76. Noradrenalin va adrenalinning ta’sir etish mexanizmi;
Adrenalin miokardda joylashgan β-adrenoreseptorlarga ta’sir etib, buning natijasida yurakda musbat inotrop va
xronotrop effektlarni chaqiradi. Noradrenalin esa qon tomirlardagi α-adrenoreseptorlarga ta’sir etadi. Adrenalin
odamda yurak urishini tezlashtiradi va xomilali bachadonni bo’shashtiradi, noradrenalin esa yurak urishini
sekinlashtiradi va xomilali bachadonning qisqarishini kuchaytiradi.
77. Glyukokortikoidning ta’sir etish mexanizmi;
Glyukokortikoidlar (gidrokortizon, kortikosteron, kortizon). Ular hamma turdagi moddalar almashinuviga ta’sir
etadi.
a) Glyukokortikoidlar ta’sirida oqsillar parchalanishi stimullanadi. Bu ta’sirning asosida qon plazmasidan hujayra
ichiga aminokislotalar transportining keskin sekinlashuvi yotadi, bu esa oqsillar biosintezi bosqichlarini
tormozlaydi. Oksillarning katabolizmi muskul massasining kamayishiga, osteoparozga va shuningdek yaralarni
bitish tezligining pasayishiga olib keladi. Oqsillarning parchalanishi, hazm qilish trakti shilliq qavatining himoya
sohasida oqsil komponentlarining kamayishiga olib keladi. Bu holat xlorid kisloti va pepsinning agressiv ta’sirini
oshiradi va natijada peptik yaralar hosil bo’lishiga olib keladi.
b) Glyukokortikoidlar yog’ni yog’ depolaridan mobilizasiyasini kuchaytiradi va qon plazmasida yog’ kislotalari
konsentrasiyasini oshiradi. Shular bilan bir qatorda yuz sohasida, ko’krak va gavdaning yon bosh sohalarida
yog’ning to’planishiga olib keladi.
v) Organizmga glyukokortikoidlarning yuborilishi qon plazmasida glyukoza miqdorining ortishiga olib keladi
(giperglikemiya). Bu effektning asosida esa glyukoneogenez jarayoniga stimullovchi ta’sir yotadi. Oqsillar
katabolizmi natijasida hosil bo’lgan ko’p miqdordagi aminokislotalar, jigarda glyukoza sintezi uchun ishlatiladi.
Bundan tashqari, glyukokortikoidlar geksokinaza fermenti faolligini ingibitorlaydi, bu holat glyukozaning
to’qimalarda sarflanishiga to’sqinlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |