«Физиология» фанидан 2-курс даволаш, педиатрия, касбий таълим


savol.Gipotalamus fiziologiyasi


Download 452.12 Kb.
bet29/62
Sana27.03.2023
Hajmi452.12 Kb.
#1299195
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62
Bog'liq
Fiziologiya javoblari S.M-конвертирован (1)

savol.Gipotalamus fiziologiyasi


Hajmi uncha katta bo`lmagan, ammo muhim faoliyatga ega bo`lgan gipotalamus miyaning uchinchi qorinchasi tubida va yonlarida joylashgan. U vegetativ, endokrin va somatik faoliyatlarni birlashtirish, hamda ichki muhit barqarorligini ta‘minlashdek juda muhim ishni bajaradi. Gipotalamusdagi kul rang modda besh guruh yadrolarga bo`linadi. Yadrolarning preoptik guruhi paraventrikulyar, medial va lateral preoptik yadrolardan iborat. Olddingi guruhga kiruvchi supraxiazmatik, supraoptik va paraventrikulyar yadrolardagi neyronlarning o‘simtalari gipofizning orqa bo`lagiga tushadi. Ventromedial va dorsomedial yadrolar o‘rta guruhni tashkil qiladi. Tashqi guruh tarkibida lateral gipotalarnik yadro, kul rang do‘mboq yadrosi bor. Orqa guruhni orqa gipotalarnik yadro, perifronikal yadro va bir nechta mamillyar yadrolar shakllaydi.
Medial gipotalamusga kiruvchi yadrolarda ichki muhitning o‘zgarishlarini sezuvchi neyronlar bor. Bu neyronlar qonning haroratini, elektrolit tarkibini, gormonlar miqdori o‘zgarishini sezib, asli holiga qaytaradigan mexanizmlarni ishga soladi. Bu soha nerv va gumaral mexanizmlar yordamida gipofiz faoliyatini boshqaradi.
GIPOTALAMUSNING VEGETATIV FAOLIYATLARNI BOSHQARISHDAGI ISHTIROKI
Gipotalamusning qaysi qismini elektr toki bilan ta‘srlarnang, yurak va tomirlar tizimi faoliyati o‘zgaradi. Gipotalamusning shikastlanishi tana harorati barqarorligini saqlash, ovqatga va suvga bo`lgan ehtiyojni boshqarish, hamda boshqa faoliyatlarning o‘zgarishiga olib keladi. Bu o‘zgarishlar gipotalamus visseral faoliyatlarni boshqarishda katta rol o‘ynashini ko‘rsatadi.
Gipotalamus ta‘sirlanganda qon aylanish tizimi beradigan reaksiyalarining e‘tborli joyi shundaki, gipotalamusning ma‘lum sohasini ta‘sirlash bir safar skelet muskullarida qon oqishini oshirsa, keyingisida aks natija berishi mumkin. Gap shundaki, gipotalamus tomonidan qon oqishni boshqarish mexanizmlari bulbar mexanizmlar yuzaga chiqaradigan bir xildagi reaksiyalardan farq qiladi. Aortada qon bosimining oshishi o‘z-o‘zini boshqaradigan bulbar mexanizmlarni ishga solib, doumo bir xil hodisaga – yurak faoliyatining susayishi va tomirlarning kengayishi natijasida qon bosimining asli holiga qaytishiga olib keladi..
Gipotalamusni tana harorati barqarorligini saqlashda ishtirok etadigan mexanizmlarni birlashtiruvchi markaz deyish mumkin.
Masalan, mushukning miyasini o‘rta miyaning yuqori cgegarasi bo‘ylab kesilsa, u tana harorati boshqarila olmaydigan sovuqqonli hayvonga aylanadi. Gipotalamusning orqa sohalarini ta‘sirlash modda almashinuvining kuchayishiga, nafas olish va yurak urishi sonlarining ortishiga, muskullarda titroq paydo bo`lishiga, shuningdek harorat ko‘tarilishiga olib kleadi. Bu sohalarni shikastlash issiqlik hosil bo`lishini va haroratni kamaytiradi.
Organizmning tana haroratini bir me‘yorda saqlab turishi uchun issiqlik hosil qilinishi va yo‘qotilishi jarayonlari o‘rtasida muvozanat bo`lishi shart.
Gipotalamusda esa ana shu jarayonlarga ta‘sir qiladigan sohalsr bor. Paraventrikulyar yadrolarni ta‘sirlash teri qon tomirlarini kengaytiradi, ter ajralishini va nafas olishni kuchaytiradi yoki issiqlik ajralishi ortishiga sharoit tug‘diradi. Bu soha shikastlangandan so‘ng issiqlikni yo‘qotish kamayib, tana harorati ko‘tarilib ketadi. Demak, gipotalamusning oldingi sohalari haroratni
saqlashning fizikaviy mexanizmlarini birlashtiradigan markaz. Bu yerda issiqni sezuvchi nayronlar topilgan. Ularga issiq bilan ta‘sir qilinganda neyronlarning impuls ishlab chiqarish faolligi oshadi va issiqlik yo‘qotilishi tezlashadi.

Download 452.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling