Fiziologiya fanidan davolash ishi, pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va stomatologiya fakultetlari studentlari uchun yozma-og’zaki so’rov nazorat savollari


 Noradrenalin va adrenalinning ta’sir etish mexanizmi


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/52
Sana06.02.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1171862
TuriReferat
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52
Bog'liq
Fiziologiya javoblari Mahmud Yazdanov unlocked

76. Noradrenalin va adrenalinning ta’sir etish mexanizmi; 
Adrenalin miokardda joylashgan β-adrenoreseptorlarga ta’sir etib, buning natijasida yurakda musbat inotrop va 
xronotrop effektlarni chaqiradi. Noradrenalin esa qon tomirlardagi α-adrenoreseptorlarga ta’sir etadi. Adrenalin 
odamda yurak urishini tezlashtiradi va xomilali bachadonni bo’shashtiradi, noradrenalin esa yurak urishini 
sekinlashtiradi va xomilali bachadonning qisqarishini kuchaytiradi.
77. Glyukokortikoidning ta’sir etish mexanizmi; 
Glyukokortikoidlar (gidrokortizon, kortikosteron, kortizon). Ular hamma turdagi moddalar almashinuviga ta’sir 
etadi. 
a) Glyukokortikoidlar ta’sirida oqsillar parchalanishi stimullanadi. Bu ta’sirning asosida qon plazmasidan hujayra 
ichiga aminokislotalar transportining keskin sekinlashuvi yotadi, bu esa oqsillar biosintezi bosqichlarini 
tormozlaydi. Oksillarning katabolizmi muskul massasining kamayishiga, osteoparozga va shuningdek yaralarni 
bitish tezligining pasayishiga olib keladi. Oqsillarning parchalanishi, hazm qilish trakti shilliq qavatining himoya 
sohasida oqsil komponentlarining kamayishiga olib keladi. Bu holat xlorid kisloti va pepsinning agressiv ta’sirini 
oshiradi va natijada peptik yaralar hosil bo’lishiga olib keladi. 
b) Glyukokortikoidlar yog’ni yog’ depolaridan mobilizasiyasini kuchaytiradi va qon plazmasida yog’ kislotalari 
konsentrasiyasini oshiradi. Shular bilan bir qatorda yuz sohasida, ko’krak va gavdaning yon bosh sohalarida 
yog’ning to’planishiga olib keladi. 
v) Organizmga glyukokortikoidlarning yuborilishi qon plazmasida glyukoza miqdorining ortishiga olib keladi 
(giperglikemiya). Bu effektning asosida esa glyukoneogenez jarayoniga stimullovchi ta’sir yotadi. Oqsillar 
katabolizmi natijasida hosil bo’lgan ko’p miqdordagi aminokislotalar, jigarda glyukoza sintezi uchun ishlatiladi. 
Bundan tashqari, glyukokortikoidlar geksokinaza fermenti faolligini ingibitorlaydi, bu holat glyukozaning 
to’qimalarda sarflanishiga to’sqinlik qiladi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling