaradilar. Katta 
yoshdagi
odamlar organizmdagi energetik sarfning 50%ini yog'lar 
oksidlanishi
hisobiga amalga oshadi. Yog'lar oziqlanish uchun ham sarflanadi
uning
organizmdagi zahirasi tana vaznining 10-20% ini tashkil qiladi. 
Uning
deyarli yarmi teri osti yog' kletchatkalarida, katta miqdorda 
qorinyog'
sifati, buyrak oldi yog ' va muskullar orasida saqlanadi. Ochlikda,
organizmga sovuq ta’sir qilganda, jismoniy yoki psixoemotsional
zo'riqish paytida zaxiradagi yog 'lar parchalanishi kuchayadi. 
Tinch
holatda ovqat iste’mol qilingandan so'ng yog'lar resintez bo'lib, 
yana
yog' deposida yig'ila boshlaydi. Energetik maqsadda asosan neytral
yog'lar-triglitseridlar, plastik material sifatida esa fosfolipidlar, 
xolesterin
va yog' kislotalari ishlatiladi, ular hujayra lipoproteid tarkibiga 
kiradi,
steroid gormonlari, o 't kislotalari va prostoglandinlar 
o'tmishdoshlari
hisoblanadi.


Ichakdan so'rilgan lipid molekulalari epiteliotsitlarda tashiluvchi
zarrachalami (xilomikronlar) hosil qiladilar va limfatik tomirlar 
orqali qonga tushadilar. Kapillyarlar endoteliysidagi 
lipoproteidlipazalar ta’sirida
xilomikronning tarkibidagi neytral triglitseridlar glitserin va yog'
kislotalariga parchalanadilar. Yog' kislotalarining bir qismi 
albumin bilan
birikadi, glitserin va erkin yog' kislotalar yog' hujayralariga 
qo'shilib
triglitseridlami hosil qiladilar. Xilomikronning qoldiq qismini 
gepatotsitlar
ushlab qoladi, endotsitozga uchratadi va lizosomada parchalanib 
ketadi.
Jigarda sintezlangan lipid molekulalarini tashish uchun 
lipoproteidlar
hosil bo'ladi. Bu lipoproteidlar past va o'ta past zichlikka ega 
bo'lib,
jigardan boshqa to'qimalarga triglitserid va xolesterinlarni 
tashiydilar.
To'qima hujayralari lipoproteidlarni sezuvchi reseptorlar 
yordamida
qonda aylanib yurgan past zichlikka ega bo'lgan lipoproteidlarni 
sezib
oladi va endotsitoz yo'li bilan qamrab oladilar, lizosomalarda ular
parchalanib hujayra extiyojiga muvofiq xolesterinni ajratadilar. 
Agar
qonda past zichlikka ega bo'lganlipoproteidlar ko'payib ketsa 
makrofaglar va boshqa leykotsitlar tomonidan ushlab olinadi. Bu
hujayralar metabolik kam faol bo'lgan xolesterin efirlarini o'zida 
yig'ib,
qon-tomirlar devorida ateroskleroz toshmalari tarkibiy qismini 
tashkil


qiladi.
Yuqori zichlikdagi lipoproteidlar ortiqcha xolesterin va uning 
efirlarini
to'qimalardan jigarga tashib keladi. Jigarda ulardan o't kislotasi
sintezlanadi, so'ngra organizmdan chiqarib yuboriladi. Bundan 
tashqari,
buyrak usti bezida steroid gormonlari sintezida yuqori zichlikka 
ega
bo'lgan lipoproteidlar ishlatiladi.
Sodda va murakkab lipid molekulalari organizmda sintezlanadi, 
faqat
linol, linolen va araxidin, to'yinmagan yog' kislotalari bundan 
mustasno,
ular albatta ovqat tarkibida tushishlari zarur. Bu almashtirib 
bo'lmaydigan
yog' kislotalari fosfolipidlar molekulasi tarkibiga kiradi. Araxidin
kislotasidan prostoglandin, prostotsiklin, tromboksan va 
leykotriyenlar
hosil bo'ladilar. Almashtirib bo'lmaydigan yog' kislotalarini 
organizmda
bo'lmasligi yoki kam miqdorda organizmga tushishi, organizm 
o'sishining
to'xtashi, buyrak faoliyati buzilishi, teri kasalliklari, pushtsizlik 
kabi
oqibatlarni keltirib chiqaradi. Yog'laning biologik qimmati 
tarkibida
almashtirib bo'lmaydiganyog' kislotalarining borligi va ularni
o'zlashtirish darajasiga qarab aniqlanadi. Organizmda maska yog'i,
to'ng'iz yog'i - 93-98 % ga, kungaboqar yog'i - 96-90 % ga, 
margarin 94
98 % ga o'zlashtiriladi. 



Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling