Fiziologiya fanidan davolash ishi, pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va stomatologiya fakultetlari studentlari uchun yozma-og’zaki so’rov nazorat savollari


 Esterogenning (esteron; esteril; estradiol) ta’sir etish mexanizmlari


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/52
Sana06.02.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1171862
TuriReferat
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52
Bog'liq
Fiziologiya javoblari Mahmud Yazdanov unlocked

81. Esterogenning (esteron; esteril; estradiol) ta’sir etish mexanizmlari; 
Estrogenlar faqat jinsiy bezlardan emas, bu gormonlar, oz miqdorda buyrak usti bezi po’stloq qavatining to’rsimon 
sohasida ham ishlab chiqariladi. Xomiladorlik paytida estrogenlar sekresiyasi, yo’ldoshning gormonal faolligi 
ta’sirida ortadi. Bu guruhda faolligi yuqori bo’lgan gormon β- estradiol bo’lib hisoblanadi. Sariq tananing gormoni 
progesteron bo’lib, xayz ko’rishning oxirlarida uning sekresiyasi kuchayadi. Estrogenlar ta’sirida birlamchi va 
ikkilamchi ayollar jinsiy belgilarining yuzaga chiqishi tezlashadi. Balog’atga yetish davrida tuxumdonlar o’lchami, 
bachadon, qin va tashqi jinsiy a’zolarning o’lchami kattalashadi. Proliferasiya jarayonlari va endometriyada 
bezning kattalashuvi kuzatiladi, bu ta’sir osteoblastlar faolligini oshirish orqali namoyon bo’ladi. Shu bilan bir 
qatorda, suyakning epifizar tog’ayiga ta’sir etib, uning uzunasiga o’sishini tormozlaydi. Bu gormonlarning ta’siri 
natijasida oqsillar biosintezi kuchayadi, yog’larning hosil bo’lishi ham ortadi, ortiqcha yog’lar teri ostiga shunday 
to’planadiki, ayol qomatini xarakterlab beradi. Estrogenlar ta’sirida ayol terisi nozik, silliq va kapillyarlar bilan 
yaxshi ta’minlanadi, jun bilan qoplanishi ham ayol tipiga mansub bo’ladi. 
82. Progesteronning ta’sir etish mexanizmlari; 
Ayollar jinsiy bezlaridan (tuxumdon) estrogenlar va progesteron gormonlari ishlab chiqariladi. Bu gormonlarning 
ajralishi siklik xarakterga egadir, bu qizlarda xayz ko’rish paytida gipofizni gonadotrop gormonlarining 
sekresiyasiga bog’liq bo’ladi. Estrogenlar faqat jinsiy bezlardan emas, bu gormonlar, oz miqdorda buyrak usti bezi 
po’stloq qavatining to’rsimon sohasida ham ishlab chiqariladi. Xomiladorlik paytida estrogenlar sekresiyasi, 


Mahmud Yazdanov 
https://t.me/Makhmud_Yazdanov


Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling