Flot a chalinar, aftidan, saroy ostidagi yergulalarda asla asozlar ishlamoeda edi


Download 0.92 Mb.
bet54/62
Sana03.02.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1152357
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   62
Bog'liq
odil yoqubov ulugbek xazinasi roman

Jomiul ulum—barcha ilmlar egasi.
Sha^eoda yoshligida, madrasada ta’lim olib yurgan choglarida Nizomiyning musi^aday tinis she’rlarini, pur^ikmat rivoyatlari va dostonlarini kup mutolaa ^ilgan edi. Shu sababdanmi, sha^zodaning dilida umidga uxshash ^andaydir bir narsa "milt" etdi. Guyo xayolini chulgab olgan mud^ish jumboeda Nizomiy Ganjaviydan javob topadiganday shosha-pisha kitobni ochib, birinchi misralariga kuz yugurtirdi, yugurtirdi-yu, xuddi boshiga ogir gurzi tushganday chay^alib ketdi. Kuz oldi ^orongilashib, kuk charm jildlik ogir kitob, xuddi tushida kurgan oltin barkashday, ^ulidan sirpanib tu­shib, yirti^ vara^tari gilamga sochilib ketdi...
Yo rab! X^ozir kitobni ochganda dafatan kuzi tushgan ilk misralar... tushida kurgan ^onli kalladan ^am da^shatli edi... Sha^zoda yuragini changallaganicha kuzini yumdi, lekin zarjal ^arflar bilan bitilgan sirli misralar xuddi boyagi ^onli kalladay kuz oldidan ket- may, olovday lovillab turardi. Sha\zoda diliga da^shat '■olgan bu ikki baytni oxirigacha u^idimi, yu^mi, uzi ^am bilmas edi. Lekin undagi "Padarkush, toju taxt, olti oy..." degan suzlar xuddi ^izdirilgan temir bilan uyib yozilganday miyasini jaz-jaz kuydirib, nigo^i oldida yal-yal yonib turardi. "Padarkush... toju taxt... olti oydan oshmaydur..."
"Uning taxtga utirganiga necha oy buldi?.. Sha’bon oyi edi. Bukun rabbiul avval ... olti oy... bulmish!"...
Sha^zoda turgan joyida gilamga tiz chukib, sajdaga bosh *{uyarkan, kuksidan achchi^ faryod aralash bir nido otilib chi^di:
"Osiy bandangta uzing shaf^at ^ilgaysen, ey parvar- digori olam! Va lekin yozugym nedur? K,udratingta shak keltirib, ^a^ yulidan toygan ul betavfi^ galai saklarni ^atlu om ^ilganimmi? Bedinlar bitgan makru^ kitob- larni utga yo^animmi?.. Osiy bandangta ayon ^il, yozugi nedur uning, nedur?"
Sha^zoda yer upganicha kukka tavallo ^ilib, ra^m- shaf^at tilar, yum-yum yiglab, telbalanib allanimalarni suzlar edi...
t
Rabbiul avval—1450 yil may oyiga t$gri keladi.
25
Mavlono Ali K^shchini tun yarmida uygotishganda uning xayolidan: "Tagin sha^zodami? Tagin zoyicha kurib, ta^dirini aytib berishmi?" degan fikr utdi. Ali K^ushchi umri bino bulib, ilmi nujum bilan shugullanmagan, zotan bashorat ^ilish odati bulmagani uchun bu uchrashuv- dan iymanar, ikki ^aftadan beri uni yaxshi parvarish k,ilib, umid bilan kutib yotgan sha^zodaga tayinli bir ran aytolmasligini uylab, vijdoni ^iynalar edi. Mana endi usha ogir kun keldi. Lekin, ajabo: Ali ^ushchini uygotishgan yasovullar uni salomxonaga boshlamasdan Kuksaroydan tashsariga olib chitsishdi, darvozada tayyor turgan arabiy argumo^lardan biriga mindirishib, Regis- ton maydoni tomon ot choptirib ketishdi.
Kunduzgi ili^ ^avo buzilib, kuchli shamol kutarilgan, osmonni srra budut ^oplagan, kimsasiz kuchalar jimjit edi.
"Bu krrongi tunda uni ^ayo^ka olib boradilar? Ma^sadlari ne bu suvoriylarning?"—Ali K,ushchining kunglida sovu^ bir shub^a uygonib, badani jimirlab ketdi. Lekin xiyol mulo^aza ^ilgach, ichida kulimsirab ^uydi: "Boshingga ne savdolar tushmasin, bu kurganingdan yomon bulmas. Nechun titraysen, mavlono?.."
Oldinda ot choptirib ketayotgan navkarlar Kesh darvo- zasidan chis^ach, chapga burilishdi, keyin ^andaydir jar- liklardan, suvsiz xanda^lardan, ari^lardan utib bog va ekinzorlarni oralab ketishdi. Shu yusin ancha yurgach, katta yulga chi^ishdi. Chi^ishlari bilan Ali ^ushchining yuragi yana bir ^apri^ib tushdi: bu yul tugri rasadxonaga olib borar edi!.. Na^ot uni rasadxonaga olib borsalar? Muddaolari ne?
Yus, oldinda ot choptirib ketayotgan sipoeugar rasad­xonaga yetmay yana chapga, "Bogi maydon" tomon burilishdi. Bogning usti berk darvozaxonasi oldida Ali ^ushchini balxlik zanjisifat saroybon ^arshi olib ichkariga bosh- ladi. Saroybon ogiz ochib bir narsa demadi, lekin uning indamasligi yaxshilikdan darak bermas, zimisgon tun ^uynida urmonday shovillayottan bu ulkan bogda nimadir ruy bergan edi.
"Chil ustun" koshonasining birinchi oshyonasida milt etgan chiros surinmas, fa^at tepadagi bitta darichadan yorug shu’la ^uyilib turar, lekin ichkarida "ti^" etgan tovush eshitilmas, muazzam koshona ulkan daxmaday teran sukut sa^lardi.

Marmar zinalardan yurib, ikkinchi oshyonaga chiodan saroybon eshik oldida tuxtab, Ali 1\ushchini kutib turdi. Ali K,ushchi chi^ib borgach, eshikni o^ista ochib, nechundir • unga yul berdi. Ichkariga birinchi bulib kirgan Ali K^ushchi loygakda ^ayron bulib t^xtadi. Urtaga xontaxta­lar suyilib, ipak kurpachalar tushalgan, turiga esa ^arir nimpushti narda osilgan ser^asham xona daf’atan bum- bushday tuyuldi unga. Ikkinchi da^i^adagina u xontaxta- ning or^asyada ^iblaga ^aragancha sajdaga bosh v;uyib, yer upib yotgan bir odamni kurdi. Lablari allanimalarni pichirlab yer upib yotgan bu odam... shazzoda Mirzo Abdullatif edi! Xontaxtaning bu tomonida, ayvonga chi^adigan eshik oldida kuk jildlik ^alin bir kitobning yirtilgan vara^lari sochilib yotardi.
Ali ^ushchi ^ayron bulib saroybonga ^aradi. Saroybon sha^zodani kalaka ^ilganday afgani burishtirdi-da, ol­dinga utib:
—Davlatpano^...—dedi jur’atsiz bir tovushda.—Mav­lono Ali K^ushchi keldilar...
—A?—shazzoda yalt etib ^aradi. Uning sunik, za^il yuzida, ^aychilanmagan so^ol-muylovlarida yosh tomchilari m’iltirab turardi.
—E-e, xfl, mavlono Ali 1^ushchi! Xush kelibsiz, mav­lono, xush kelibsiz...—Shaxzoda shosha-pisha urnidan turdi, belidagi ^ilichi bilan xontaxtani shara^atib urib, oldinga utdi-da, tavoze bilan salom berdi.
—Sizni kurmokdan biser xursandmen, mavlono, bisyor xursandmen...
Sha^zodanint duduglanib gapirgan gaplari va xatti- ^arakatlarida telbalarga xos kishini chuchitadigan bir narsa bor edi. Lekin bu—tunov kungi jinnilik emas, bosh^acha, mud^ish bir telbalik edi!
"Ye tavba! Nechuk bu ^uzgun insofg? kelmish? Fai^ir kecha "murtad" alloma edim, bukun nechuk "mavlono" buldim?”
Shazzoda saroybonga karab yerda yotgan kitobga ishora ^ildi, guyo kitob emas, chayonni kurayotganday ijirganib:
—Buni olib utga ta shla!—deb amr ^ildi.
Saroybon gilamda sochilib yotgan vara^larni yigish- tirib kitobning orasiga soldi-da, indamay xonadan chisdi. Saroybon chi^ishi bilan Mirzo Abdullatif, nam kipriklarini pirpiratib, Ali ^ushchiga yuzlandi. Ovozi alla^anday nogiron gitrab
—So^ibi karam mavlono!—dedi.—Men sizdan zoyicha kurmogingyzni suragan edim. Kurdingizmu?
Sha^zodaning xushomad aralash ayanchli tabassumi sa- babmi, yo sunggi suzlarni ^ur^in^irab aytgani uchunmi, Ali 1^ushchi yuragi "shig" etib, kuzini uning yoshli nigo^idan olib ^ochdi. U ^ozir "yu^" deyishi bilan sha^zoda dargazab bulishini bilar zdi. Lekin undan ^ur^ani uchun emas, nechundir shoxi sinib, ayanchli a^volga tushib dolgan bu majru^ga achingani uchun ^am alla^anday iymanin^irab:
—Kechirgaysiz, sha^zoda,—dedi o^ista.—Kamina tunov kuni i^ror bulgan edim: ilmi nujumdan bexabarmen...
—Yu^! Yu^!—sha^zoda ^ur^ib ketib, or^aga tisaril- di.—Sizday allomai davron ilmi nujumdin bexabar bulmogi gayritabiiydur, mavlono!
Mirzo Abdullatifning ovozida, yosh miltiragan kuzlarida shunday zur bir iltijo bor ediki, Ali K^ushchining xayolidan yana boyagi fikr utdi: "Bu telbaga ne buldi? Nechun bunday titraydi?"
—Nadomatlar bu l si n k im, kamina bu borada ma’rifatsiz bir avomdurmen,—dedi u, sha^zodaga ^aramay.—Ilmi riyo- ziyot bobidan surasangiz, javob beramen. Falakda sitoralar \olatidan surasangiz, e\timol suzlab bersam. Va lekin...
—Yulduzlar ^olatini bilgan alloma ilmi nujumdan ^am boxabar bulmogi darkor...
—Nadomatlar bulgaykim...
—Yu^! Siz bilasiz! Manim peshanamga nelar yozilgan, saltanatning tavdiri ne bulur—barini bilasiz. Va lekin aytmo^ni istamaysiz!—sha^zoda ung ^ulini ^ilichining bandita ^uyganicha xonaning urtasida ^ovogini uyib turardi. Uning kuzlaridagi boyagi iztirob yana usha tanish shaf^atsiz ifoda bilan almashdi, yup^a lablari $atti^ ^isilib, siyrak muylovi dikraydi. U ^ozir ^uturib: "Saroybon!" deb ba^irishi va "Yu^ot bu murtadni!" deb buyurishi e^timoldan xoli emas edi...
"Ne ^ilmo^ kerak? Zoyicha kurdim. T^ur^mang. Taedi- ringiz yomon bulmas, desinmi? Umri bino bulib yolgon suzlamagan Ali ^ushchi endi zindondan ^ur^ib, yolgon suzlaydimi? Bilmagan ilmini bilamen deb, tasalli beradimi? Zotan, uz nadari buzrukvoriga ^ilich kutargan kuniyo^ ta^iri ayon bulgan bu padarkushga yolgon suzlab kungliga taskin bermos vijdonga xilof emasmi?"
Ali ^ushchi urtada serrayib turgan sha^zodata yer ostidan bir g^arab ^uydi. U ^amon sha^zodaning "^uturib" telbalarcha ba^irishini kutardi. Lekin sha^zoda tusatdan yuzini kaftlari orasiga yashirib: '
—Nechun rasm silmaysiz, mavlono?—dedi yiglamsi- rab.—Nasot ganimlarimning fissi fujur suzlariga inon- sangiz? Ustodingiz bulmish ul zotning peshanasiga yozil- gani shu bulsa ne chora? Ul zotga suitsasd silgan barcha suzgunlarni satl sildirib, sasos oldim. Boshsa ne silay? Yezugim ne manim? Agarchi kufr kitoblarni utda yondirgan bulsam... sas yulida, dini islom yulida yondirganmen...
Shaszoda "kufr kitoblar" deyishi bilan Ali K,ushchi- ning salbida miltirab turgan allasanday nur sundi-sol- di. U: "Bu kitoblar kufr emas, saltanat kukida porlab turgan bir mash’al edi. Sen bu mash’alni sundirib, el-ulusni sam, uzingni sam abadulabad zulmatga maskum etding, ey nobakor!" degisi keldi-yu, shaszodaning unsiz titrab yiglayotganini kurgach, salbida uygongan tugyonni ichiga yutdi.
—Tush kuribmen,—dedi Mirzo Abdullatif tusatdan.— Bisyor yomon tush, mavlono. Bisyor yomon...
U, guyo bu mudsish tu shni sayta kurayotganday kuzlarini katta ochib bir nustaga tikilib koldi. Sung, yuzini yana kaftlari orasiga yashirib ingrab yubordi...
Ali K,ushchi nima silishini bilmay ancha turdi. U shaszodani yupatay desa suz topolmas, uning soli sancha- lar ayanchli ekanini sezmasin, dilida unga nisbatan ilis bir tuygu yus edi, ayni zamonda uning majrus solatiki, nola chekib tulganishlarini kuzatib turish sam juda ogir edi.
—Fatsirni kechirgaysiz, shaszoda,—dedi u.—Ne chora, fatsir rasul emaski, ollodan vatsiy keltirib dilingizga farogat solsam! Kaminaga ijozat bergaysiz, shaszoda...
Mirzo Abdullatif javob berish urniga tusatdan turgan joyida tiz chukdi-da, siblaga sarab sajdaga bosh kuydi...
Ali 1^ushchi kungli bir xil bulib, oyos uchida yurib xonadan chisdi, tik pillapoyalardan bir-bir bosib pastga tusharkan, shaszodaning:
—Yozugim ne manim, ey parvardigori olam!—deb ing- raganini eshitib yuragi zirsirab ketdi-yu, sadamini tezlatdi.
Pastda, zinadan tushgan joyida, sullarini orsasiga silib, asabiy aylanib yurgan balxlik zanjisifat saroy- bon Ali T^uыchiga savol nazari bilan saradi. Ali K,ushchi "sayronman” deb yelkasini uchirgan edi, saroybon: "Asli- dan oz ga i", degan ma’noda tilla uzukli shasodat bar-

mogini chakkasiga ni^tadi-da, shartta burilib, sn eshik- dan ichkariga kirib ketdi. Saroybon eshikni och ganda ichkaridan kanizlarning shux kulgisi, zeb-ziynatlarning nafis jaranglashi eshitildi-yu, eshik yopilishi bilan «na tindi. Ajabo: saroybon uni na ichkariga taklif yepildi, na posbonlar kuliga topshirdi.
Ali 1^ushchi dayroy bulib booda chik^di. Atrof yorishib dolgan, kukdagi bulutlar siyraklashgan, osmonning ar- tilgan shishaday tini^ joylarida sunggi yulduelar mil- girab turar, kechasi yomgirda chumilgan katta bog bulbul- larniig xonishiga tulib ketgan edi...Koshena oldida ^yech kim kurinmas, fakat gulzor urgasidagi tepasi gumbazei- mon, \avorang shiyponda kechasi uni Kuksaroydan olib kelgan ikki silok; ustunlarga suyanib mudrashardi. Ali K,ushchi birpas dayroy bulib turgach, sizil k;um sepilgan xiyobondan yurib bog oralab ketdi. Uning fikri yodi ^amon sha^zodada edi, kuz oldida xamon uning yosh bilan yuvilgan ayanchli che^rasi turar, ^uloklari ostidan zorli nidosi ketmas edi.
"^ay.^ot! Kim aytmish, bu noraso dunyoda va adolat muk; deb! Vor! Kimki, bu dunyoda yomonlik silsa—xo^ sho^ bulsin, xes gado—u jazosiz solmaydi! Insonga a^l va shuur shu ma^sadda berilgankim, u bu teran ^a^i^atni gushunsin! Kimki bu ^a^i^atga tushunmay, adolatsizlik bulini tutar ekan, oxiri voy bulishi mu^arrar!.. Mana, sha^zoda! Toju taxt va shon-shavkat ish^ida Uz padarini k,atl ^ilishdan ^am toymagan edi. Allomalar sarvari skdan ilm mash’alini sundirib, Movarounna^rni zulmat \uyniga tashlagan edi. O^ibati ne buldi? ^a! Bu foniy dunyoda ^am ^ak; va adolat bordur. Bandan mu’minlarga |$atlu sirgin keltirgan, mexr-shaf^at urniga jabru jafo, ilmi ma’rifat urniga zulmat urugini sochgan ^yech bir kimsa inti^omsiz ^olmaydur!.."
Ali K>ushchi dukur-dukur oyo^ tovushlarini eshitib ugirilib ^aradi. Boya ^avorang shiyponda mudrab yotgan yasovullarning biri unga tomon yugurib kelardi.
"Yana sha^zodami? Yana zoyichami?"
Yu^, yasovullar uni "Chil ustun’Ta emas, darvozaga boshlashdi. Darvozada tollarga boglangan otlar shay tu­ra rdi. Ali K^ushchi yasovullar yordamida otga minarkan, xayolidan: "Yana Kuksaroygami?—degan fikr utib, vujudi achishib ketdi.—)^a, Kuksaroyga. Lekin ikki z^afta yotgan yerug xonaga emas, ushal ja^annamga, sovuk gurga tikishar seni!"
Ali ^ushchi, ikki yonida ikki yasovul, otini yurttirib borarkan, guyo olam bilan vidolashayotganday chor atrofi- ga—yul buyidagt yuksak sarvlarga, kechasi yomgirda chumilgan boglarga, adirlarni ^oplagan ^ul maysalarga, musaffo osmonda milt-milt yongan sunggi yulduzlarga sul^lanib sarar, ^arab tuymas edi.
Yo rab! Munchalar fusunkor ekan bu olam! Ari^ buylarida guyo ma’sum kelinchaklarday bosh egib turgan majnuntollar, yaproslarida shudring tomchilari yaltiragan teraklar, chakalakzorlardagi l^ushlar nagmasi, tevarak- atrofdan elas-elas sulo^a chalinayotgan ^uy-^uzilar ma’- rashi, maysa va dasht giyolrgarining muattar nafasiga ^ushilib esgan achchi^ tutun ^idi... Na^ot buning ^ammasidan ma^rum bulib, tagin ushal mud^ish gurga tushsa?..
Tusatdan x,ammayo^ tasir-tusir bulib ketdi. Yuragi uynab ketgan Ali K,ushchi ikki tomondagi ^amishzor jarliklardan ot soldirib chivdan turt nafar suvoriyni kurdi. Yuzlariga sora charm ni^ob tutib, boshlariga agdarma telpak kiygan bu suvoriylar, silich uynatganlaricha, ^uyuyaday yopirilib keldilaru, dovdirab dolgan yasovullarning boshlariga sop tashlab gip bugib oldilar. Ali K,ushchi ^ushiga kelguncha suvoriylarning biri otini jilovidan olib, pastga, jarlikka yetakladi.
"^aro^chisimon bu yultusarlar kim? ^uyunday yopiri­lib ^aydan keldi?"
Tuya buyi keladigan ^amishzorga kirishlari bilan oldinda borayotgan suvoriy yuzidan ^ora charm nisobini yulib oldi.
—K.alandar K^rno^iy!
—Ustod!
^alandar otda engashib, ^ulochini yezdi:
—O, ustod, ustod! Niyatimiz pok ekanmi, diydor kurishmo^ nasib buldi!
Ali ^ushchi ^amon ^ushini yigolmay, Kdlandarning serso^ol yuziga, yosh miltiragan kuzlariga ^ayrat bilan tikilarkan, yuragi yana jiz etdi: ^amishzor orasidan Miram Chalabiy bilan Mansur Koshiy chi^ib kslishdi.
—Miram, uglim! Maysur Koshiy!
—Ustod!
Kdlandar Ali ^ushchini ^uyib yuborib, yasovullarni chakalakzorga sudrab tushgan ni^obli yigitlarga yuzlandi.
—Chilvir bilan butaga boglanglar. Tezro^, ^alsonbek! Fursat zil;, Bos^onbek!

Ni^oblarini yechmagan yigitlar boshlariga i^on kiydi- rilgan yasovullarni butalarga boglab b^lishlari bilan, K,alandar otiga ^amchi bosdi.
—Ketdik, ustod, fursat zi^!
^alandarning shoshilishi bejiz emas, osmonda yulduz­lar sunib, tevarak-atrof yorishib dolgan edi. Lekin ular chapga burilib, yuz ^adamcha yurmagan ^am edilar, "Bogi maydon" tomondan ot tuyo^larining dupiri eshitildi-yu, ^amishzor orasida tuxtashga majbur bulishdi. Sal utmay, yu^orida, ok,ara boshlagan ufoda, katta yuldan ot chopti- rib utayotgan un nafarcha suvoriylar kurindi. Shu payt, ruparada, katta yulning u yuzidagi tepalikda ^am bir guru^ otli^lar paydo buldi. Tepalikda birdan paydo bulgan bu otlislar, ^ullaridagi yalangoch silichlarini boshlari uzra uynatishib, nanimali ^iy^iri^ bilan yopirilib kelishardi. Tepadan ^ora tufonday yopirilib gushayotgan suvoriylarni kurganda "Bogi maydon” tomondan kelayotgan otli^tar sarosimaga tushib tuxtab kolishdi, oldingi suvoriylar esa otlarining boshlarini orsaga burishdi.
"Sha^zoda!"—xayolidan utdi Ali ^ushchining.
Zavoda ^ilichlar yar^irab, otlarning zorli kishnashi borlisni zir titratdi.
—Ketdik, ustod. Bu yerda turmo^ xatarlidur!— K.alandar 1^arno»;iy Ali ^ushchining otini yetakka olib ilgarilab ketdi. Ali K^ushchi kuzini chirt yumib oldi, lekin 1^ancha urinmasin, nigo^i oldidan "Chil ustun"da k,iblaga ^araganicha yer upib yotgan sha^zoda ketmas, ^uloslari ostida ^amon uning ayanchli yigisi yangrar edi: "Tush kurdim, mavlono... Biser yomon tush...”
Katta yulda ^amon ^iyomat-^oyim davom etar, silich- larning shara^-shurugi, otlarning kishnashi va odamlar- ning va^shiy ^iy^irislari eshitilib turardi...
* * *
Mirzo Abdullatif saroybon boshli^ un choglik balx­lik navkarlari bilan "Bogi maydon"dan chi^anida uf^ o^ara boshlagan, tevarak-atrof yorishib dolgan edi. Lekin kechasi bilan mijja ^o^magan, kuz oddini ^andaydir tuman ^ollagan sha^zodaga ^ammayo^, e^atto yomgirdan keyin bulakcha tinislik kasb etgan musaffo osmon ^am ^op-^ora guyulib, eti uvishib ketdi. U oldinda ot choptirib borarkan, yul buyidagi sarvlar panasida, ikki tomondagi jarliklarda alla^anday kulagalar izgib yurganday tuyu- lib dam-badam seskanar, gщ otining jilovini tortar, gщ yelazarak bulib, yonidagi navkarlariga ^arardi.
Aksariyati balxlik, ung ^ulo^lariga tilla isirga ta^ib, boshlariga surmarang salla uragan sushburun, zanjisifat ma^ramlari esa, u Karaganda kuzlarini olib ^ochar, otlarining boshlarini tortib, org^aga tisarilar edi. J^ap safar tik ^arashga jur’at etmay ork;aga tisarilgan bu navkarlarini kurganida sha^zoda silichini g;inidan sugurib olib, ularning ustiga ot soldirib borgisi kelar, lekin bunday ^ilishga fursat yu^, u Kuksaroyga oshikar edi. Nazarida, dorussaltanaga yetib, Kuksaroyga kirib olsa bas, kechasi kurgan tushi va ^amon kuz oldida turgan mud^ish manzaradan xalos buladiganday tuyulardi.
Ana oldinda, Afrosiyob sirlari ustida, uf^ni tusgan kungurador devor ^am kurindi. Devor tagidan chu^ur xandas utadi. Xanda*; suvsiz, undan utilsa bas... Lekin xuddi shu payt, oldinda borayotgan sha^zoda xanda^a ya^inlashib ^olganida, ung ^uldagi tepalikda bir guru^ suvoriylar paydo buldi.
Xammasi bir xil sora chakmon va sora telpak kiygan, ba’zilari yuzlariga ^ora ni^ob tutgan bu *;ora guru^, tepada bir da^i^a ot uynatib turdi-da, i^opa tufonday yopirilib kela boshladi...
Yuragini chulgab olgan mud^ish tuygu sha^zodani karaxt ^ilib g^uydi. U tepadan yopirilib tushayotgan sora guru^ tobora ya^inlashayotganini, uz navkarlari esa, otlarining boshlarini burib, tasir-tusir ^ochayotganini sezib turar, lekin, xuddi ilonning se^riga ilingan ba^aday, suron solib kelayotgan suvoriylardan kuzini ololmas, joyidan jilolmas edi.
Ana, ^iitsiri^lari olamni tutgan j^opa tu fon pastdagi xandakda yetdi. Tufonning oldida bir-birlarining otla- rini g^amchilagan ikki suvoriy kelardi. Ni^oblarini yulib olgan bu ikki suvoriyning biri... amir Sulton Jondor edi. Ikkinchisi... yo rab! Xuddi tushida barkash kutarib kirgan navkarga uxshagan bu ikkinchi suvoriy... k^pdan beri fitna ^uzgab ^ochib yurgan Bobo ^usayn Ba^odir edi!..
Sha^zoda jon^olatda otining boshini burdi, lekin ^ochib borayotgan navkarlariga ya^inlashib ^olganida, tusatdan yelkasiga zarb bilan ^adalgan yi^-yoy uni buk- chaytirganicha egardan agdardi...

"Nasot kuni bitgan bulsa? Nasot toju taxt, saltanat, shon-shavkat—baridan ayrilgan bulsa?"
Butun ogirligi bilan gursillab sulagan shaszoda yuragiga sanchilgan ogrisdan tulganib kuzini ochdi... ^ududsiz osmon, guyo sonli ummonday sirmizi tusga kirgan, kuz samashtirgan bu mudsish ummon sa’rida laxcha chug bulutlar suzib yurardi... Shaszoda solsizlanib kuzini yumarkan, tusatdan sonli bulutlar orasidan chitsib kelgan... padari buzrukvorini kurdi.
Egnida yal-yal yongan zarbof tun, boshida guyo songa buyalganday sip-sizil salla, satto sosol-muylovlari sam sip-sizil Mirzo Ulugbek, kuzlarida yosh, xuddi sanot yozganday sullarini yozib, unga tomon otsista tushib kslardi...
Olamni ot tuyoslarining dupiriyu sandaydir sasrli suron tutgan, bu suron orasidan otasining mungli ovozi anis eshitilib turardi.
"Jigargusham, bolam! Pushtikamarimdan bulgan zurri- yotim! Padaring boshiga yetgan bu suzgunlar sening bo- shingta sam yetibdur. Ne chora? Ota-bobongga vafo silma- gan bul mash’um toju taxt senga sam vafo silmaydur, dedim. Suzimga inonmading. Ne silay, bolam?..”
Olamni tutgan sasrli suron yatsinlashib kelmosda, kuz yoshi aralash bu mungli ovoz esa, aksincha, tobora uzoslash- mosda edi... Shaszoda, guyo otasini tuxtatmoschi bulganday bor kuchini yigib talpindi, talpindi-yu, boshi uzra kutarilgan yalangoch silichni kurib, kuzini yumdi, yumar­kan:
"Gunoskor farzandingizni kechirgaysiz, buzrukvor!" deb pichirladi.
26
K^landar K^arnotsiy yulga chissanida tun yarmidan oshgan edi. U barvastros yulga tushmoschi edi, lekin sabristondan saytgan Ali ^ushchi gorning eng ichkarisiga utib, yuztuban tushib yotib oldi-yu, K,alandar uni bezovta silishga jurat etmadi.
U stodni sabristonga ^alandar uzi boshlab bordi. I illabibinyng vafotiga bir oy tulmasa sam, uning sabri kum-kuk maysa bilan soplangan edi... Ustod enasining sabri tepasida namozi asrdan to sora shomgacha simir >tmay utirdi. ^alandar uning allasanday chukib solgan chupday buy-bastiga, kuzlari yumus, sosol-muylovi kuz yoshlaridan nam, unsiz yigisyga chetdan ^arab utirarkan, nechundir uzos ^arnoeda, "K,orovul tepa" ostidagi ku^na ^abristonda ^arovsiz yotgan uz enasining ^abri esiga tushib tomogi kip bugildi.
Ustod guristonda ^am, yulda ^am bir oriz gapirmadi, lekin ^alandar uning unsiz iztiroblarini butuy vujudi bilan ^is etar, ^is etgani uchun ^am na tasalli berishga tili boradi, na ruxsat surashga...
Fursat utib bormoeda, gorga yigilgan suni-sushni temirchi va chilangarlar, K,alandar bilan xayrlashmo^chi bulib kelgan ^al^onbek bilan Bos^onbek—^amma sukutga chumgan edi. K,alandar boston yonida xayolga tolib utirgan ustaga saradi. Usta uning a^voliga tushundi chamasi, ^orongi burchaksa yotgan mavlononing yoniga borib, alla- nimalarni aytdi. Ustod urnidan turdi, lekin shu payt eshik ta^illab, mavlono Koshiy bilan Miram Chalabiy kirib kelishdi-yu, K,alandar yana tutilib soldi.
Mavlono Koshiyning aytishicha, Mirzo Abdullatifni ^atl ^ilgan fitnachilar sha^zodaning boshini kesib, Mirzo Ulugbek madrasasining darvozasiga osib ^uyishgan emish. Fitnachilar ^ibsda yotgan sha^zoda Mirzo Abdul- loni taxtga kutargan emish. Sha^arda osoyishtalik emish. Kuplar kalamushlarday in-inlariga kirib ketgan bulsa- da, Registon maydoniga borib, mud^ish manzarani tomosha siluvchilar z^am bor emish. Xullas, birovlar bu satlu ^irgindan surg^ib, uylarida pusib yotgan bulsa, birovlar be^ad xursand emish...
K^alandarning esiga yana usha tanish misralar tushib, boshini chay^adi:

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling