Fiziologiya fanidan davolash ishi, pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va stomatologiya fakultetlari studentlari uchun yozma-og’zaki so’rov nazorat savollari


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/52
Sana06.02.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1171862
TuriReferat
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52
Bog'liq
Fiziologiya javoblari Mahmud Yazdanov unlocked

 +998 33 44 12345
birlamchi retseptorlarni tashkil qiladi. Ikkilarnchi retseptor va sensor neyron o‘simtalari o'rtasida sinapslar 
joylashgan. Retseptor hujayrada hosil bo`ladigan qo'zg'alish bu sinaps orqali sensor newonga o‘tkaziladi. Demak, 
sensor neyromi tashqi ta‘sirot bevosita emas, maxsus retseptor hujayra orqali qo‘zg‘atadi. Ta‘m sezuv, ko'ruv, 
eshituv, vetibulyar apparat retseptorlari ikkilarnchi retseptorlarga kiradi. 
89. Og’riq fiziologiyasi; 
Og‘riq retseptorlari. Og‘riq retseptorlarining boshqa retseptorlardan farqi shundaki, ularni adekvat ta‘sirlovchisi 
yo‘q. Og‘riq yoki notsiotseptiv sezgini oia kuchli ta‘sirotlarning hammasi paydo qilishi mumkin. Haddan tashqari 
kuchli ta‘sirotlar to‘qimalarni shikastlaydi, ular paydo qilgan og‘riq xavf-xatardan darak berib, himoya reflekslarini 
vujudga keltiradi, organizmni shikastlovchi ta‘sirotdan saqlaydi. Og‘riq ko‘pgina kasalliklarning dastlabki belgisi 
bo`lib, kasallikni aniqlashda va davolashda shifokorga katta yordam beradi. 
Ammo, og‘riqning kuchi va xastalikning og‘irlik darajasi o‘rtasida doim uyg‘unlik bo'lmaydi. Ba‘zan ichki a‘zolar 
qattiq jarohatiansa ham og‘riq uncha kuchli bo`lmaydi. Boshqa bir kasal qattiq og‘riq sezadi, biroq a‘zolarining 
shikastlanishi arzimagan bo`ladi. Shu vaqtgacha og‘riqning aniq ta‘rifi yo‘q. Birov uni lazzatlanishga qarama-
qarshi tuyg‘u desa, boshqalar paypaslashga o‘xshagan sezgi deydilar. Og‘riq qanday bo`lishidan qatiy nazar, 
odamga xavfdan darak beradi. Og‘riqni sezgan odam oh uradi, xavfhi baholab, jonini avaylash chorasini qidiradi. 
Og‘riq lo‘qillagan, lovullagan, teshib yuboruvchi, sanchib to‘ruvchi, zirqiragan bo`lishi mumkin va hokazo. 
Og‘riqlarning asosiylari somatik va visseral og‘riqlardir. Terida paydo bo`lgan somatik og‘riq yuza og‘riq deyiladi. 
Muskul, suyak, bo‘gin va biriktiruvchi to‘qimalarning og‘rishi chuqur somatik og‘riq hisoblanadi. Agar teriga igna 
sanchib, yuza og‘riq paydo qilinsa, odam qayerining og'riyotganmi aniq biladi. Bu og‘riq tez yo‘qoladi. Bu erta 
og‘riqdan so‘ng ko‘pincha kechikkan zirqiroq og‘riq seziladi. Uni qayerda ekanini aniqlash qiyin bo`ladi. Bosh 
ogrig‘i chuqur og‘riqning eng ko'p tarqalgan turidir. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling