Fiziologiya fanidan davolash ishi, pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va stomatologiya fakultetlari studentlari uchun yozma-og’zaki so’rov nazorat savollari


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/52
Sana06.02.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1171862
TuriReferat
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
Fiziologiya javoblari Mahmud Yazdanov unlocked

 +998 33 44 12345
muskullari tonusining qayta taqsimlanishini ta’minlab, muvozanat saqlash imkoniyatini beradi. Tana harakati 
tezligi bir tekisda bo’lsa vestibulyar tizim qo’zg’amaydi. 
Vestibulyar apparat vestibulyar tizimning chet tuzilmalari chakka suyak piramidasidagi labirintda joylashgan. 
Labirintda daxliz (vestibulut) va uchta yarim doira kanallar (canales cemicircularis) bor. Labirintda vestibulyar 
apparatdan tashqari chig’anok ham bor, unda esa eshituv reseptorlari joylashadi. Yarim doira kanallar uchta o’zaro 
perpendikulyar kengliklarda: yukoridagi frontal, orqadagisi-sagittal va laterali esa-gorizontal yo’nalishlarda 
joylashadi. Har bir kanalning oxiri kengaygan bo’ladi (ampula). Vestibulyar apparatda yana ikkita kopcha ham 
mavjud: sferik (sacculus) va elliptik (utrugulus). Ularning birinchisi chig’anoqqa yaqin joylashsa, ikkinchisi esa 
yarim doira kanallarga yaqin joylashadi. Qopchalarning dahlizida otolit apparati joylashad
i: reseptor hujayralarning 
to’plangan joyi (ikkilamchi-sezuvchi mexanoreseptorlar). 
96. Xid bilish analizatorining fiziologiyasi; 
Hid biluv tizimi. Hid biluv tizimining reseptorlari. Yuqori burun yo’llarida hid biluv reseptorlari joylashadi. Hid 
biluv epiteliysi bosh nafas yo’llarida joylashib 100-150 mkm qalinlikda bo’lib, diametri 5-10 mkm bo’lgan reseptor 
hujayralarni ushlaydi. Odamlarda hid biluv reseptorlarining umumiy soni 10 mln ga yaqin bo’ladi. Har bir hid biluv 
hujayrada sferik kengaygan qismi bo’lib, unda esa 10 mkm uzunlikdagi 6-12 tagacha kiprikchalari bo’ladi. 
Kiprikchalar hid biluv bezlari hosil qilgan suyuq muhitda tebranib turadi. Bunday kiprikchalarning bo’lishi ularni 
hid taratuvchi moddalar molekulasi bilan aloqada bo’luvchi yuzasini o’n marotabaga oshiradi. Hid biluv 
hujayrasining sferik kengaygan qismi uning muhim sitokimyoviy markazi bo’lib hisoblanadi. 
Hid biluv reseptor hujayrasi-bipolyar hujayra bo’lib, kiprikchalar hujayraning apikal qutbida joylashgan bo’lsa, 
uning bazal qismidan esa miyelinsiz akson boshlanadi. Reseptorlar aksonning hid biluv nervini hosil qiladi, so’ngra 
bu nerv miya suyagi asosiga kirib, hid biluv piyozchasini hosil qiladi. Ta’m biluv hujayralari kabi hid biluv 
hujayralari ham doimo yangilanib turadi. Hid biluv hujayralari 2 oyga yaqin hayot kechiradi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling