Fiziologiya fanidan davolash ishi, pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va stomatologiya fakultetlari studentlari uchun yozma-og’zaki so’rov nazorat savollari


 Ta’m bilish analizatorlarining fiziologiyasi


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/52
Sana06.02.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1171862
TuriReferat
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
Fiziologiya javoblari Mahmud Yazdanov unlocked

97. Ta’m bilish analizatorlarining fiziologiyasi ; 
Ta’m bilish reseptorlari. Ta’m bilish reseptorlari tilda, halqumning orqangi devorida, yumshoq tanglayda, 
bodomchalarda va kekirdak ustida joylashgan. Ularning ko’pchiligi tilning uchida, qirg’oqlarida va tilning orqangi 
qismida joylashadi. Ta’m biluv hujayralari kolbachasimon shaklga ega bo’lib, odamlarda uning uzunligi va 
kengligi 70 mkm atrofida. Ta’m biluv hujayralari tilning shilliq qavati yuzasigacha yetib bormaydi, balki og’iz 
bo’shlig’i bilan maxsus teshiklari orqali bog’lanadi. 
Ta’m biluv hujayralari – organizmdagi eng kam umr ko’ruvchi epitelial hujayralardir, o’rtacha har 250 soatda eski 
hujayra yangisi bilan almashiniladi. Har bir ta’m biluv hujayralarida uzunligi 10-20 mkm bo’lgan 30-40 ta nozik 
mikrovorsinkalar bo’ladi. Bu mikrovorsinkalar reseptorlar qo’zg’alishida muhim ahamiyatga egadir. Taxmin 
qilishlaricha, mikrovorsinkalarda faol markazlar-stereospesifik qismlar bo’lib, har xil moddalarni tanlab 
adsorbsiyalaydi. Oziq moddalarning kimyoviy energiyasini reseptorlar nerv qo’zg’alishiga aylanish mexanizmi hali 
oxirigacha ochilmagan. 
98. Shartli reflekslar va ularning turlari
Shartli refleks, I.P. Pavlov bo’yicha, moslashishning mukammal shaklidir. Gomeostoz va organizmning vegetativ 
funksiyalarini boshqarish mexanizmlari nerv tizimining oddiy faoliyati natijasi bo’lsa, o’zgaruvchan sharoitdagi 
organizmning murakkab fe’l-atvori oliy nerv faoliyati orqali ta’minlanadi. Oliy nerv faoliyatining funksional birligi 
shartli refleksdir. Shartli refleks bosh miya po’stlog’i va po’stloq osti tuzilmalari negizida shakllanadi. Shatli 
refleks turlari: 1.Individual hayot natijasida orttirilgan reaksiya. 2. Individual. 3. Turg’un emas, hayot davomida 
hosil bo’lib, yo’qolib turadi. 
99. Shartli reflekslarni xosil qilish qonunlari
Shartli refieksni shartsiz refleks asosida qonun-qoidalarga rioya qilgan taqdirdagina yuzaga chiqarish mumkin. 


Mahmud Yazdanov 
https://t.me/Makhmud_Yazdanov


Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling