ELEKTR SINAPSLAR Yuqori rivorlangan hayvonlarning markaziy nerv tizimida asosan kimyoviy sinnapslar uchraydi. Ammo oz miqdorda, masalan, sut emizuvchilarda ko‘zni harakatlantiruvchi nerv yadrosini tashkil qiluvchi neyronlarda, elektr sinapslar ham bor (16-rasm). Elektr sinapsni kimyoviy sinapsdan ajratib tiruvchi asosiy farq – elektr sinaps yirig‘ining juda toorligi – 2-4 nm. Ana shu tor joydan presinaptik
membrana bilan postsinaptik membranani bog‘lab turuvchi oqsil ko‘prikchalar – konneksonlar o‘tgan. Ular o‘rtasida ionlar va mayda molekulyar moddalarni o‘tkazishi mumkin bo`lgan, eni 1-2 nm li kanallar hosil bo`lgan. Bu yerda membrananing elektr tokiga qarshiligi past. Shuning uchun aksonning presinaptik
oxiriga yetib kelgan potensial osonlik bilan postsinaptik membranadan hujayra ichiga o‘tib, tashqariga qaytib chiqadi va membranani depolyarizatsiyaga uchratadi.
Depolyarizatsiyalanish eng yuqori darajaga yetganda, postsinaptik neyronda harakat potensiali vujudga keladi. ARALASH SINAPSLAR Ba‘zi bir neyronlararo sinapslarda o‘tkazish ham elektr, ham mediator yordamida sodir bo`lishi mumkin. Buning sababi shundaki, aralash sinapsning bir qismi elektr sinaps strukturasiga ega, ikkinchi qismi esa kimyoviy sinaps shaklida tuzilgan. Aralash sinapslar aksari funksiyalari turlicha bo`lgan neyronlarni bog‘lab turadi. Ularni afferent va efferent neyronlar oralig‘ida uchratish mumkin. Sof kimyoviy yoki sof elektr sinapslar bir tipga oid bo`lgan
neyronlarni, masalan, motoneyronlarni bog‘laydi. Aralash sinapslar yeterli darajada o‘rganilmagan. Bir sinapsda qo‘zg‘alish o‘tkazilishining ikkita mexanizmi mavjudligini quyidagicha tushuntirish mumkin. Sinapsga keluvchi impulslar chastotasi uncha yuqori bo`lmasa (100-150 imp/s), aralash sinapsning ikkala yarmi faollik ko‘rsatadi.
Bu impulslar chastotasi keskin oshib ketganda, sinapsning kimyoviy qismi
tormozlangan holatga o‘tadi va impulslar o‘tkazishda qatnasha olmaydi. Labilligi yuqori bo`lgan elektr qismi shu sharoitda impulslar o‘tkazilishini ta‘minlab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |