Fiziologiya fanidan davolash ishi, pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va stomatologiya fakultetlari studentlari uchun yozma-og’zaki so’rov nazorat savollari
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Fiziologiya javoblari Mahmud Yazdanov unlocked
- Bu sahifa navigatsiya:
- 83. Laktotropinning ta’sir etish mexanizmlari;
- 84. Gonad tizimining epifiz orkali idora kilinish mexanizmi;
+998 33 44 12345
yo’ldoshning gormonal faolligi ta’sirida ortadi. Bu guruhda faolligi yuqori bo’lgan gormon β- estradiol bo’lib hisoblanadi. Sariq tananing gormoni progesteron bo’lib, xayz ko’rishning oxirlarida uning sekresiyasi kuchayadi. Estrogen va progesteron ajralib chiqishining boshqarilishi gipofizning gonadotropin gormoni orqali idora etiladi. Qiz bolalarda bu gormon 9-10 yoshdan ajrala boshlaydi. Gonadotropinlarning sekresiyasini esa qondagi ayollar jinsiy gormonlarini ko’payib ketishi tormozlaydi. 83. Laktotropinning ta’sir etish mexanizmlari; Adenogipofizning yana bir gaormoni bu laktotropin y oki prolaktin korpus luteim funksiyasini raģbatlantiradi va sut hosil bòlishida qatnashadi.Erkak tanasida prostata bezi va seminal vesikulalarning òsishini raģbatlantiradi. Prolaktin sekretsiyasi homila rivojlanishini ng 4-oyidan boshlanadi va homila rivojlanishini ng sònggi oylarida sezilarli kuchayadiYangi tuģilgan chaqaloqda u yuqori konsentratsiyalarda qayd etiladi. Ammo bir yil davomida uning qondagi konsentratsiyasi sezilarli pasayadi va òspirinlik davriga qadar past bòlib qoladi. Òsmirlik davrida uning konsentratsiyasi yana kuchayadi va qizlar ògil bolalarga nisbatan kuchliroq bòladi. Ayollarda bu gormonning vazifalari :1.homiladorlik paytida kòkrak kanallarini faollashtirish (laktatsiya uchun tayyorgarlik).2.emizish davrida sut ishlab chiqarish uchun qulay sharoit yaratish.3.òsmir davrida sut bezlari shakllanishida ishtirok etish. 4.korpus lueteumning faolligini qòllab quvvatlash.(progesteron ishlab chiqaradi).5.ovuyatsiyada ishtirok etadi .Homiladorlik davrida prolaktinning konsentratsiyasi normal bulsa amniotik suyuqlikning ham hajmi va tarkibi normaldir. 84. Gonad tizimining epifiz orkali idora kilinish mexanizmi; Gonadotrop gormonlar yoki gonadotropinlar. Adenogipofizda ikki xil gonadotrop gormonlar ishlab chiqariladi. Bular follikulostimullovchi va lyuteinlovchi gormonlardir. Follikulostimullovchi gormon urg’ochi hayvon tuxumdonida follikulaning rivojlanishini va uni Graaf hujayrasiga aylanishini ta’minlaydi, erkak hayvonda esa urug’dondagi spermatogen naychalar rivojlanishini, spermatogenezni va prostata bezining rivojlanishini tezlashtiradi. Lyuteinlovchi gormon ta’sirida tuxumdonda ovulyasiyaning ro’y berishi va yorilgan Graaf hujayrasi o’rnida sariq tana hosil bo’lishi tezlashadi. Voyaga yetmagan hayvonlar organizmiga gonadotrop gormonlarini muntazam ravishda yuborilib turilsa, ularning tezroq voyaga yetishi, jinsiy a’zolarining kattalashuvi va ikkilamchi jinsiy belgilarning barvaqt yuzaga chiqishi kuzatiladi. Bundan anglashiladiki, ushbu gormonlar jinsiy bezlar faoliyatiga ta’sir etar ekan. Gonadotrop gormonlarning ajralib chiqishi intensivligi jinsiy a’loqaning reflektor ta’siriga, urug’don va tuxumdon jinsiy gormonlarining gumoral ta’siriga, shuningdek tashqi muhitning turli omillariga bog’liq bo’ladi. Gonadotropinlar sekresiyasi gipotalamusning gonadoliberini orqali idora etiladi. Bundan tashqari manfiy qaytar bog’lanish mexanizmi ham bu gormonlarning sekresiyasida muhim ahamiyatga ega. Qonda testosteron ko’paysa, LG sekresiyasi kamayadi. Qonda esterogen va progesteron gormonlari konsentrasiyasi oshsa, bu ikkala gormonning sekresiyasi kamayadi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling