Fiziologiya 2-semestr oraliq nazorat javoblari javob tahlaganlar: zaydullaev bayrambay davolash 204-guruh
Нажаснинг ташкарига чикариш механизми
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
fiziologiya javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 183. Оч колиш ва сувсираш механизми;
182. Нажаснинг ташкарига чикариш механизми;
Defekatsiya - to'plangan moddalar to'g'ri ichak reseptorlarini qitiqlashi natijasida yo'gon ichakdan najasni chiqarib yuborilishidir. To'g'ri ichakda bosim 40-50 sm. suv ustunidan ortgandan so'ng odamda defekatsiya sodir qilish xohishi paydo bo'ladi. Bosim 20-30 suv ustuniga yetganda to'g'ri ichak to'lganligi hissi paydo bo'ladi. To'g'ri ichakning silliq muskullardan tashkil topgan - ichki va ko'ndalang targ'il muskullaridan iborat - tashqi sfinkterlari defekatsiyadan tashqari paytlarida tonik qisqargan holida bo‘ladi. Bu sfinkterlarni reflektor bo'shashi, ichakning perestaltik qisqarishi, orqa peshovni ko'taruvchi (m. Lavator ani )muskulning qisqarishi, to'g'ri ichakning halqasimon muskullarining qisqarishi - najasni to'g'ri ichakdan tashqariga chiqishini ta’minlaydi. 183. Оч колиш ва сувсираш механизми; Ochiqish qonda glyukoza yoki aminokislotalar, yohud yog‘ va yog‘ kislotalari miqdori kamayishiga bog‘li, degan glyukostatik, aminoatsidostatik va lipostatik nazariyalar bor. Ammo ularning birortasi ham odamning nima sababdan ochiqishini toia tushuntirib bera olmaydi. So‘nggi yillarda olg‘a surilayotgan metabolik nazariya haqiqatga ancha yaqin. Bu nazariyaga ko‘ra Krebs halqasida hamma oziq moddalarning parchalanishi natijasida hosil bo`ladigan oraliq moddalarning qondagi miqdori ovqatlanish markazining qo'‘g'‘luvchanligini belgilaydi. Bu moddalardan tashqari, ovqatlanish markaziga hazm tizimining ba‘zi gormonlari (masalan, xoletsistokinin-pankreozimin) va bu tizim a‘zolaridagi retseptorlaridan markazga intiluvchi impulslarning ta‘siri katta. Ovqat iste‘mol qilingandan so‘ng odam to‘yganini sezadi. To‘yish ovqatlanish jarayonida, iste‘mol qilingan oziq moddalar qonga so‘rilmasdanoq rivojlanadi. Bu birlamchi yoki sensor to‘yinishdir. Uning yuzaga chiqishi shartli va shartsiz reflektor yoi bilan ochlik markazining tormozlanishidan iborat. Ovqat hazm bo`lib, hazm mahsulotlari qonga so‘rila boshlagandan keyin sensor to‘yinish ikkilarnchi yoki chin to‘yinishga aylanadi. Hayvonlarda ovqatda yetishmaydigan moddani izlab topib, yeyish qobiliyati bor. Organizm uchun zarur moddaga intilish o‘ziga xos ishtaha deyiladi. Odamda ham o‘zidga xos ishtaha borligi ba‘zi sharoitlarda yaxshi seziladi. Masalan, homilador ayolda vitaminlarga va kalsiyga ehtoyoj ortadi. Mevalarga va kalsiyga boy moddalarga (bosh qorong‘ilik) o‘ziga xos ishtahaning belgisi hisoblanadi. Tabiiy sharoitda turli shartli reflekslar so`lak ajrala boshlashiga sabab bo`ladi. Ovqatlanishda odat bo`lib qolgan vaqt va sharoit, taomlarnin hidi va boshqa omillarga hayot davomida shartli reflekslar hosil bo`ladi. Ular faqat so`lak bezlarini emas, boshqa bezlarni ham faol holatga soladi hamda hazm tizimini ovqatni qayta ishlashga tayyorlaydi. Shartli va shartsiz reflekslar so`lak bezlari faoliyatini tormozlaydi ham. Og‘riq, hayajonlanish, suvsirash so`lak ajralishini kamaytiradi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling