+998 33 44 12345
1. Shartli refleks hosil qilish uchun shartli signal (bu shartsiz refleks uchun befarq ta‘sirot, masalan, qo‘ng’iroq)
shartsiz ta‘sirot (ovqat) bilan boglangan holda takroran qollanilislii kerak.
2.Shartli signal shartsiz ta‘sirotdan sal oldin berilishi zarur.
3. Shartli signal shartsiz ta‘sirotga nisbatan kuchsizroq bolishi kerak. (Shartli signalning biologik ahamiyati
shartsiz. ta‘sirotning biologik ahamiyatidan kamroq bo‘lishi kerak). Shartli refleks hosil qilish uchun markaziy nerv
tizimi faol bolishi kerak. Shartli refleks hosil qilish jarayonida bosh miya po'stlog‘i yot ta‘sirotlardan mutlaqo xolis
bolishi lozim
100. Shartli reflekslarning tormozlanishi;
Sh
artli tormozlanishni quyidagi turlari farqlanadi: so’nish, farqlash, kech qolish va shartli tormoz. Ularning
barchasi tajriba yo’li bilan xosil qilinganligi sababli shartli xisoblanadi. Shartli tormozlanishda uni keltirib
chiqaruvchi sabablar shartli xisoblanadi. Shartli tormozlanishda uni keltirib chiqaruvchi sabablar shartli refleks
yoyi ichidaligi uchun ichki tormozlanish deb ham ataladi. So’nuvchi tormozlanish. Agar shartli qo’zg’atuvchi
vaqti-vaqti bilan shartsiz qo’zg’atuvchi bilan mustahkamlanib tuzilmasa, shartli refleks so’nadi. Masalan, itga
chiroqni yoqib so’lak oqizuvchi shartli refleks hosil qilgandan so’ng, chiroq yoqib ovqat berilmasa so’lak ozroq
chiqa boshlaydi va oxir oqibatda mutlaqo oqmay qo’yadi. Shunday qilib chiroq ovqat berilishi xaqidagi
xabarchiligini yo’qotdi.
So’nuvchi tormozlanish muxim biologik ahamiyatga ega. Yangi sharoitga o’tish eski shartli refleksga ehtiyoj
qoldirmasa ular so’nib o’rniga yangilari xosil bo’ladi. Farqlash xisobiga tormozlanish. Bu turdagi tormozlanishda
shartli qo’zg’atuvchiga o’xshash qo’zg’atuvchiga nisbatan tormozlanish jarayoni sodir bo’ladi. Itga 100 Vattli
chiroqni yoqishga so’lak oqizuvchi mustahkam shartli refleks xosil qilgandan so’ng 150 Vattli chiroq yoqilsa ham,
so’lak ajraladi. Biroq 100 Vattli ovqat bilan mustaxkalab 150 Vattli ta’sirni mustaxkamlamasa bir necha
takrorlashdan keyin 150 vattli ta’sirga so’lak oqmaydi, ya’ni o’xshash qo’zg’atuvchining ta’siriga shartli refleks
tormozlanadi. Kundalik hayotda farqlovchi tormozlanishning ahamiyati katta. Tajribasiz kuchuk hayoti davomida
juda ko’p xatolar qiladi. Katta it esa farqlash hisobiga xulq-atvorini sharoitdan kelib chiqib amalga oshiradi. Odam
atrofdagi voqeyliklarni nihoyatda nozik farqlaydi. Xattoki, aytilgan so’zlarning oxangiga qarab o’z faoliyatini
rejalashtiradi.
Shartli tormoz.
Chiroqni yonishiga mustahkam so’lak oquvchi shartli refleks hosil qilingandan keyin chiroqni
yonishiga ikkinchi kuchsiz yot qo’zg’atuvchini qo’shilsa va bu kombinatsiya shartsiz qo’zg’atuvchi bilan
mustahkamlanmasa, tezda chiroqni yonishiga so’lak ajralaveradi, chiroqqa yot qo’zg’atuvchi qo’shilganda shartli
refleks tormozlanadi. Demak, shartli qo’zg’atuvchiga qo’shilgan yot qo’zg’atuvchi shartli tormoz xisoblanadi. Har
qanday ta’sir xohlagan qo’zg’atuvchiga shartli tormoz bo’lishi mumkin. Hayot davomida xosil qilingan shartli
tormozlar shartli reflekslarni aniqlashtiradi, odam va hayvonlar xulq atvorini muhit sharoitlariga moslashuvida
muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |