+998 33 44 12345
70. Oshqozon osti bezining fiziologiyasi
Oshqozon osti bezi. Oshqozon osti bezi endokrin faolligini Langergans orolchalari ta’minlaydi.
Bu orolchada bir necha xil hujayralar bor.
1) α-hujayralar glyukagon sintez qiladi.
2)
β-hujayralar insulin ishlab chiqaradi.
3)
γ-hujayralar, somatostatinni sintezlaydi, u insulin va glyukagon gormonlari sekresiyasini bo’g’adi.
4) G-hujayralar, gastrin hosil qiladi.
5) RR-hujayralar pankreatik polipeptid ishlab chiqaradi, bu gormon o’z navbatida xolesistotokininni antogonisti
bo’lib hisoblanadi.
β-hujayralar oshqozon osti bezi Langergans orolchasining 60 % ini tashkil qiladi. Ular insulin ishlab chiqaradi, u
hamma turdagi moddalar almashinuviga ta’sir etadi, lekin hammadan ham qon plazmasidagi glyukoza miqdorini
pasaytiradi. Insulin (polipeptid) kimyoviy yo’l bilan sintez qilingan. Bu organizmdan tashqarida sintetik yo’l bilan
olingan oqsildir. Turli hayvonlarni oshqozon osti bezidan olingan insulinlarning tuzilishi, molekulasida
aminokislotalarning joylashishiga qarab bir- biridan farq qiladi. Insulin molekulasi rux ushlamaydi, lekin u ruxni
biriktira oladi, ayni vaqtda insulin ta’siri uzayadi va kuchayadi.
71. Insulinning ta’sir etish mexanizmi;
U hamma turdagi moddalar almashinuviga ta’sir etadi, lekin hammadan ham qon plazmasidagi glyukoza miqdorini
pasaytiradi. Insulin (polipeptid) kimyoviy yo’l bilan sintez qilingan. Bu organizmdan tashqarida sintetik yo’l bilan
olingan oqsildir. Turli hayvonlarni oshqozon osti bezidan olingan insulinlarning tuzilishi, molekulasida
aminokislotalarning joylashishiga qarab bir- biridan farq qiladi. Insulin molekulasi rux ushlamaydi, lekin u ruxni
biriktira oladi, ayni vaqtda insulin ta’siri uzayadi va kuchayadi.
Insulin ta’sirida hujayra membranasining glyukoza va aminokislotalarga nisbatan o’tkazuvchanligi keskin ortadi
(20 marotaba), bu esa oqsillar biosintezi va bioenergetik jarayonlarning kuchayishiga olib keladi. Bundan tashqari,
glyukoneogenezni ta’minlovchi fermentlar faolligi pasaygandan so’ng, aminokislotalardan glyukoza hosil bo’lishi
tormozlanadi, aminokislotalar esa oqsillar biosintezi uchun ishlatiladi.
Insulin ta’sirida oqsillar katabolizmi sekinlashadi, shu sababli oqsillarning hosil bo’lish jarayonlari ularning
parchalanishidan ustun bo’lib qoladi, bu hol anabolik effektni ta’minlaydi. Insulinning oqsil almashinuviga ta’siri
bo’yicha somatotrop gormonning sinergisti bo’lib hisoblanadi. Ma’lum bo’lishicha, somatotrop gormonning
organizm o’sishi va rivojlanishiga ta’siri, qondagi insulin konsentrasiyasi yetarli bo’lgandagina o’z effektini beradi.
Insulinning yog’lar almashinuviga ta’siri lipogenez jarayonlarining tezlashuvi va yog’ni depolarda to’planishi
orqali namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |