Fiziologiya 2-semestr oraliq nazorat javoblari javob tahlaganlar: zaydullaev bayrambay davolash 204-guruh


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/78
Sana15.03.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1272327
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   78
Bog'liq
fiziologiya javoblar

188.KARBONSUVLAR ALMASHINUVI. 
Karbonsuvlar asosan energetik material sifatida ishlatiladi
shuningdek plastik vazifani ham o'taydilar, glyukoza 
oksidlanganda nukleotidlar va nuklein kislotalari tarkibiga 
kiruvchi oraliq modda pentoza hosil bo'ladi. Glyukoza ayrim 
aminokislotalarning
sintezlanishi, lipidlar sintezi va oksidlanishi uchun zarurdir. Odam 
oiganizmi karbonsuvlarni asosan o'simlik polisaxaridi - kraxmal va 
hayvon polisaxaridi - glikogen holida iste’mol qiladilar. 
Oshqozon-ichak yo'lida ular monosaxaridlargacha (glyukoza, 
fruktoza, laktoza, galaktoza) parchalanadilar. Monosaxaridlar, 
asosan glyukoza, qonga so'riladi va
darvoza venasi orqali jigarga keladi. Bu yerda fruktoza va 
galaktozalar
glyukozaga aylanadilar. Gepatotsidlarda glyukozaning 
konsentratsiyasi qondagi glyukoza konsentratsiyasiga yaqin 
bo'ladi. Jigarga ortiqcha
miqdorda karbonsuvlar tushganda glyukoza fosforlanib glikogenga
aylanadi va jigarda depo sifatida saqlanadi. Katta yoshdagi 
odamlarda
glikogen miqdori 150-200 g ga teng bo'lishi mumkin. Oz miqdorda 
iste’mol
qilinib, qondagi glyukoza miqdori kamayib ketsa glikogen 
parchalanib
glyukoza hosil qiladi va qonga chiqariladi. Ovqat iste’mol 
qilinganda dastlabki 12 soat va undan ham ko'proq vaqt davomida 
jigarda glikogen parchalanishi hisobiga qondagi glyukoza 
konsentratsiyasi doimiyligi
ushlab turiladi. Glikogen zahirasi sarf bo'lgandan so'ng 
gliqoneogenez -


laktat yoki aminokislotadan glyukoza sintezini amalga oshiruvchi 
fermentlar hosil bo'lishi kuchayadi. Odamlar bir sutkada 400-500 g 
karbonsuv iste’mol
qiladi, shundan 350-400 g kraxmal, 50-100 g esa - mono va 
disaxaridlardan iborat. Karbonsuvlaming ortiqchasi yog' sifatida 
depoga o'tadi. 

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling