Fiziologiya fanidan davolash ishi, pediatriya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va stomatologiya fakultetlari studentlari uchun yozma-og’zaki so’rov nazorat savollari
Analizatorlar fiziologiyasi; Reseptorlarning turli
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Fiziologiya javoblari Mahmud Yazdanov unlocked
- Bu sahifa navigatsiya:
- 88. Reseptorlarning ishlash mexanizmi xususiyatlari;
87. Analizatorlar fiziologiyasi; Reseptorlarning turli
Analizator- asab tizimini 3 ta bo’limini: periferik , o’tkazuvchi va markaziy qisimlarining majmui. Sensor tizimning umumiy fiziologiyasi. Sensor tizim (I.P.Pavlov bo’yicha analizator) nerv tizimining bir qismi hisoblanib, u qabul qilishga ixtisoslashgan elementlar – sensor reseptorlar deyiladi, ular tashqi va ichki muhitdan ta’sirotlarni qabul qiluvchi, reseptorlardan olingan axborotni miyaga o’tkazuvchi nerv yo’llari va olingan axborotni qayta ishlovchi bosh miyadan iboratdir. Sensor tizim bosh miyaga axborotni yetkazib beradi. Har qanday sensor tizimning ishi turli ko’rinishda qabul qilingan ta’sirotlarni nerv impulslariga aylantirib, ularni neyronlar zanjiri orqali markaziy nerv tizimiga yetkazib berishdan iborat bo’ladi. Impulslar kelishi tufayli bosh miya katta yarim sharlari sezgilar, idroklar, tasavvurlar, ya’ni tashqi olam xissiy in’ikosining turli shakllari yuzaga chiqadi. Bosh miya yarim sharlariga kelgan axborotlar oddiy reflekslardan tortib, to insonning ruxiy faoliyati uchun zarurdir. Shuning uchun I.M.Sechenov «Bosh miya reflekslari» asarida «Psixik akt ongda tashqi hissiy qo’zg’alishdan tashqari xosil bo’la olmaydi» - deb yozgan edi. I.P.Pavlov reseptorlarni – analizatorning periferik bo’g’ini, afferent neyronlar o’tkazuvchi yo’llar bo’limini tashkil etsa, katta yarim sharlar po’stlog’i analizatorlarning markaziy oxirlari deb hisoblanadi. 88. Reseptorlarning ishlash mexanizmi xususiyatlari; Retseptor hujayralar boshqa hujayralardan ikki jihatdan farq qiladi, Birinchidan, ta‘sirot energiyasi ular uchun oldindan hujayrada jamg‘arilgan energiya hisobiga yuzaga chiqadigan jarayonlarni ishga solib yuboruvchi rag'bat bo`lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, retseptor hujayra potensialini hosil qilib, o'zi tashqi ta‘sirot energiyasini qabul qila olmaydigan hujayralarga o'tkazadi Retseptorlarning ixtisoslashgan ta‘sirotni qabul qiladigan bo'sag'asi juda past. Masalan, ko'z fotoretseptorlarini qo‘zgatish uchun bir kvant nur energiyasi kifova, hid sezuvchi retseptorlar esa bir nechta hidli modda molekulalarini aniqlaydi. Bu ta‘sirotlar adekvat ta‘sirotlardir. Ammo, retseptor o'zi qabul qilishga ixtisoslashmagan ta‘sirotlarga ham qo'zg‘alish bilan javob berishi mumkin. Masalan, fotoretseptor mexanik ta‘sirotga javoban qo'zg‘aladi. Ammo, bu ta‘sirotning kuchi bo‘sag'a nur kuchidan bir necha million marta ko'p bolishi kerak. Mexanik rag'bat fotoretseptorlarga nisbatan noadekvat ta‘sirot hisoblanadi. Qabul qilish mumkin bolgan adekvat ta‘sirlovchilarga qarab, retseptorlarni quyidagicha tasnif etadilar. 1.Mexanoretseptorlar ta‘sirlovchining mexanik energiyasini qabul qilishga moslashgan. Bunday retseptorlar teri, yurak-tomir tizimi, ichki a‘zolar, tayanch-harakat apparati, eshituv va muvozanatni saqlash tizimlariga xos. 2. Termoretseptorlar harorat o‘zgarishlariga sezgir. Sovuqni sezuvchi va issiqni sezuvchi temroretseptorlarning ko‘p qismi terida joylashgan. Ichki a‘zolar va markaziy nerv tizimida ham shunday retseptorlar bor. 3 .Xemoretseptorlar kimyoviy omillar ta‘siriga sezgir. Ular ta‘m va hid sezuvchi sensor tizimlarning chet qismini tashkil qiladi. Bu tipdagi rsseptorlar tomirlar tizimining turli qismlarida va ba‘zi to‘qimalarda ham uchraydi. 4.Fotoretseptorlar nur energiyasini qabul qiladi. Bu retseptorlar yorug‘lik kuchini ajratish va rang ko‘rish, imkoniyatini beradi. 5.0g‘riq (nositseptiv) retseptorlari og'riqni paydo qiluvchi ta‘sirotlarni qabul qiladi. Bu sezgi organizmdagi retseptorlarning deyarli hammasiga o‘ta kuchli ta‘sir qilganda paydo boladi. Ba‘zi retseptorlarda ta‘sirlovchi energiyasining nerv impulsiga aylanishi shu retseptor hujayra o‘simtasida sodir boladi. Bu birlamchi retseptor sensor neyronning periferiyadagi bir qismi — o'zgargan dendritidir. Aksoni esa markaziy nerv tizimiga o'tadi. Hid sezish, taktil va proprioreseptorlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling