Fiziologiya fanidan davolash ishi, pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va stomatologiya fakultetlari studentlari uchun yozma-og’zaki so’rov nazorat savollari
Uyqu; Ularning turlari va boskichlari
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Fiziologiya javoblari Mahmud Yazdanov unlocked
- Bu sahifa navigatsiya:
- 103. Oliy nerv faoliyatining turlari; Oliy nerv faoliyati tiplari
102. Uyqu; Ularning turlari va boskichlari;
Uyqu fiziologiyasi. Subyektning tashqi dunyo bilan faol psixik aloqasi yo’qolishini chaqiradigan fiziologik holat uyku deyiladi. Odam va yuqori rivojlangan hayvonlar uchun uyqu hayotiy zaruriy holatdir. Juda uzoq vaqt davomida uyqu bosh miya hujayralarida tiyraklik paytida sarflagan energiyani tiklash uchun zaruriy dam olish deb hisoblanilgan. Lekin uyqu paytida miyada tiyraklik paytiga nisbatan ham yuqori faollik holati kuzatiladi. Miyaning ayrim tuzilmalaridagi faollik uyqu paytida ortadi, demak, uyqu bu faol fiziologik jarayon ekan. Uyqu paytida reflektor javoblar susayadi. Uxlayotgan odam ko’pgina tashqi ta’sirotlarga agar ular o’ta kuchli bo’lmasa, javob bermaydi. Uyqu paytida ONF da davriy o’zgarishlar kuzatiladi, ayniqsa tiyraklikdan uyquga o’tish jarayonida bu davrlar (tenglashtiruvchi, paradoksal, ultraparadoksal va narkotik davrlar) yaqqol kuzatiladi. Narkotik davrida hayvonlar har qanday shartli ta’sirotlarga shartli reflektor faoliyat bilan javob bermay qo’yadi. Uyqu paytida vegetativ ko’rsatkichlar va miya bioelektrik faolligining o’ziga xos o’zgarishlari kuzatiladi. Tiyrak payti uchun miya EEG sida past amplitudali va yuqori chastotali ritmlar (beta ritm) kuzatiladi. Ko’z yumilganda, uyquga ketish paytida bu faollik alfa-ritm bilan almashadi. Bu davrda uygonish oson sodir bo’ladi. Ma’lum vaqt o’tgandan so’ng urchuqsimon ritmlar kuzatiladi, 30 minutdan so’ng esa bu ritm yuqori amplitudali sekin teta- to’lqinlarga almashinadi. Bu paytda vegetativ o’zgarishlardan quyidagilar kuzatiladi: yurak qisqarishlari soni kamayadi, qon bosimi va tana harorati pasayadi, uyg’onish qiyin kechadi. 103. Oliy nerv faoliyatining turlari; Oliy nerv faoliyati tiplari. Nerv jarayonlarining (quzg’alish va tormozlanish) kuchi, muvozanati va harakatchanligi shaxsning oliy nerv faoliyati tiplarga bo’linishiga asos bo’lgan. Oliy nerv faoliyati tipi organizm va muhit munosabatini aks ettiruvchi nerv tizimining tug’ma va orttirilgan hossalari majmuidir. I.P.Pavlov nerv jarayonlari hossalariga qarab hayvonlarni ma’lum guruxlarga bo’lgan va bu bo’lish Gippokrat tomonidan kashf qilingan odamlarning oliy nerv faoliyati tiplari (temperamentlari) ga mos keladi. Nerv jarayonlari kuchiga qarab kuchli va kuchsiz tiplarga bo’linadi. Kuchsiz tipdagilarda qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari kuchsiz kechadi, shuning uchun ham bularda nerv jarayonlarining harakatchanlik va muvozanatlanganligiga aniq baho berish qiyin. Nerv tizimlari kuchli tiplar - muvozanatlashgan va muvozanatlashmaganlarga bo’linadi. Bulardan bir guruxida qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari muvozanatlashmagan, qo’zg’alish tormozlanishdan ustun turadi, bu tipdagilarning asosiy hossasi muvozanatlashmaganligidir. Muvozanatlashgan tipda qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari teng rivojlangan, bir-biridan ustunligi yo’q, qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari bir-biri bilan tez almasha oladi. Mana shu ko’rsatkich bo’yicha ONF harakatchan va inert (kamharakat) tiplariga bo’linadi. O’tkazilgan tajribalarga ko’ra I.P.Pavlov ONF ni quyidagi tiplarga bo’ladi: 1. Kuchli, muvozanatlashgan, harakatchan tip (sangvinik)dagilar quyidagi xossalarga ega: qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari kuchli rivojlangan, muvozanat holatda va bu jarayonlar bir-biri bilan tez almasha oladi. 2. Kuchli, muvozanatlashmagan, o’ta harakatchan (xolerik) tipdagilarda qo’zg’alish jarayoni tormozlanishdan ustunlik qiladi, o’ta harakatchan, labilligi yuqori. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling