+998 33 44 12345
masofasi 50 sm bo’lganda linzaning nur sindiruvchi kuchi 2 D ga, fokus masofasi 25 sm bo’lganda nur sindiruvchi
kuch 4 D ga teng va hokazo.
92. Akkomodasiya va ko’rish mexanizmi;
Akkomodasiya. Narsani ravshan ko’rish uchun uning har bir nuqtasidan keluvchi nurlar to’r pardada bir nuqtaga
yigilishi, ya’ni fokuslanishi kerak. Uzoqqa qaralsa, yaqindagi narsalar ravshan ko’rinmay, chaplashib ketadi.
Buning sababi shundaki, yaqin nuqtalardan keluvchi nurlar to’r parda orqasida to’planadi, to’r pardada esa
yorug’likni sochish doiralari hosil bo’ladi. Ko’zdan turlicha masofadagi narsalarni bir vaqtda bir xil ravshan ko’rish
mumkin emas. To’r pardadan yetarlicha uzoqdagi kitobni doka to’r orqali o’qishga ishonish qiyin emas. To’r
pardadan turlicha masofada joylashgan narsalarni ravshan ko’rishga ko’zning moslashuvi akkomodasiya deb
ataladi. Gavhar egriligining, binobarin, nur sindirish ko’rsatkichining o’zgarishi yo’li bilan akkomodasiya yuzaga
chiqadi. Yaqindagi narsalarga qaralganda gavxar qabariqroq bo’lib qoladi, shunga ko’ra taraluvchi nurlar bir
nuqtada uchrashadi.
Akkomodasiya mexanizmi. Gavharning qabariqligini o’zgartiradigan kipriksimon muskullarning qisqarishi
ko’zning akkomodasiya mexanizmida muhim ahamiyat kasb etishini G.Gelmgols ko’rsatib berdi. Gavhar
kapsulaga o’ralgan, bu kapsula chetlari esa kipriksimon tana (corpus ciliare)ga yopishuvchi Sinn boylamining
tolalariga o’tadi. Sinn boylamlari hamisha tarang turadi va ularning tarangliligi gavharni qisib yassilaydi.
93. Miopiya; gipermetropiya; astigmatizm;
Miopiya – ko’z o’tkirligini buzilishining bir turi, bunda odam yaqindagi narsalarni yaxshi, uzoqdagini esa noaniq,
g’ira-shira ko’radi.
Ko’zning asosan ikkita refraksiya anomaliyalari tafovut etiladi: yaqindan ko’rish-miopiya va uzoqdan ko’rish-
gipermetropiya. Bu anomaliyalar odatda nur sindiruvchi muhitlarning kamchiligiga bog’liq bo’lmay, ko’z
soqqasining anomal uzunligidan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |