Fiziologiya 2-semestr oraliq nazorat javoblari javob tahlaganlar: zaydullaev bayrambay davolash 204-guruh


Ичакда сурилиш турлари (актив,пассив,диффузия)


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/78
Sana15.03.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1272327
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   78
Bog'liq
fiziologiya javoblar

177. Ичакда сурилиш турлари (актив,пассив,диффузия). 
Ingichka ichakda so‘rilish jarayoni sust tashilish mexanizmlari 
tufayli (osmos, diffuziya va filtrlanish yo`li bilan) va faol 
energiyaga muhtoj mexanizmlar asosida sodir bo'ladi. 
Konsentratsiyasida farq bo`lgan eritmalar o'rtasida diffuziya 
kuzatiladi. Uzluksiz Broun harakatidagi modda molekulalari 
kontsentratsiyasi yuqori bo`lgan eritmadan modda miqdori kam 
bo`lgan joyga o'tadi. Modda konsentratsiyasi eritma hajmida 
tenglashgan zahoti diffuziya to'xtaydi. Konsentratsiyasida farq 
bo`lgan eritmalarni ajratib tumvchi yarirn o`tkazuvchi membrana 
orqali erituvchining tashilishi osmos deyiladi Osmos jarayoni 


erituvchini eritmaning konsentratsiyasi past bo`lgan joydan erigan 
moddalarni otkazmaydigan membrana orqali eritma 
konsentratsiyasi yuqori bo`lgan joyga o'tishini ta‘minlaydi. Tirik 
hujayralar membranasi suv uchun yuqori o'tkazuvchanlikka ega, 
ayni vaqtda Eriydigati moddalar uchun o'tkazuvchanligi ancha 
kam. Bu membranani shartli ravishda yarim o‘tkazuvchi deb 
hisoblash mumkin.
Membrana ikki tomonidagi suyuqlikning gidrostatik bosimidagi 
farq tufayli eritmaning membranadan o‘tishi filtrlanish deyiladi.
Sust tashilish mexanizmlari suyuqlik va moddalarni ikki 
tomonlarna ichakdan qonga va qondan ichakkao'tishiga imkon 
beradi.
Faol tashilish esa bir tomonga qaratilgan.Bu mexanizm asosida 
moddalar konsentratsion va elektrokimyoviy gradiyentga qarshi 
harakat qiladi. Faol tashilishning у ana bir nechta xususiyatlari 
bor: u energiyaga muhtoj, kislorod yetishmovchiligi, past liarorat 
almashinuvni ingibirlovchi moddalar faol tashilishni 
sekinlashtiradi. Faol tashilish yuqori tezlikka ega, faol tashiladigan 
moddalar o'rtasida ularning so‘rilish jarayonida raqiblik 
(konkurent) tormozlanishi kuzatiladi.
Faol tashilishni maxsus oqsil molekulalari — tashuvchilar yuzaga 
chiqaradi. Tashuvchi moddani membrananing bir yuzasiga tegab 
turgan suyuqlikdan (modda miqdori oz bo`lgan eritmadan) o‘ziga 
biriktirib, modda-tashuvchi kompleksini hosil qiladi. U 
membrananing ikkinchi tomoniga olib, moddani o`zidan ajratadi 
va membranannng
ikkinchi tomonidagi suyuqlikka chiqaradi. Faol tashilish uchun 
energiya manbai vazifasini ATF bajaradi.
Moddalarning ingichka ichakdan tez so‘rilishi uchun ichaktutqich 
tomirlaridan qon yetarli miqdorda oqishi start bu tomirlardan hazm 
vaqtida bir daqiqada 750 ml qon o`tadi. Uning asosiy qismi (60—
80%) shilliq parda tomirlariga to'gri keladi.


Suv, anorganik moddalar va organik birikmalarning ko'p qismi 
qonga so`riladi. Yog`, yog‘simon moddalar va yog‘da erivdigan 
birikmalar limfaga o'tadi. limfaga so'rilish tezligi vorsinkalar 
harakatiga bog'liq. Vorsinkalarning bir meyorda qisqarishi 
vorsinkaning limfa tpmiiidagi limfani siqib chiqaradi. Bo'shab 
qolgan limfa tomirga moddalar tezroq so‗riladi. Mahalliy mexanik 
va kimyoviy ta‘sirlovchilar, villikinm gormoni vorsinkalar 
qisqarishini kuchaytirib, so'rilishini tezlashtiradi. 

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling